3. Siyosiy partiyalar. Siyosiy partiyalar vakillik organlariga saylovda nomzod ko‘rsatish huquqiga ega sub'ektdir. Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod va Prezidentlikka nomzod ko‘rsatish huquqi, faqat siyosiy partiyalarga berilgan. Siyosiy partiyalar nomzod ko‘rsatishdan tashqari, saylov jarayonida tashviqot-targ‘ibot ishlarida, ovoz berish jarayoni va ovoz berish natijalarini aniqlashda o‘z vakillari orqali nazorat ishlarida ishtirok etadi.
4. Ommaviy axborot vositalari. Saylov to‘g‘risidagi qonunlarga asosan OAV saylovga tayyorgarlikning borishi va saylov qanday o‘tayotganligini yoritib boradi. OAV saylov jarayonidagi har bir tadbirni, saylov kampaniyasi boshlanganligini e'lon qilingandan boshlab, saylov natijalarini e'lon qilishgacha yoritadi, ma'lumotlar beradi. Saylovlarda tashviqot-targ‘ibot ishlarini yo‘lga qo‘yadi, saylovni barcha ishtirokchilari uchun teng imkoniyatlar yaratadi va saylovlarni oshkora etishini ta'minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |