Yengil atletikaning kelib chiqish tarixi. Yengil atletikada yurish va yugurish texnikasi Yengil atletikaning kelib chiqish tarixi


Yengil atletikada yurish va yugurish texnikasi


Download 21.41 Kb.
bet2/2
Sana27.01.2023
Hajmi21.41 Kb.
#1132951
1   2
Bog'liq
YURISH VA YUGURISHLAR 27.01.2023

Yengil atletikada yurish va yugurish texnikasi.
Yurish-insonning joydan-joyga kuchishidagi oddiy usul bulib turli yoshdagi kishilar uchun ajoyib jismoniy mashq hisoblanadi uzoq va tekis yurganda badandagi barcha muskullar ishlaydi organizmdagi yurak qon tomirlar nafas olish va sestemalar faoliyati kuchayadi natijada modda almashinishi ortadi. Jismoniy mashq sifatida odatdagi yurishningm avvalo sog`lamlashtirishga ahamiyati bor. Oddiy yurishdan tashqari yurishning boshqacha xillari ham bo’ladi
Paxodda yurish safda yurish va sportcha yurish. Musobaqalarda yurishning texnika jihatidan eng qiyin lekin eng foydali xili sportcha yurish qo`llaniladi
Uning tezligi oddiy yurishga nisbatan ikki marta ortiq yurish musobaqalari stadion yo’lkalarida va oddiy yo`llarda 3 km dan 50 km gacha masofada o`tkaziladi
Yurish musobaqasida qatnashuvchilar qoidasi belgilangan yurish texnikasi hususiyatlariga rioya qilishlari kerak. Bularning eng asosiysi bir lahza bo’lsa ham ikkala oyoq bir vaqtda yerdan uzilib qolishiga yo`l quymaslikdan iborat. Oyoqlardan birontasi yerga tegmay turgan fursat sodir bo’lgudek bo’lsa, sportchi yurishdan yugurishga o’tgan hisoblanadi. Bu qoidani buzgan sportchi mahsus sud`yalar musobaqadan chetlatadilar.
Yugurish -  joydan joyga ko’chishning tabiiy usulidir. Bu jismoniy mashqning ko’proq tarqalgan turi bo’lib, juda ko’p sport turlari (futbol, basketbol, tennis va boshqalar) tarkibiga kiradi. Yugurishning juda ko’p xillari yengil atletika har xil turlarining organik qismi hisoblanadi.
Shug’ullanuvchilarning imkoniyatlariga qarab, masofa uzunligini va yugurish tezligini o`zgartirish bilan ish miqdorini har xil qilish, odamning chidamligini, tezkorligi va boshqa fazilatlari rivojlanishiga ta`sir etish mumkin. Yuqori tezlikda yugurish shug`ullanuvchilarga, xususan ularning yurak-qon tomir va nafas olish sistemalariga qo`yilgan talabni oshiradi va chidamlilikni rivojlantiradigan zarur vosita bo’lib xizmat qiladi. Juda katta tezlikda yugurish esa, tezlikni rivojlantirish uchun mashg`ulotlarga kiritiladi.
Yugurish bilan shug`ullanish jarayonida kishi irodasi mustaxkamlanadi, o`z kuchini taqsimlay olish, to’siqlarga o`ta bilish ochiq joyda mo’ljal ola bilish qobiliyati hosil bo’ladi.
Yugurish- har tamonlama jismoniy rivojlanishning asosiy vositalardan biridir. Barcha mutaxassislikdagi yengil atletikachilarning ham, boshqa sport turlari bilan shug`ullanuvchilarning ham trenirovkalarida yugurishga ko’p e`tibor berilish, shuningdek faol dam olish, sog`lomlashtirish va ish qobiliyatini saqlash vositasi sifatida yugurishning ulushi katta ekani.
Yugurish – yengil atletikaning hamma turlari ichida eng hammabop jismoniy mashqdir. Yengil atletika musobaqalarida yugurish va estafetaning turli xillari etakchi o`rin tutadi, ularga tomoshabinlar ham juda qiziqadi. Shuning uchun yugurish musobaqalari eng yaxshi tashviqot vositalaridan biri hisoblanadi.
Yengil atletikada yugurishning tekis yugurish, to’siqlar osha yugurish , estafetali yugurish va tabiiy sharoitda yugurish xillari bo’ladi.
Tekis yugurish ma`lum masofaga yoki vaqtbay tarzda yugurish yo’lkasida (soat strelkasi harakatiga teskari yo`nalishda) o`tkaziladi. 400 metrga va undan qisqa masofaga yugurishda har bir yuguruvchi uchun alohida yo`lka ajaratiladi. Qolgan masofalarga yugurish umumiy yo`lkada o`tkaziladi. Belgilangan masofani o`tish uchun sarflangan vaqt sekundomer bilan o`lchanadi. Bir soatlik va ikki soatlik yugurishda vaqt chegaralangan bo’lib, natija shu vaqt ichida bosib o`tilgan masofa tarzida metr hisobida aniqlanadi.
To’siqlar osha yugurishning  ikkita xili bor: 1) g`ovlar osha yugurish – bunda yugurish yo`lkasida bir-biridan bir xil uzoqlikda masofadagi muayyan joylarga quyilgan bir tipdagi to’siqlardan oshib, 60 dan 400 m masofaga yuguradi:
Tayanch so’zlar.
Yurish
Yugurish
Sakrash
Dеpsinish
Uloqtirish

Adabiyotlar.


T.Usmonxo’jayev,B.Yusupov,J.Akromov,“Jismoniy tarbiya”O'qituvchi Nashriyot ijodiy uyi. Toshkent - 2008 yil."Boshlang’ich sinflarda jismoniy tarbiya darslari"T.S.Usmonxo'jayev F.Xo’jayev"O'qituvchi"Nashriyot ijodiy uyi.Toshkent-1996yil "Jismoniy tarbiya" T.S.Usmonxo'jayev "O'qituvchi" Nashriyot-Matbaa ijodiy uyi
Download 21.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling