Kafedrasi “Oʻzbekistonning eng yangi tarixi”


MDHdagi demokratik jarayonlar va O'zbekistonda demokratik jamiyat


Download 85 Kb.
bet3/4
Sana05.01.2022
Hajmi85 Kb.
#216721
1   2   3   4
Bog'liq
Xolmatov D Oʻzbekistonning eng yangi tarixi

MDHdagi demokratik jarayonlar va O'zbekistonda demokratik jamiyat

qurish amaliyoti

Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi ishtirokchilari o'z mamlakatlarida demokratik jarayonlarni shakllantirish borasida ma'lum yutuqlarga erishayapdi. Davlatimiz MDHning a'zosi sifatida yangi-yangi tashabbuslar bilan chiqib, uning faoliyatida ma'lum iz qoldirayapdi. 1992 yil may oyida Toshkent shahrida MDH davlatlari va hukumatlari boshliqlari uchrashuvida, hamdo'stlik doirasida O'zbekiston kollektiv xavfsizlik tizimini barpo etish tashabbusi bilan chiqdi. Toshkentdagi uchrashuvda Kollektiv xavfsizlik va havo bo'shlig'idan foydalanish to'g'risidagi imzolangan shartnoma katta ahamiyatga ega. Mazkur uchrashuvda kosmik dasturni bajarishga pul ajratish to'g'risida, yagona byudjetni shakllantirish, chegara qo'shinlarini pul bilan ta'minlash, qurolli kuchlarni qisqartirish kabi 13ta hujjat imzolandi.

Yuqorida nomlari zikr etilgan hujjatlarning hayotga tadbiq etilishi MDHdagi demokratik jarayonlarga ijobiy ta'sir o'tkazadi. MDH tashkil topgandan buyon o'tgan yillar ichida ma'lum ishlar qilindi. Hamdo'stlikning yangicha shaklini takomillashtirish bo'yicha ko'plab harakatlar qilindi. MDHning muvofiqlashtiruvchi - maslahat qo'mitasi, ijroiya kotibiyat tuzildi. MDH doirasida Iqtisodiy makon tuzildi. MDHga a'zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashi to'g'risida Nizom, iqtisodiy ittifoqning Davlatlararo iqtisodiy qo'mita va hakazolarni misol qilsak bo'ladi. Respublikamizning hamdo'stlik tarkibida bo'lishi, uning milliy xavfsizligining muhim kafolat.

Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov MDHni O'zbekiston uchun uzilib qolgan o'zaro iqtisodiy-xo'jalik aloqalarini tezroq tiklash, aholiga ijtimoiy yordam berishni, mudofaa siyosatini, ilmiy-texnikaviy tadqiqotlarni, jinoyatchilikka, ayniqsa uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashni muvofiqlashtirish imkoniyati katta deb tushundi. O'zbekiston diplomatiyasi MDHda imperiya yoki

izolyatsionizm tarafdorlari psixologiyasining har qanday jinoyatkorona takrorlanishidan, alohidalikdan holi bo'lgan yangi davlatlar o'rtasidagi aloqalar sifatining yangilanishiga katta e'tibor bermoqda. MDH davlatlari boshliqlarining 1993 yil 24 dekabrda Ashgabaddagi Kengashida Gruziya MDHga a'zo etib qabul qilindi.

Lekin bu qurilma tez orada faqat rasman “hamdo'stlik” maqomiga ega bo'lganligi sezilib qoldi. Natijada MDH maqomi unga ma'lum vakolatlar berish va tegishli tashkiliy tuzilmalar tashkil etish bilan mustahkamlanmadi, o'tgan yillar ichida ko'plab qabul qilingan asosiy bitimlar o'z samarasini topmadi. Shunga qaramasdan, O'zbekiston hamdo'stlik doirasida kollektiv xavfsizlik tizimini barpo etish tashabbusi bilan chiqdi, bu masalada Toshkentda 1992 yil may oyidagi MDH davlatlari va hukumatlari boshliqlarining uchrashuvi davlatvlarning hamdo'stligi, bir-biri bilan sig'isha olishi mumkinligiga, ehtimol, birinchi marta umid tug'dirdi. Yurtboshimiz so'zlariga ko'ra, o'tish davrida umumiy rubl zonasini saqlab qolish to'g'ri yo'l tomon qo'yilgan qadamdir, bu hol davlatlarning moliya sohasidagi parallel mustaqilligini istisno etmaydi. Ayni vaqtda ko'p millatli O'zbekiston rahbari inson omilini, xalqlarning bir-birini tushunishga intilishin nazarda tutganligini tushunmoq zarur.

O'zbekiston mustaqillik va iqtisodiy integratsiyani kengaytirish, iqtisodiy chegaralarni imkon qadar ochish tarafdori. MDHni haqiqiy mustaqil, suveren davlatlar iqtisodiy va madaniy integratsiyasi sifatida hamkorligini istaydi. Keyingi yillardagi MDHning ayrim a'zolaridagi iqtisodiy, siyosiy o'zgarishlar ya'ni to'rtlar shartnomasi (Rossiya, Belorus, Qozog'iston va Qirg'iziston), ikkilar ittifoqi (Belorus va Rossiya) guruhlar tarzida tuzilishi kelgusida hamdo'stlik davlatlari o'zaro rivojlanishining zaiflashtirishga qo'yilgan qaltis yo'l hisoblanadi.

Bu masalalarni hal etishda navbatdagi MDH davlat rahbarining 2000 yil 1 dekabr Belorus poytaxti Minskdagi uchrashuvi alohida ahamiyat kasb etdi. Ushbu sammitda O'zbekiston rahbari O'zbekiston hamdo'stlik doirasida erkin savdo hududini barpo etish borasida tezroq amaliy ishlarga o'tish taklifini ilgari surdi. Sammitda I.A.Karimov MDH doirasida qabul qilingan qator masalalar yuzasidan O'zbekistonning yondashuvi va qarashlarini bayon qildi. Prezidentimiz I.A.Karimovning vaqt o'tishi bilan qabul qilingan asossiz g'oyalar bari zamon talablariga qarshi borib ish qilib bo'lmasligini ta'kidlagani endilikda yaqqol ko'rayapmiz. Tarix g'ildiragini orqaga aylantirib bo'lmaydi, deb ta'kidlashi haqiqatga aylanmoqda.

O'zbekistonda demokratik islohotlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilayotganligi jamiyatning barqarorligiga va davlatning xavfsizligiga olib kelayapti. Xavfsizlik va barqarorlik bor joyga sarmoya keladi, taraqqiyot bo'ladi. Shuning uchun O'rta Osiyodagi mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash uchun O'zbekiston davlati harakat qilmoqda. O'rta Osiyo davlatlari rahbarlarining 1993 yil 4 yanvarm Toshkentdagi tarixiy uchrashuvi shu davlatlar hayotida muhim voqea bo'ldi. Uchrashuvda mintaqa taqdiriga taaluqli masalalar birinchi marta muhokamaga qo'yildi. Uchrashuv qaroriga asosan O'rta Osiyo atamasi tilga olindi, bir-birlariga elchilar yuborishga qaror qilindi. Orolni saqlash bo'yicha xalqaro jamg'arma tuzish to'g'risida qaror qabul qilindi. Toshkentda o'rta televidenie, Almatida gazeta chiqarishni tashkil etishga va boshqa qator qarorlar qabul qilindi. Ana shunday uchrashuvlar bir yilda ikki marta (1993 yil mart Qizil-O'rda, 1994 yil yanvar Nukus, 1994 yil aprel Cho'pon-ota, 1995 yil mart Toshhovuz, 1996 yil yanvar Ko'kchatov, 1997 yil yanvar Bishkek, 1997 yil dekabr Akmola, 1998 yil mart Toshkent) kengashlarida mintaqaga ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va harbiy masalalar to'g'risida shartnomalar, bitimlar imzolangan.

Bu uchrashuvlar mintaqa kuchlarini jipslashtiruvchi muhim kuchga aylandi. O'zbekistonning MDH a'zolari bilan iqtisodiy aloqalari o'z samarasini bermoqda. 1994 yilda MDH bilan O'zbekistonning tovar oboroti 1,8 mlrd. AQSh dollarbni tashkil etdi. Mustaqillikning dastlabki yillarida O'zbekistonning tashqi savdo hajmining 70-80 foizi MDH mamlakatlariga to'g'ri kelsa, 1998 yilga kelib, eksportning 65,6 foizi, importning 72 foizi rivojlangan xorijiy davlatlar bilan amalga oshirildi.

Transkavkaz yo'lining 1996 yilda ishga tushirilishi natijasida shu yili O'zbekistonga keltirilgan va olib chiqib ketilgan mahsulot hajmi salkam – 140 ming tonnani tashkil etgan bo'lsa, 1997 yilda bu ko'rsatkich - 285 ming, 1998 yilda esa - 340, 2000 yilning 8 oyi davomida esa 360 ming tonnani tashkil etdi. “MDHning, - dedi Islom Karimov, - kelajagi bor. Hozirgi mustaqil davlatlar o'rtasidagi ko'p yillik iqtisodiy aloqalarni har qanday tomon biron-bir tarzda tazyiq o'tkazmaydigan ma'rifatli asoscha qurishi kerak. Munosabatlar faqat o'zaro manfaatli asosga tayanishi lozim”1.

Ammo, MDH davlatlari o'rtasida qabul qilingan bitim va shartnomalarning aksariyati qog'ozda qolib ketmoqda. Asosiy sabab, tomonlarning mavjud masalalarni xolisona echishni xohlashmayotganligida emas, balki muammolarni o'zaro hamkorlik teng huquqli asosda har bir mustaqil davlatning milliy rivojlanish manfaatlarini inobatga olgan holda yuritilishiga bog'liq.

Mustaqil O'zbekiston - MDH doirasida sun'iy ravishda keraksiz tashkil etilgan har qanday integratsiyaga hamda mustaqil davlatlardan yuqori turuvchi tuzilmalarni - parlament, ko'plab amaldorlar va ma'muriy idoralar faoliyatining samarasizligi, harbiy-siyosiy organlarni tashkil etishga qarshi. Shu o'rinda MDH o'rtasidagi kollektiv xavfsizlik to'g'risidagi shartnoma bundan buyon ishtirok etmasligini ta'kidlash zarur.

MDHdagi demokratik jarayonlar O'zbekiston bilan aloqalarini kengaytirishga yo'l ochmoqda, bunday holat har ikkala mamlakat uchun foydalidir. Qo'shma korxonalarni ochilishi, tadbirkorning uchrashuvlari aloqalarni yangi-yangi ufqlarini ochmoqda.




Download 85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling