b ta’lim yo’nalishi 3-bosqich 4-guruh talabasi Qo‘chqarova Odinaxonning Ona tili o‘qitish metodikasi fanidan


Download 230.43 Kb.
bet1/9
Sana18.06.2023
Hajmi230.43 Kb.
#1574371
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O’QISH DARSLARIDA O’QUVCHILARNING IJODIY FAOLLIGINI OSHIRISH


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA FAKULTETI
5111700 – B ta’lim yo’nalishi

3-bosqich 4-guruh talabasi
Qo‘chqarova Odinaxonning
Ona tili o‘qitish metodikasi fanidan

KURS ISHI




Mavzu: o’qish darslarida o’quvchilarning ijodiy faolligini oshirish

Ilmiy rahbar: G.Teshaboyeva

ANDIJON-2023
R E J A :

KIRISH.
1. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini o‘stirish usullari.
2. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini o‘stirishda o‘qitishning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish.
3.O‘quvchilar ijodiy qobiliyatlarini o‘stiruvchi mashg‘ulotlarni tashkillash.
4.SHe’riy asarlar tahlili orqali o‘quvchilarning ijodiy qobiliyalarini o‘stirish usullari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.




K I R I SH.


Respublikamizda “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili to‘g‘risida”gi qonunning joriy etilib, o‘zbek tilini hayotimizning tarkibiy qismiga aylanishi yangi milliy siyosatimizning g‘alabalaridan biridir. Unga og‘ishmay rioya qilish davlat tilida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish har bir jamiyat kishisi oldiga mas’uliyatli vazifalar yuklaydi.
Til – millatning tengi yo‘q milliy boyligidir. Til mavjud ekan, millat ham zavol ko‘rmaydi. Bu haqda YUsuf xos Xojib shunday deydi:
Tilingni avayla – omondir boshing,
So‘zingni avayla, uzayar yoshing.
Taniqli yozuvchi CHingiz Aytmatovning so‘zi bilan aytganda: “Toki tili bor ekan, xalqning umri boqiydir”. Til so‘zlash vositasi nutq sifatida ko‘ringandagina ma’lum vazifani bajaradi. Xalq ma’naviy qadriyatlari-ning tiklanishi va ravnaq topishida hamda boy va go‘zal ana shu qadriyatlar asosida yosh avlodni tarbiyalashda tilning ahamiyati beqiyosdir.
Ammo fikrlashish, birgalashib ishlash uchun berilgan tilimiz bir necha yillar davomida ko‘rinmas zanjir bilan bog‘lanib kelindi. Mustaqillikka erishganimizdan so‘nggina, o‘zbek tiliga e’tibor kuchaytirildi, uning qo‘llanish doirasi kengaydi.
YOshlar o‘qishda va mehnat jarayonida nimagaki erishsalar, aql-zakovat, kuch va bilim bilan olg‘a intilish tufayli erishadilar. SHubha yo‘qki, bunda nutq odobi, ona tiliga e’tibor va hurmat asosiy o‘rinni egallaydi. Negaki, bebaho va go‘zal merosimiz, tariximiz butun jahonga ona tili orqali ko‘zko‘zlanadi. Til vositasida kishining odob-axloqi, madaniyati, kamoloti aks etadi. SHunday ekan, ta’lim-tarbiya maskanlarida davlat tili orqali yoshlarni bugungi kunimizga mos odobli, yuksak madaniyatli qilib, ona Vatanga, ona tiliga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash pedagogik jamoalarning eng muhim vazifalaridan biri bo‘lmog‘i lozim.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida ta’limning maqsadi, vazifalari, mazmuni, shakli, vositalari hamda prinsiplari tanlanishi birinchi darajali ehtiyojga aylandi.
«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunning 7- moddasida belgilab berilganidek, «Davlat ta’lim standartlari umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim mazmuniga hamda sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi. Davlat ta’lim standartlarini bajarish O‘zbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir».
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan «Davlat ta’lim standarti to‘g‘risidagi Nizom»ga binoan umumiy o‘rta ta’lim, shu jumladan, boshlang‘ich ta’lim bosqichi uchun ham alohida-alohida davlat ta’lim standarti talablari va me’yoriy ko‘rsatkichlari belgilab qo‘yildi.
«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunda ta’kidlanganidek: «Maktabning birinchi sinfiga bolalar olti-etti yoshdan qabul qilinadi. «Boshlang‘ich ta’lim konsepsiyasi»da e’tirof etilganidek, olti yoshga to‘lgan har qanday bola aqliy, ruhiy hamda jismoniy jihatdan maktabda o‘qish uchun tayyor bo‘lganida, maktabning moddiy-texnik bazasi bunday bolalarga ta’lim berish uchun etarli deb hisoblanganda hamda o‘qituvchilar pedagogik va psixologik jihatdan olti yoshli bolalarni o‘qitishga tayyor bo‘lganda ularni maktabga qabul qilish mumkin. Buning uchun olti, etti yoshli bolalar, maktabning moddiy-texnik bazasi hamda o‘qituvchilar pedagogik va psixologik talablar asosida qat’iy diagnostika qilinishi shart».

Download 230.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling