B sobiq sssrdagi turkiy xalqlar orasida yozuvni rus grafikasidan boshqa tizimga ko‘chirish harakati boshlanib ketdi
Download 15.27 Kb.
|
O
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, milliy istiqlolni mustahkamlash maqsadida ijtimoiy sohaga, xususan, milliy qadriyatlarni tiklash va e’zozlashga alohida e’tibor qaratildi. Ona tili va milliy yozuv ana shunday buyuk qadriyat sifatida mustaqil davlatimizning har tomonlama kamol topishi hamda umumjahon kommunikatsiya tizimiga kirishini jadallashtirishga xizmat qiladi. Shu maqsadda Respublikamizda 1993-yil 2 sentyabrda «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida» qonun qabul qilindi. a) amaldagi alifboning milliy va umumturkiy jihatlarini mustahkamlash yuzasidan uzoq yillar davomida olib borilgan ishlar (bahslar, munozaralar, takliftavsiyalar) natija bermadi; b) sobiq SSSRdagi turkiy xalqlar orasida yozuvni rus grafikasidan boshqa tizimga ko‘chirish harakati boshlanib ketdi; v) 1991-yilning 18-20 noyabrida Turkiyada (Istanbuldagi Marmara universitetida) «Qardosh turk alifbolari» muammosiga bag‘ishlangan xalqaro simpozium o‘tkazildi, unda ham lotin grafikasi asosida turkiy alifbolar tuzish g‘oyasi targ‘ib qilindi. 1993-yilning 2 sentyabrida o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n uchinchi sessiyasi "Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida" qonun qabul qiladi. Respublika Oliy Majlisi qaroriga binoan 1996-yil 2-sentyabridan boshlab umumta’lim maktablarining birinchi sinflarida va maktabgacha tarbiya muassasalarida yangi o‘zbek alifbosini va imlosini o‘rgatish bo‘yicha mashg‘ulotlar boshlandi, davlat muassasalari va tashkilotlarda lotin yozuvidagi o‘zbek alifbosini o‘rgatish kurslari ish boshladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil, 21-dekabrdagi «Davlat tili haqida»gi qonunining yangi tahlilini amalga kiritish tartibi to‘g‘risida»gi qarorida lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosini o‘rganish barcha bosqichdagi o‘quv yurtlari va muassasa, tashkilotlarda 2005-yilning birinchi sentyabrida tugallanadi hamda shu muddatdan boshlab respublikamizda barcha sohalarda davlat tilida ish yuritish yangi alifboda olib boriladi deb ko‘rsatildi. Bu muddat keyin 2010-yil etib belgilandi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamda Prezidentning Davlat maslahatchisi Xayriddin Sultonovlar tomonidan 2018-yilda imzolangan “Harakatlar rejasi” ga muvofiq o‘zbek tilidagi reklama matnlari va lavhalari lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yozilishi ta’minlanadi. Oxirgi muddat sifatida 2019-yilning iyuli ko‘rsatilgan. Bosma va elektron ommaviy-axborot vositalarining lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida faoliyat yuritishi to‘liq ta’minlanadi. Bu vazifa 2020-yilning oxiriga qadar to‘liq uddalanishi rejalashtirilgan. “Harakatlar rejasi”ga kora 2021-yildan lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tish ko‘zda tutilgan. 1993-yilda yana lotin yozuviga (grafikasiga) o‘tilishi to‘g‘risida Qonunga muvofiq yangi o‘zbek alifbosining tarkibi quyidagi 31 harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat deb belgilanadi: Harflarning alifbodagi asl tartibi: A a, B b, C c, D d, E e, F f, G g, H h, I i, J j, K k, L l, M m, N n, O o, P p, Q q, R r, S s, T t, U u, V v, X x, Y y, Z z, Ç ç, Ğ ğ, Ɉ ɉ, Ñ ñ, Ö ö, Ş ş, ʼ(tutuq belgisi) 1995-yil 24-avgustda asosiy imlo qoidalariga o‘zgartishlar kiritildi va hozirda shu qoidalar amal qilmoqda. Isloh qilingan yangi o‘zbek alifbosida 26 ta harf, 3 ta harfiy birikma: sh, ch, ng va bitta belgi ‘(tutuq belgisi, apostrof) dan iborat alifbo tartibi quyidagi ko‘rinishda tasdiqlanadi: Aa(l) Bb(2) Dd(3) Ee(4) Ff(5) Gg(6) Hh(7) Ii(8) Jj(9) Kk(10) Ll(ll) Mm(12) Nn(13) Oo(14) Pp(15) Qq(16) Rr(17) Ss(18) Tt(19) Uu(20) Vv(21) Xx(22) Yy(23) Zz(24) O‘o‘ (25) G‘ g‘ (26) Sh sh(27) Ch ch(28) Ng ng(29). Download 15.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling