O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta ta’lim vazirligi Islom Karimov nomidagi
Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali
“Ijtimoiy - gumanitar fanlar” kafedrasi
“Oʻzbekistonning eng yangi tarixi” fanidan
MUSTAQIL ISH
11A-20 KT
Bajardi: Xolmatov D.
Tekshirdi: MAHMUDOV B.X.
2020-2021
O'zbekiston va MDHdagi tutgan o’rni.
Reja:
1. O'zbekistonning MDH bilan ikki tomonlama va ko'p tomonlama munosabatlari.
2. MDHda demokratik jarayonlar va O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish amaliyoti.
O'zbekistonning MDH bilan ikki tomonlama va ko'p tomonlama
munosabatlari
SSSR parchalangandan keyin, Rossiya, Belorussiya va Ukraina rahbarlari 1991 yil dekabrda Belovejskoe Pushchada - B.Eltsin, L.Kuchma, S.Shushkovich sobiq ittifoq o'rniga Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi haqida Shartnomaga imzo chekdilar. Kengashda MDHning yuqori Oliy organi – “Davlat boshliqlari Kengashi”, “Hukumat boshliqlari Kengashi”, “Iqtisodiy Kengash”, “Mudofaa vazirligi Kengashi”, “Tashqi ishlar vazirlari Kengashi” kiradi. Ijroiya organi “Muvofiqlashtiruvchi qo'mita” deyiladi. Uning qoshida doimiy kotibiyat ishlaydi. Davlat boshliqlari Kengashi bir yilda kamida ikki marta o'tkaziladi.
MDH organlarining faoliyati MDH Nizomi bilan tartibga solinadi. MDHning vazifalari quyidagicha belgilandi.
1. MDH bir butun davlat emas, davlatlar ustidagi tuzilma ham emas-bu davlatlar hamdo'stligining yangicha shakli.
2. Hamdo'stlik qatnashchilarining o'zaro aloqalari ular o'rtasidagi tenglik asosida tuziladi.
3. MDH asosida xalqaro strategik barqaror va xavfsizlikni ta'minlash maqsadida va yadro quroli ustidan yagona nazorat saqlab qolinadi.
4. MDH barcha davlatlar uchun ochiq bo'lib, unga hamma a'zo bo'lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |