Konstitutsiyaning 64-moddasida, “Ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar” – deb belgilangan. Bundan kelib chiqadiki, majburiyat ikki narsani hal qilishga qaratilgan, birinchisi, farzandlarni boqish, ikkinchisi, tarbiyalash.
Farzandni boqish deganda uni voyaga yetguncha barcha moddiy ehtiyojlarini qondirish, yashashi uchun eng zarur imkoniyatlarni yaratish tushuniladi. Bu – ovqatlantirish, kiyintirish, bolalarni yashash uchun zarur jihozlar bilan ta'minlash, o‘qitish, o‘qish va bilim olish uchun zarur qurol va jihozlar bilan ta'minlaщdir.
Jahon tajribasida uchramaydigan normalardan biri Konstitutsiyamizning 66-moddasida belgilangan:
“Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalariga g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar”
Garchi ushbu moddada keltirilgan qoida azaldan xalqimizing qoniga singib ketgan bo’lsa-da, bu masala Asosiy qonunimiz darajasiga olib chiqilganligi muhim ahamiyatga egadir. Farzandni ota-onaga g‘amxo‘rligi bu, eng avvalo ota-onani normal yashashi uchun to‘liq imkoniyat yaratish. Bu turar-joy bilan, oziq-ovqat (yegulik), kiyim-bosh bilan ta'minlash. Ota-onalarni sog‘lig‘i haqida g‘amxo‘rlik qilish, ularni tibbiy xizmatga muhtojligida tibbiy xizmatdan foydalanishini ta'minlash.
Oila mavzusiga tegishli boshqa masalalar O’zbekiston Respublikasining “Oila kodeksi” da aks etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |