Kafedrasi “Oʻzbekistonning eng yangi tarixi”
Umumiy iqtisodiy makon vujudga keltiriladi. 6
Download 85 Kb.
|
Xolmatov D Oʻzbekistonning eng yangi tarixi
5. Umumiy iqtisodiy makon vujudga keltiriladi.
6. MDH a'zolari o'z Konstitutsiyalaridan kelib chiqib xalqaro majburiyatlarni bajaradi. 7. MDHning tashkil topishi bilan sobiq ittifoqning mavjudligi tugatiladi. 8. Hamdo'stlik a'zolari BMT nizomi bo'yicha BMTga a'zo bo'ladi. MDHga 11ta davlat kirdi. Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Qozog'iston, O'zbekiston, Qirg'iston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Armaniston, Moldaviya. Yuqoridagi qayd etilgan jarayonlar o'zining yangiligi bilan ajralib turadi. g'sh davlatlarning demokratik taraqqiyoti uchun tamol toshlari bo'lib xizmat qiladi. “Hozirgi kunda, - dedi Islom Karimov, - (1995 yil iyul) MDHdagi birorta davlat iqtisodiyoti ham boshqalardan ajralgan halda mavjud bo'la olmaydi”1. MDHni paydo bo'lishi hayotiy zarurat edi. Shuning uchun MDH davlatlarini kelajagi mana shu tashkilotga bog'liq. Ular 1991-1995 yillarda 500dan ortiq hujjatlar imzoladi. Mustaqil O'zbekiston istiqlolga erishgandan keyin tashqi siyosatida Mustaqil Hamdo'stlik Mamlakatlari bilan aloqalari muhim ahamiyatga ega bo'lib qoldi. O'zbekiston Mustaqil Hamdo'stlik mamlakatlari bilan aloqalarida O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga to'la asoslanib amalga oshiradi. “O'zbekiston Respublikasi, - deyilgan Bosh Qomusimizda, - Xalqaro munosabatlarning to'la huquqli sub'ektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo'l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umume'tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi. Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta'minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdo'stliklarga va boshqa davlatlararo tuzulmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin”2. Darhaqiqat, mamlakatimiz qonunlar majmuidagi ko'rsatmalari uning tashqi siyosatini mazmun-mohiyatidir. Shuning uchun O'zbekistonning Mustaqil Hamdo'stlik mamlakatlari bilan aloqalari yildan-yilga yaxshilanayapdi. O'zbekistonning Rossiya bilan aloqalari muhim ahamiyat kasb etmoqda. “MDH kelajagi, deganlar Islom Karimov, - eng avvalo, Rossiyaga bog'liq. Rossiya - MDHni mustahkamlab turadigan tsementning o'zidir. Rossiya bu tuzulmaning eng muhim bo'g'inidir”3 . Juda topib, obrazli ifoda qilibdi, chunki mustaqil davlatlarning iqtisodiyotini Rossiyaga bog'liqlik tomonlari juda ko'p. Qaysi sohani olmang, borib-borib Rossiyaga taqaladi. Shuning uchun Rossiya bilan hamkorlikning oqibati yaxshi bo'ladi. O'zbekiston Prezidenti Islom Abdug'anievich Karimovning Rossiyaga davlat tashrifi (1992 yil 30 may) O'zbekiston bilan Rossiya Federatsiyasi o'rtasida davlatlararo munosabatlarga asos soldi. Mazkur tashrifda do'stlik va hamkorlik to'g'risida shartnoma imzolandi. 1993 yil 19 martda O'zbekiston va Rossiya Federatsiyasi o'rtasida madaniyat, fan va texnika, ta'lim, sog'liqni saqlash, axborot, sport va turizm sohasida hamkorlik qilish to'g'risida bitim imzolandi. Ikki davlat o'rtasidagi aloqalarni takomillashtirish va rivojlantirishda Prezidentimiz Islom Abdug'anievich Karimovning 1994 yil mart oyida Rossiya Federatsiyasiga qilgan rasmiy davlat tashrifi muhim o'rin egallaydi. Islom Karimov bilan Boris Eltsin o'rtasidagi muzokaralar yakunida 1994 yil 2 martda O'zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o'rtasida har tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va chuqurlashtirish to'g'risida Deklaratsiya imzolandi. Shuningdek, ikki davlat Prezidentlari O'zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o'rtasida iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish to'g'risida shartnoma, O'zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o'rtasida xarbiy sohadagi hamkorlik to'g'risida shartnoma imzolandi. 1998 yilning may oyida Islom Karimovning Rossiyaga tashrifi, o'sha yilning oktyabrida Boris Eltsinning O'zbekistonga tashrifi davlatlarimiz o'rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamladi. Ana shularni ichida har ikki davlatni hamkorligida “IL” rusumli samalyotlarni ishlab chiqarish, 1998-2007 yillarga mo'ljallangan iqtisidiy hamkorlik to'g'risidagi shartnomalarni ahamiyati katta. O'zbekiston - Rossiya munosabatlarini kengayishi har ikkala mamlakat uchun foydalidir. Buni anglab etgan ishbilarmonlar, tadbirkorlar yildan-yilga aloqalarni kengaytiryapdilar. Davlat va hukumat bashliqlarini rasmiy tashriflari yangi-yangi ufqlarni ochmoqda. Bunga 1999 yil dekabr oyida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning O'zbekistonga rasmiy tashrifi yaqqol misol bo'la oladi. Mana shu yillar ichida Rossiya bilan 200ga yaqin hujjatlar imzolandiki, bular har ikkala mamlakatlarning kelajakdagi rivojlanishiga kafolat. Faqat 2000 yilda ikki davlat o'rtasidagi savdo aylanmasining hajmi 1 milliard AQSh dollaridan oshdi. Ammo, Rossiya bilan mamlakatimiz o'rtasidagi munosabatlarda hali foydalanilmayotgan imkoniyatlar serob ekanligidan ko'z yumib bo'lmaydi. O'zbekiston bilan Ukraina o'rtasida davlatlararo munosabatlarga asos solgan Islom Karimovning 1992 yil avgust oyida Kievga qilgan rasmiy davlat tashrifi muhim ahamiyatga ega bo'ldi. 25 avgust kuni Islom Karimov va Leonid Kuchma O'zbekiston Respublikasi bilan Ukraina o'rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari, do'stlik va hamkorlik to'g'risidagi shartnomani imzoladilar. Shu safar chog'ida ikki davlat o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatish to'g'risida protokol va savdo-iqtisodiy bitim imzolandi. 1994 yil 10-11 noyabr kunlari Islom Karimovning Ukrainaga ikkinchi davlat tashrifi O'zbekiston bilan Ukraina o'rtasidagi munosabatlarni yana yuqori bosqichga ko'tardi. Ikki Prezident Islom Karimov va Leonid Kuchma muzokaralar paytida o'zaro hamkorlik borasida, xalqaro masalalar yuzasidan amaliy fikr almashindi. O'zbekiston va Ukraina respublikalari o'rtasida iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo'nalishlari haqida bayonnoma, O'zbekiston va Ukraina respublikalari o'rtasida madaniy hamkorlik to'g'risida bitim imzolandi, bu hujjatlarni Islom Karimov bilan Leonid Kuchma imzoladilar. “O'zbekiston - Ukraina munosabatlarida biz vujudga kelgan strategik yo'lga sodiq bo'lib qolaveramiz, - dedilar Islom Karimov, - Ukrainaning mustaqilligi, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy barqarorligi yanada mustahkamlanishiga, Ukraina islohotlar, yangilanishlar yo'lidan borishga qat'iy inonamiz”1. Yurtboshimizning yuqorida zikr etilgan fikrlari, O'zbekiston-Ukraina munosabatlarini belgiladi. O'zbekiston va Ukraina Prezidentlari aloqalarining yangi shakllarini rivojlantirish, qo'shma korxonalar, aktsionerlik jamiyatlarini barpo etishga, erkin savdo-sotiq tarkibini o'rganishga axdlashdilar. Yuksak malakali mutaxassislar tayyorlashchda hamkorlik qilishga kelishildi. O'zbekistonda 30 tonna yukni 5 ming km.ga eltib bera oladigan AN-70, AN-70T samolyotlarini ishlab chiqarishni yo'lga qo'yishda hamkorlik qilishga kelishildi. Ukrainaning engil sanoati o'zbek paxta tolasiga, og'ir sanoati rangli metallarga muxtoj, O'zbekiston esa, gaz va neft konlarini o'zlashtirishda Ukraina uskunalariga muxtoj, Qora dengiz orqali O'zbekistonning g'arb mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalar olib boorish uchun ham zarur. Faqat, 1995 yilda ikki mamlakat o'rtasidagi savdo aloqalarini hajmi 177,5 million AQSh dollarini tashkil etdi. Biz 107,5 million dollarlik mol sotib, 70 million dollarlik mol xarid qildik. Savdo aloqalari yildan yilga ko'paymoqda. O'zbekiston - Ukraina munosabatlarini rivojlanishida 1995 yil 20 iyunda Ukraina Prezidenti Leonid Kuchmaning O'zbekistonga kelishi muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Ikki mamlakat rasmiy doiralarining kengaytirilgan muzokaralarida O'zbek-Ukrain hamkorligini kengaytirish va chuqurlashtirish to'g'risida Deklaratsiya qabul qilindi. O'zbekiston Respublikasi va Ukraina o'z munosabatlarini uzoq muddatli umumiy manfaatdorlikka ega do'st davlatlar tarzida rivojlantirishni mo'ljallaydi, deb qayd etilgan. Mazkur uchrashuvda O'zbekiston bilan Ukraina o'rtasida iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish to'g'risida shartnoma imzolandi. “Tomonlar, - deyilgan shartnomada – iqtisodiy islohotlarni o'tkazish jarayonida harakatlarni muvofiqlashtiradilar, O'zbekiston Respublikasi va Ukrainaning hamma shakldagi mulkchilik xo'jalik sub'ektlari, viloyatlari hamda mintaqaviy tuzilmalari o'rtasida o'zaro foydali iqtisodiy aloqalarning saqlanib qolishi va rivojlanishiga ko'maklashadilar”1. Ukraina qora va rangli metallurgiya, anrosanoat majmuasi, mashinasozlik, kimyo sanoati mahsulotlarini etkazib bermoqda. 1996 yilda 10ta O'zbekiston-Ukraina qo'shma korxonasi ishlab turdi. Keyingi yillarda ularning soni yanada ortmoqda. 1996 yilda O'zbekiston - Ukraina tovar ayriboshlashi 200 million AQSh dollaridan oshdi. Biz Ukrainaga paxta, ip-gazlama, tamaki, neft mahsulotlari etkazib berdik. Ulardan esa shakar, qandolat mahsulotlari, qora metall, mexanik uskunalar oldik. 1997 yilda tovar ayri boshlash 300 million AQSh dollariga yaqinlashdi. Umuman, O'zbekiston - Ukraina aloqalari yildan yilga o'sib bormoqda. Qo'shma korxonalarni soni yildan-yilga ko'paymoqda. O'zbekiston - Belorussiya munosabatlari yaxshilanayapdi. Belorussiya Respublikasi Oliy Kengashning raisi S. Shushkevich rasmiy davlat tashrifi O'zbekiston bilan Belorussiya o'rtasida davlatlararo aloqalarga asos soldi. Tashrif paytida Toshkentda Islom Karimov va S. Shushkevich O'zbekiston Respublikasi bilan Belorussiya Respublikasi o'rtasidagi davlatlararo munosabatlarning asoslari to'g'risidagi shartnoma tuzdilar. Shuningdek, ikki davlat hukumatlari o'rtasida 1992 yilda savdo-iqtisodiy hamkorlik printsiplari to'g'risida bitim imzolandi. 1994 yil 21-22 dekabr kunlari Belorussiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning rasmiy tashrif bilan Toshkentda bo'lishi O'zbekiston va Belorussiya o'rtasidagi munosabatlarni chuqurlashtirishda yangi bosqich bo'ldi. Tashrif paytida davlatlararo, hukumatlararo hamda har ikki davlat muassasalari o'rtasida 18ta hujjat imzolandi. O'zbekiston Respublikasi bilan Belorussiya Respublikasi o'rtasida do'stlik va hamkorlikni yanada mustahkamlash deklaratsiyasi, O'zbekiston Respublikasi bilan Belorussiya Respublikasi o'rtasida madaniyat va san'at sohasida hamkorlik qilish to'g'risidagi shartnomani Islom Karimov va Aleksandr Lukashenko imzoladilar. Daromad va mulklardan ikki tomonlama o'zaro soliq olmaslik, avtomobil, temir yo'l va pochta aloqasi bo'yicha hamkorlik haqidagi bitimlar imzolandi. Umuman, O'zbekistonning MDH davlatlari bilan bir tomonlama va ikki tomonlama aloqalari kengayib bormoqda. Kavkaz orti, Moldava va Boltiq bo'yi davlatlari ham bundan mustasno emas. 2001 yil 29-30 noyabr kunlari Moskva shahrida MDH (Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi) uchrashuvi bo'lib o'tdi. Mazkur uchrashuv Hamdo'stlik tuzilganining o'n yilligiga bag'ishlandi. Hech shubhasiz, mana shu bosib o'tilgan o'n yil ichida Hamdo'stlik mamlakatlari o'rtasida ma'lum ishlar qilindi. Ammo qilinishi kerak bo'lgan ishlar anchagina ko'p. Hamdo'stlik mamlakatlari yon-atrofidagi voqealarga yakdillik ko'rsatishlikni qayd etdi. Terrorizm, narkobiznes, uyushgan jinoyatchilik, ekstremizm kabi balolarga qarshi kurashda hamjihatlikni ta'kidladi. Moskva uchrashuvi Afg'onistondagi voqealar to'g'risida bayonot qabul qildi. Bayonotda, Afg'oniston taqdiri afg'on xalqining o'zi belgilashi, mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish ishlari BMT rahnamoligida amalga oshirilishi qo'llab-quvvatlanadi. Uchrashuv - Hamdo'stlik tuzilganining o'n yilligi munosabati bilan Bayonot qabul qildi. Bayonotda, hamma tadbirlar ham amalga oshmagani qayd etildi. Juda ko'p imkoniyatlar boy berilgani uqtirildi. Shuning uchun MDH davlatlari iqtisodiy integratsiyani rivojlantirish zaruriyati yana bir bor ko'rsatib o'tildi. A'zo mamlakatlarning bir-birlarini iqtisodiyotini to'ldirish, jahon taraqqiyotiga juda katta ta'sir qilishi ko'rsatib o'tildi. A'zo mamlakatlarning iqtisodiy yaqinlashuvi juda ko'p umumbashariy muammolarni hal qilishda juda qo'l keladi. Xatto inqirozlarni engishda ham juda foydali. Umuman, mintaqaviy integratsiya orqali jahondagi umum iqtisodiy jarayonlarga qo'shilishiga olib keladi, buning ham ahamiyati katta. Shunday qilib, MDH davlatlari Hamdo'stlikning taraqqiyot yo'nalishlarini belgilab berdi. O'tgan o'n yillikda yo'l qo'yilgan xatolar, chalg'ishlarga barham berishlik alohida qayd etildi. MDH davlatlari o'rtasidagi serqirra aloqalarni rivojlanishi hech shubhasiz ularning taraqqiyotiga yo'l ochadi. O'zbekiston mustaqillik yillarida Rossiya federatsiyasi, Ukraina, Belorus, Moldava, Gruziya, Ozarbayjon, Litva va Latviya davlatlari bilan ikki tomonlama aloqalar o'rnatish va chuqurlashtirish yo'lidan bordi. Ozarbayjon - O'zbekiston aloqalari ham diqqatga sazovordir. O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov 1996 yil 27 may rasmiy vizit bilan Ozarbayjonga keldi. Muzokaralar natijasida ikki mamlakat o'rtasida sarmoyalarni o'zaro rag'batlantirish va himoyalash, soliq, bojxona, havo yo'llari, avtomobil va temir yo'llar aloqalari, yuk tashish va boshqalar haqida 20ga yaqin hujjatlar imzolandi. Bular o'z navbatida ijobiy natijalarini berib, ikki tomonlama va ko'p tomonlama munosabatlarni rivojlanishiga yo'l ochayapdi. Download 85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling