b ta’lim yo’nalishi 3-bosqich 4-guruh talabasi Qo‘chqarova Odinaxonning Ona tili o‘qitish metodikasi fanidan
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini o‘stirish usullari
Download 230.43 Kb.
|
O’QISH DARSLARIDA O’QUVCHILARNING IJODIY FAOLLIGINI OSHIRISH
1. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini o‘stirish usullari.
“Qadam-baqadam” dasturining tarqalishi uning mazmunining ancha ahamiyatga molik ekanidan dalolat beradi. YA’ni, ta’lim jarayonida oilaning ishtiroki, uning xususiy xarakteri, guruhlarda o‘quv rejalarini ta’lim markazlari bo‘yicha tuzish dasturning asosida yotadi. Boshlang‘ich sinflar uchun “Qadam-baqadam” dasturi o‘ta moslanuvchandir. U o‘z oldiga shunday maqsad qo‘ydiki, boshlang‘ich sinflar uchun tuzilgan modellar ishtirokchi mamlakatlarning ta’lim sohasidagi maishiy an’ana va standartlarini hisobga olsin. Bu hujjatga kiritilgan tavsiyalar o‘qituvchilar, milliy dasturlar direktorlari hamda kichik yoshdagi bolalarning ta’lim jarayonida qatnashayotgan boshqa xodimlarga yordam berishga qaratilgan. “Qadam-baqadam” dasturining asosida demokratik tamoyillarga sodiqlik yotadi. Xoh bog‘cha uchun, xoh maktab uchun bo‘lsin, ushbu dastur bolalarni demokratik jamiyatning qadriyatlarini hurmat qiluvchi faol fuqarolarni tarbiya qilishiga qaratilgan. O‘qituvchilar bolalarni o‘zlariga yo‘l tanlashga hamda bu harakatlari uchun mas’uliyat his etishlarini o‘rgatadilar. Demokratik tamoyillar asosida tashkil etilgan bunday guruhlarda bolalar o‘z fikrlarini shakllantirishlariga va ularni ifoda etishlariga turtki beradilar. Savollar va diskussiyalar qo‘llab – quvvatlanadi. Boshlang‘ich sinflar uchun “Qadam-baqadam” dasturining eng asosiy talabi ham kattalar, ham bolalar tomonidan o‘zaro hurmat, mas’uliyat, halollik, e’tibor va tirishqoqlikdir. Kattalar bolalar bilan muloqotda bu fazilatlarni ongli ravishda shakllantiradilar. Aynan mana shu tamoyil xarakterni shakllantirishda boshlang‘ich sinflar uchun “Qadam-baqadam” dasturining asosida yotadi. Boshlang‘ich sinflar uchun “Qadam-baqadam” dasturi doimiy tarzda quyidagilarga intilishlarni nazarda tutadi: oilaning ishtiroki; bolaning yaxlit bir ob’ekt sifatida nazarda tutadigan rivojlanishning muqobil amaliyoti; bolaning individual o‘qitish asosida pedagogik faoliyatning markaziga qo‘yilishi; sinfda ta’lim markazlarini tashkil qilish; ustozlarning doimiy ravishda o‘z ustida ish olib borish va ularga uslubiy yordam ko‘rsatishi. “Qadam-baqadam” dasturi jamiyat hayotidagi o‘zgarishlarga javoban ishlab chiqilgan modeldir. Ta’lim tizimida o‘zgarishlar zarurati muqarrardir. CHunki kundalik axborot oqimi an’anaviy ta’lim institutlari vazifalarining o‘zgarishi, shuningdek bosh miyaning funksiyalari borasida fandagi yangiliklar. Bularning barchasi odatdagi “zavodcha” ta’lim modeli bilan keskin qarama-qarshidir. Oddiy zavodlarda mahsulot aniq texnologik chizmalardagi kabi, konveyrda yig‘iladi. Tayyor mahsulot esa andozadagi tarkibiy qism, material va ko‘rsatilgan texnologiya bo‘yicha yig‘ilgan predmetni tashkil qiladi. Sanoatlashtirish davrining boshidan ma’lumki, zavod butun dunyoda maktab ta’limini tashkil etishning modeliga aylangan edi. Maktabda kundalik darslar shunday taqsimlanganki, ma’lum fanlarga ma’lum bir vaqt ajratilgan. Ma’lumot alohida qismlarga bo‘lingan bo‘lib, bolalarga uni etkazish uchun shuncha vaqt ajratilgan. Ammo bu vaqt ma’lumotni egallashga qaratilgan bo‘lsa-da, sinfning bilim olishga bo‘lgan haqiqiy intilishiga mos kelmaydi. Ma’lumot mazmuni ta’limning natijasi kabi oldindan belgilangan. Bu, albatta, bolalarning qobiliyatini aniqlash va oson testlar yordami kabi boshqa omilllar asosida aniqlangan. Zavodda ham, maktabda ham ishning natijasi va mazmuni ma’lum kuchga ega bo‘lgan odamlar tomonidan qabul qilinadi. Jamiyatda tabaqalanishning pastki bosqichlarida bo‘lgan bolalar va o‘qituvchilar bunday kuchna ega emaslar. O‘qituvchilar qaror qabul qilish jarayonidan chiqarib yuborilganlar, bu qarorlarning qabul qilinishi esa ta’lim mazmuni bilan hech qanday aloqaga ega emas. “Qadam-baqadam” dasturi doirasida o‘qituvchilar ulardan nima kutayotganliklarini aniq tushuntirishlari orqali ko‘zlangan maqsadlariga etadilar. Qo‘yilgan maqsadlariga bolalar ko‘plab usullar orqali etishishlari mumkin – tog‘ning uchiga chiqish uchun ko‘plab yo‘llar mavjud. Kutilayotgan natijalarining o‘qituvchi tomonidan tushuntirilishi o‘z talablarini ilgari surish emas, balki taklifdek bo‘lish kerak. Bunday taklif astoydil ochiq shaklda bo‘lishi kerak. o‘quvchilarga o‘qituvchi ularning muvaffaqiyatga erishish qobiliyatlariga ishonch ekanini tushunishlariga imkon berilishi kerak. Boshlang‘ich sinflar uchun “Qadam-baqadam” dasturi bolalarning sinfda turli rollarni ijro etishlarini nazarda tutadi. Ularni bajara turib o‘quvchilar qo‘yilgan maqsadlarga erishadilar: Fikrlovchi sifatida bolalar yuzaga kelayotgan muammolarga muqobil echim qidiradilar va ularga keyingi tadqiqotlari uchun bahona sifatida ko‘rib chiqadilar. Ma’lumotlarni yig‘ib yuruvchi sifatida bolalar o‘zlarining shaxsiy fikr va muloqotlarini etkazish uchun ko‘nikma ishlab chiqadilar hamda yo‘llar yaratadilar. Tinglovchi sifatida bolalar e’tiborlarini to‘liq qaratishga o‘rgatadilar hamda faol va hamfikr auditoriyaga yig‘iladilar. Dialoglar ishtirokchisi sifatida bolalar o‘z fikr va mulohazalarini turli yo‘llar bilan shakllantiradilar va ifoda etadilar. Tashkilotchilar sifatida bolalar o‘z ta’limlarini rejalashtiradilar va o‘z qarorlari uchun javobgarlikni o‘zlariga oladilar. SHerik sifatida bolalar hamkorlik qilish va qarama-qarshi nuqtai nazarni hurmat qilishga o‘rganadi. Do‘st sifatida bolalar birovlarga ishonishni, ularga g‘amxo‘rlik qilishni, tushunishni, atrofdagilarning ularga bo‘lgan munosabati ana shunga bog‘liqligini tushunadilar. O‘qituvchi bola mana shu rollarning barchasini bajarishini kutadi. O‘z kutishlari haqida u bolaga turli shaklda ma’lumot beradi. Birinchidan, sinfda ta’lim jarayonida bola aniq rol bajara olishi uchun muhit yaratish orqali. Masalan, o‘qituvchi sinfga turli asbob va uskunalar olib keladi. Ular “Zukkolik masalalari” tokchasiga qo‘yiladi, yoningga esa quyidagi savollar yozilgan varaq joylashtiriladi: Nechta usul orqali do‘stingiz bilan sinfimizning o‘lchamini olishingiz mumkin? O‘z natijalaringizni qog‘ozga yozing va ular haqida so‘zlab bering. Har hafta o‘qituvchi tokchadagi narsa va savollarni o‘zgartirib turadi. SHu yo‘l bilan o‘quvchilarni muammolarni echishga va ularning fikrlash darajasini ko‘tarishga jalb etadi. Ikkinchidan, o‘qituvchi rollarni o‘zi bo‘lib beradi. Masalan, u o‘quvchilarga ma’lum bir faoliyat turida “hamkor” bo‘lishni, boshqasida esa kuzatuvchi yoki ro‘yxatga oluvchi bo‘lishni taklif qiladi. Uchinchidan ,o‘qituvchi bolalarga o‘zi kutayotgan natijalarni etkazishi mumkin. Bunda ulardan o‘zlarini qanday tutishlarini kutayotgan bo‘lsa, uni gapirib beradi. Masalan, agar o‘qituvchi bolalar uni diqqat bilan tinglashlarini xohlasa, ularga buni ko‘rsatib berishi kerak: bola gapirayotganda unga diqqat bilan qarashi, e’tibor bilan tinglashi, ishning mohiyati bo‘yicha jiddiy javob berishi zarur. Boshlang‘ich sinflar uchun “Qadam-baqadam” dasturining maqsadlari bolalarning ijtimoiy talablari, shuningdek, ularning rivojlanishga bo‘lgan ehtiyojlarini hisobga oladi. Bolalar taraqqiyotining umumqabul qilingan tuzilishida har bir bosqich uchun o‘zining alohida maqsadlari ko‘zda tutilgan. Masalan, 6-7 yoshdagi bolalarni o‘qitishning maqsadlari quyidagi sohalarda o‘rnatilgan: akademik, ijtimoiy, his-tuyg‘u va estetik. Maqsadlarning bunday tashkil qilinishi o‘qituvchining o‘quv rejalari, o‘qitish natijalarini baholash bilan bog‘liq qarorlar qabul qilishda bolaga kompleks yondashishni ta’minlashga imkon beradi. Standartlarning aniq belgilanganligi va ularning yuqori darajada ushlab turilishi tufayli. “Qadam-baqadam” dasturi o‘qish va o‘qitishning barcha sohalarida sifatni kafolatlaydi. “Qadam-baqadam” dasturi standartlariga xizmat qiluvchi umumiy maqsadlar mavjud. Masalan, xarakterni shakllantirishning umumiy maqsadlari quyidagilar: Xarakterni shakllantirish dasturi doirasida bolalar: Tinglab va tavoze bilan javob berish orqali suhbatdoshga hurmat ko‘rsatishlari; Haqiqiy real qahramonlar haqida og‘zaki yoki yozma tarzda hikoya qilishlari; Boshqa bolalar bilan birga hamkorlik ruhida ishlashlari; Hamjihatlik ko‘rsatgan holda o‘z-o‘ziga hurmat namoyon etishlari; Halolllik va haqparvarlik namoyon etishlari. Savodxonlikka o‘rganishning umumiy maqsadlari. “Qadam-baqadam” dasturi doirasida o‘qishni o‘rganishda bolalar quyidagilarni egallashlari kerak: Ularning qiziqishlari va qobiliyatlari darajasini aks ettiruvchi o‘qish uchun materialni tanlash. Turli janr va adabiyot turlarini – badiiy nasr, she’rlar, hujjatli adabiyotni o‘qish. Hayotlarida o‘qishning ahamiyatini tushunishlari. Syujet rivojlanishni oldindan topa olish va o‘qib bo‘lingan qism mazmunini tushunganidan kelib chiqqan holda xulosa qilish. YAngi lug‘atdan foydalanish, o‘qib bo‘lingan asarga munosabatlarini badiiy ijod, xat, sahnalashtirish, muhokama yoki qo‘shiq orqali ifoda etish. Hikoyaning asosiy qismlarini: tugun, avj, nuqta, echimni tanish. Hayotdagi va adabiyotdagi hodisalarni qiyoslash. YOzishni o‘rganishda bolalar bilimlari kerak: Kundalik, insho, hikoya, xat, she’r. E’lon, ro‘yxat, etiketka va ko‘rsatkichlarni yozish. O‘z yozma ishlarini ularning qoniqarli sifatiga erishishgunga qadar to‘g‘rilash. O‘z fikrlarini qog‘ozga to‘liq bayon etishga urinish. Ko‘p qo‘llanadigan so‘zlarni harflab to‘g‘ri yozish. Oddiy tinish belgilari va bosh harflardan to‘g‘ri foydalanish. Og‘zaki nutq va tinglashni o‘rganishda bolalarga kerak: Ishonchli nutq ko‘nikmasini ishlab chiqish. To‘g‘ri so‘zlardan foydalanish. Nutq yordamida muammo va kelishmovchiliklarni hal qilish. Suhbat paytida qabul qilingan me’yorlarga amal qilish, masalan, suhbatdoshni bo‘lmaslik. Ovoz balandligi va tonini o‘zgartiri o‘rganish. Diqqat bilan tingnlash ko‘nikmasini ishlash. Suhbat paytida suhbatdoshning javobini kutish. Boshlang‘ich sinflar uchun “Qadam-baqadam” dasturi bolalar ehtiyojidan kelib chiqib o‘quv rejalarini tuzishni nazarda tutadi. Bolalarning rivojlanishiga qaratilgan manfaatlariga asoslangan o‘quv jarayonining mazmuni bola taraqqiyoti va o‘sishning standart ko‘rsatkichlari sohasidagi ilmiy tadqiqotlar haqidagi bilimlar bilan belgilangan. O‘qituvchilar bunday bilimning o‘ziga xos belgilarini bilishlari kerak: 1. YOsh bolalar qanday o‘qiydilar? 2.YOsh bolalar ma’lum yoshli guruhda qanday o‘qiydilar? O‘qishning individual uslubi hamda sinfdagi har bir bolaning shaxsiyati. O‘qituvchilar bu o‘ziga xos xususiyatlarini o‘zi haqida tushunchalaridan kelib chiqqan holda o‘quv rejalarini to‘g‘rilaydilar va har bir o‘quvchiga moslashtiradilar. Bu ko‘rsatkich sifatida qaraladi, ya’ni uning bajarilishi o‘qituvchining ishi sifatida. Qayd etilgan bilimlarni egallash ustida ish olib borayotgan o‘qituvchilar shuni tushunadilarki, o‘qitish tabiatining o‘zi butunlay o‘zgarmoqda: u kun sayin qiziqarli va yoqimli bo‘lib bormoqda. Intellektual va emotsional tomondan esa borgan sari talabni qondirmoqda. O‘qituvchilar fikricha, xuddi o‘ziga xos bir xalq bo‘lganidek, bolalar bilan muloqot qilish qobiliyatlari ko‘tarilmoqda. Ular bolalarda doimo takomillashishi va rivojlanish jarayonidagi o‘quvchilarni ko‘radilar. Sinf bilan ishlash uslublarini ishlab chiqish hamda o‘quv dasturi bilan bog‘liq qarorlar qabul qilish uchun 6-7 yoshli bolalarning quyida keltirilgan o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish kerak. SHu bilan birga yodda tutish lozimki, bolalar rivojlanishi modellari haqida umumiy taassurot uyg‘otish uchun keltirilgan umumiy ta’riflar haqida fikr keltirilmoqda. Ayni chog‘da bu albatta, amal qilish lozim bo‘lgan standartlar emas yoki bolaning ma’lum yoshdagi xulq-atvorining aniq bir ta’rifi ham emas. O‘qituvchi sifatida yodda tutishimiz kerakki, har bir bola – bu shaxs, madaniyat, oila, muhit, shaxsiy sog‘liq, temperament va shaxsiyatning mevasi. Barcha bu omillar hech qachon statistik bo‘lmaydi. Ular bolaning o‘sishi bilan birga bilinar- bilinmas o‘zgarishlarga uchraydi. SHunga qaramay aniq ifodalangan hamda davrlar bilan tasdiqlangan rivojlanish modellari mavjud. Bu modellar doirasida rivojlanishda tabiiy farq kuzatiladi. “Ikki yillik farq bolaning rivojlanishining har qanday sohasida – jismoniy, ijtimoiy, til borasida, bilish bo‘yicha me’yoriydir”. 6 yoshli bola 3 yoshli kabi o‘qishi mumkin, shu bilan birga, o‘ziga o‘xshagan, tengqur bolalar o‘rtasida birinchi bo‘lishga, etakchilik qilishga intilishi mumkin. Ba’zi bir bolalar o‘zlarini xuddi o‘z yoshlaridan kattaroqdek tutadilar, boshqalari bilish qobiliyati ijtimoiy rivojlanishidan ilgarilab ketganlari esa bunday sifatlarni ko‘rsatmasliklari mumkin. O‘sish yoshi – bu shunday yoshki, unga bolaning ijtimoiy, jismoniy til va bilish sohalaridagi xulq atvori xarakterlidir. Bu yosh bolaning yillarda aks etgan xronologik yoshidan farq qiladi. Odatda bir xil xronologik yoshdagi bolalarning rivojlanishi yoshida farq mavjud. Sinfda ma’lum bir muxit yaratishni rejalashtirayotgan hamda o‘quv dasturini yaratayotgan o‘qituvchilar har bir bolaga o‘z imkoniyatlarini va qobiliyatlarini to‘liq namoyon qila olishi uchun rivojlanishning bu omillarini hisobga olish kerak. O‘g‘il bolalar va qiz bolalardagi farqni ham hisobga olish kerak. ikkalalarida ham rivojlanishda farq kuzatiladi. Ammo bu farq maktabga borish davrida o‘g‘il bolalar qiz bolalardan yarim yilga yoshroqlar. Xarakterni shakllantirish uchun o‘qitish – buning ma’nosi nima? Gap shundaki, biz o‘qituvchilar bizga topshirilgan bolaning nafaqat ongi, balki yuragiga ham mas’ul ekanligimizni to‘liq anglashimiz lozim. Bunday ta’limning maqsadi shundaki, bolaning ongida va yuragida maktab hamjamiyatining bir qismi bo‘lish ko‘nikmasini tarbiyalashdadir. Bunday odatning zamirida o‘zaro hurmat va javobgarlik yotadi. Xarakterni tarbiyalash maqsadida ta’lim berish jipslashgan maktab hamjamiyatini yaratish asosida yotadi. O‘qituvchi sifatida biz bolalar ongida “... dan ozodlik” va “... uchun ozodlik” tushunchalari orasidagi farqni etkazishimiz kerak. buning ma’nosi shuki, cheklanish va qoidalardan ozod bo‘lish g‘oyasidan madaniyatli munosabatlar va o‘zaro hurmat o‘rnatish g‘oyasiga asosiy e’tiborni qaratishdan iborat. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni ro‘yobga chiqarishning 3-bosqichi ta’lim mazmuniga yangi pedagogik texnologiyalarni keng qamrovda olib kirish vazifasini qo‘ymoqda. Bu esa barcha pedagoglar zimmasiga mas’uliyatli vazifalarni yuklaydi. Respublikamiz olimlari ilmiy asoslangan hamda O‘zbekistonning ijtimoiy pedagogik sharoitiga moslashgan ta’lim texnologiyalarini yaratish va ularni ta’lim-tarbiya amaliyotida qo‘llashga intilmoqdalar. Pedagogikaga bag‘ishlangan adabiyotlarda “Pedagogik texnologiya”, “YAngi pedagogik texnologiya”, “Ilg‘or pedagogik texnologiya” kabi tushunchalar keng qo‘llanmoqda va turlicha izohlanmoqda. Bular orasida YUNESKO tomonidan berilgan quyidagi ta’rif e’tiborga loyiqdir: “Pedagogik texnologiya bu butun o‘qitish va bilimlarni samaradorlashtirish vazifasini qo‘yuvchi texnik hamda shaxs resurslari va ularning o‘zaro aloqasini hisobga olib yaratish, qo‘llash va belgilashning tizimli metodidir”. Download 230.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling