B. T. Musayev, K. R. Aliyeva, B. Narimanov O‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2019
§ 2. Oliy Majlisning davlat hokimiyati tizimidagi o‘rni va vazifasi
Download 482.9 Kb.
|
Конституциявий ҳуқуқ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oltinchidan
§ 2. Oliy Majlisning davlat hokimiyati tizimidagi o‘rni va vazifasi
Oliy Majlis – parlamentning davlat hokimiyati tizimidagi o‘rnini aniqlash uchun, avvalo parlamentning o‘zini davlatchilikdagi, halq hokimiyatchiligini amalga oshirishdagi rolini aniqlash, boshqacha aytganda shu haqda tassurotga ega bo‘lishi kerak. Parlamentni vujudga kelishi – jahon davlatchilik tajribasidagi eng yirik voqyea desa bo‘ladi. Parlamentni vujudga kelishi birinchidan, ming yillar davomida yashab kelgan davlat hokimiyatini bir kishi (monarx) qo‘lida to‘planishiga barham berdi. Ikkinchidan, yakka hukmronlikni chegaraladi. Uchinchidan, davlat hokimiyatini tarmoqlar asosida amalga oshirishi imkoniyatini vujudga keltirdi. To‘rtinchidan, hokimiyat ishlarida mamlakat aholisini (fuqarolarini) ishtirok etishining samarali vositasi vujudga keldi. Beshinchidan, davlat, jamiyat faoliyatida vakillik nazoarti vujudga keldi. Oltinchidan, qonun ishlab chiqish, qabul qilish professionalizm asosida olib boriladigan bo‘ldi. Parlamentizm vujudga kelishi keyinchalik davlat boshqaruvini eng demokratik, davlat boshqaruvida ko‘pchilikni ishtirokini ta'minlaydigan respublika shaklini paydo bo‘lishi va rivojlanishiga ta'sir qildi. Parlamentizm vujudga kelishi va rivojlanishi inson huquqlarini himoya qilishda yangi bosqich bo‘ldi. Shularni hisobga olgan holda har bir demokratik yo‘ldan borayotgan mamlakatlar o‘z parlamentini shakllantirish, rivojlantirishiga alohida e'tibor beradi. Parlament tashkil qilinishida O‘zbekiston Konstitutsiyasining 11-moddasi “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanadi” qoidasiga to‘la amal qilishga va Oliy Majlisning faoliyatini Konstitutsiyaviy asosda tartibga solishda alohida e'tibor berildi. Oliy Majlis – O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Parlamenti bo‘lib, qonunchilik hokimiyatini amalga oshiradi. Shu bilan birga u oliy davlat vakillik organidir. Oliy Majlisning palatalarini tashkil bo‘lishi, ularning a'zolarini tarkibini ko‘radigan bo‘lsak ular aholining keng qatlamlarini vakili ekanligiga guvoh bo‘lamiz. Oliy Majlis palatalarining deputat va senatorlari orasida erkaklar va ayollar, turli yoshdagi kishilar, turli kasb egalari, olimlar, turli partiya vakillari borligini ko‘ramiz. Ular halqning ishonch bildirgan va halqdan vakolat olgan kishilardir. Ular Oliy Majlis palatalarida halq nomidan ish ko‘radi. Shuning uchun Oliy Majlisni davlatning vakillik organi deb qonunda belgilab qo‘yilgan. Oliy Majlisning vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
O‘zbekistonning ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash hamda davlat strategik dasturlarini qabul qilish. Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hamda sud hokimiyati organlarining tizimini, vakolatlarini belgilash. Davlat organlarining mansabdor shaxslari, a'zolarini tayinlash, saylashda ishtirok etish. Mamlakat tarkibiga yangi tuzilmalarni qabul qilish, ularni respublika tarkibidan chiqarish haqidagi masalalar, ma'muriy-hududiy tuzilish masalalarini hal qilish. Qabul qilingan qonunlar ijrosini nazorat qilish, ijro hokimiyatini (hukumat) faoliyati ustidan nazorat o‘rnatish. Mamlakatimizda demokratik jarayonlarni rivojlanib borishi ijro hokimiyati faoliyati ustidan vakillik hokimiyati, ya'ni parlament nazoratini kuchaytirishni taqozo etmoqda. Konstitutsiyamizning XXII bobi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi”- deb nomlanadi va unda Oliy Majlisning maqomi, tuzilish tarkibi, tashkil etish tartibi, vakolatlari, palatalarning bir-biri bilan munosabati, rahbar va yordamchi organlari, qonunchilik jarayoni konstitutsiyaviy normalar asosida tartibga solingan. Konstitutsiyaning 76-moddasiga asosan: “O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. O‘zbekiston .respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan – Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati vakolat muddati – besh yil” Oliy majlis yuqori va quyi – ikki palatadan tarkib topgan. Oliy Majlisning Qonunchilik palatasining ham, Senatnig ham vakolat muddati besh yil – bu esa Oliy Majlisning vakolati ham besh yil ekanligini bildiradi. Konstitutsiyaning 77-moddasi Oliy Majlis palatalarining tashkil etish tartibini belgilagan. Unga asosan Qonunchilik palatasining bir yuz o‘ttiz besh deputati bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yuli bilan saylanadi. Qonunchilik palatasining o‘n besh deputati O‘zbekiston Ekologik harakatidan saylandi. Shunda Qonunchilik palatasi deputatlarining umumiy oni 150 kishidan iborat bo‘ladi. Konstitutsiyaning bu normasi Qonunchilik palatasini faqat saylov yuli bilan tashkil qilish tartibini o‘rnatadi, shu bilan birga saylovni ham ikki usulini umuhalq saylovi va alohida harakat tomonidan saylov o‘tkazilishini belgiladi. Qonunchilik palatasiga saylovlar haqida darslikning yuqoridagi boblarida batafsil to’xtalib o’tildi. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi qonunining II bo‘limi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatini shakllantirish tartibi” deb nomlangan va unda Senatni shakllantirish keng tartibga solingan. Oliy Majlisning yuqori palatasi Senat ham saylov ham tayinlash yuli bilan shakllantiriladi. Download 482.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling