B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V


«Bobumoma»ga ilova yozgan noma’lum kotibning quyidagi qaydlari shunday


Download 4.31 Mb.
Pdf просмотр
bet63/71
Sana20.11.2017
Hajmi4.31 Mb.
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   71

«Bobumoma»ga ilova yozgan noma’lum kotibning quyidagi qaydlari shunday 

xulosaga kelishga imkon hosil qiladi:  «... nazm va nasr va turkiy va forsiyni 

bebadal aytur eidi. Alalxusus turkiy devoni bordurkim, anda toza mazmunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi



topib aytibtur...» (460-bet). Bobur M iizo devonlarining qo'lyozma nusxalari 

Parij  M illiy  kutubxonasida,  Hindistonning  Rampur  shahridagi  «Rizo» 

kutubxonasida,  Haydaroboddagi «Salaijang» muzeyi xazinasida,  Erondagi 

«Saltanat» kutubxonasida va Turkiyada mavjud. Mazkur qo'lyozma nusxalar 

asosida ingliz olimi Renison Ros (1910 yil), turk olimi Fuot Ko'pruluzoda 

(19 12-19 13-yillar),  rus sharqshunosi A.N.Samoylovich  (19 17-yil),  o'zbek 

olimlari S Azimjonova va A.Qayumov (1958,  1965-yil),  Saidbek Hasanov 

(1982-yil)  A.Abdug‘afurov(1994-yil)lar  shoiming  she’riy  merosini  nashr 

etishdi.  1993-yilda  S.Hasanov  Bobur  Mirzoning  Parij  devoni  nusxasini 

«M ahram i  asror  topm adim ...»  nom i  bilan  chop  etdi.  O lim ning 

ta’kidlashicha, ushbu devon nusxasida shoir hayotining O'rta Osiyo davrida 

ijod  etilgan  she’rlari  o'rin  olgan.  Shuningdek,  1983-yilda  afg'onistonlik 

olima  Shafiqa  Yorqin tashabbusi  bilan  ulug'  shoiming  she’rlari  Kobulda 

«Devoni  Zahiriddin  Muhammad  Bobur»  nomi  bilan  ham  nashr  etildi. 

Keyinchalik  adabiyotshunos  AAbdug'afurov  ana  shu  nashr  asosida 

«Zahiriddin Muhammad Bobur. Devon»  (Toshkent:  «Fan»,  1994)  asarini 

e’lon  qildi.

Bobur  Mirzo  devonida  Sharq  she’riyatining  g'azal,  ruboiy,  tuyuq, 

masnaviy,  qit’a,  fard,  muammo  kabi  janrlarida  ijod  etilgan  she’rlar 

jamlangan.  U lar orasida g'azal,  ruboiy, tuyuq janrida ijod etilgan she’rlar 

alohida  ahamiyat  kasb  etadi.  Shoiming  nazmiy  asarlari,  jum ladan, 

g'azallarida an’anaviy ishq mavzui yetakchilik qiladi. Ijodkoming ma’shuqa 

ta’rif-tavsifi,  hijron  iztiroblari,  visol  um idi,  she’r  qahramonining  turli 

ruhiy holatlari tasviriga bag'ishlangan oshiqona g'azallarida m uallif sohir 

musawir  yanglig'  she’rxon  ko'z  o'ngida  turli  manzaralami  namoyon 

eta  oladi.  Undagi so'z sehri,  misralaming quyma va ravonligi, uslubning 

soddaligi, o'quvchiga badiiy zavq bag'ishlaydi. Jumladan,  Bobur Mirzo 

ishq  balosining  har  dam  jafo  keltirishini  ta’kidlagani  holda,  undan 

ayri  tusholmasligini  quyidagicha  badiiylashtiradi:

Baloi  ishqki,  har  dam  manga jafoyedur,

Bu  ishqdin  kecha  olmon  ajab  baloyedur.

«Ajab baloye» tarzida ta’riflangan ishq she’r qahramonining taqdirida 

bitilgani bois uni hijron iztiroblari bilan qarshilantiradi.  Bu iztiroblaming 

nihoyatda mubolag'ali tasviri ma’shuqa ishqida o'rtanayotgan oshiqning 

ruhiy  holatini  yanada teranroq idrok etishga  imkon yaratadi:

H ajr  o‘lturdi  meni,  anglasam  erdi  muncha,

D o'stlar,  yordin  ayrilm as  edim  o'lguncha.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Zohido,  do'zax  o‘tindin  meni  ne  qo‘rqutasen,

H ajr  o 'ti  qoshinda  ko'rmasmen  ani  uchquncha,

U l  Quyosh  mehrini  b ir  zarra  manga  ko'rguzmas, 

Kavkabi  ashk  to'kub  bo'Isam  garduncha.

Husnda  ortuq  agar  bo'lsa  yuzi  Laylidin,

M en  taqi  bormen  aning  ishqida  yuz  Majnuncha.

Rindlar  olida  hayvon  suyini  ko'p  o'kasen,

Ey  X izr,  bormu  ekin  ul  su  mayi  gulguncha.

Boburo,  she’ringga  gar  solsa  quloq,  ul  shohing, 

B o'lg'usidur  so'zungga  qadr  duri  maknuncha.

Bobur  M irzo  she’riyatida  yorqin  namoyon  bo‘lib  turuvchi 

fazilatlardan  biri  shundaki,  shoir  so'zlaming  turli  ma’no  qirralaridan 

mahorat bilan  foydalanadi.  Yuqoridagi  g'azalning  matlaidayoq  shunday 

holat  ko'zga tashlanadi.  Ijodkor «Hajr o‘ti  o'lturdi  meni» deganda,  she’r 

qahramonining  ayriliq  azobidan  afgor  bo'lishi,  tanining  majruhlanib 

tamomila  holdan  toyishini  nazarda  tutadi.  Zero,  o'lgan  odamning  o'z 

qotili  hajr ekanligini  «anglashi»  mantiqqa  zid,  shuningdek,  hajr o'tidan 

nolib do'stlariga «o'limi» sababini bayon qilishi ham o'sha hayotiy tamoyilga 

mos  emas.  Aksincha,  ikkinchi  baytda  hajr  va  do'zax  o'tining  o'zaro 

muqoyasasi  asosida  oshiq  ruhiy holatidagi  aftodalik tasvirining  she’rxon 

ko'z  o'ngida yorqin gavdalanishiga  erishish  shoir mahoratining yana bir 

olm os  qirrasidir.  M azkur  baytda  zohidga  murojaat  etilishid an 

ayonlashadiki,  Bobur M iizo she’riyatidagi  asosiy qahramon  hisoblangan 

oshiqning himmati baland.  Uning nazarida hajr o'ti oldida do'zax o'ti bir 

uchquncha ham emas. Zohid do'zax azobidan qo'rqqani bois jannat tamaida 

toat-ibodat  bilan  mashg'ul  bo'lsa,  she’r  qahramoni  hajr  azobidan 

zaiflashib  nochor bir ahvolga  tushgan  bo'lsa  ham,  ma’shuqa  diydoridan 

bahra  olishdan  u m id in i  uzm aydi.  Shu  bois  u ch in ch i  baytda 

tasvirlanganidek,  oshiq  Quyoshdan  ayri  tushgan  gardunday  ko'z  yosh 

yulduzlarini to'kib o'rtansa ham, uning ma’shuqasi-Quyosh esa zarracha 

bo'lsin mehr ko'rsatishni  istamaydi.  Baytda qo'Uangan Quyosh,  kavkab, 

gardun  timsollari  insonga  xos  ma’naviy  hamda  tabiiy  hodisalar  orasida 

ijodkor tomonidan ajib bir mutanosiblik kashf etilganidan dalolat beradi. 

Gardun ma’shuqasi Quyoshning mehrini  (jamolini)  ko'ra olmagani bois 

tunda kavkabmisol yoshlarini to'ksa, oshiq shunday iztirobni ma’shuqasi 

hajrida boshidan kechiradi. Quyoshni ma’shuqa ma’nosida qo'llash shoiiga 

istiora  asosida  hayotiy tamsilni  she’r  qahramoni  holatiga tashbeh  qilish

www.ziyouz.com kutubxonasi



imkonini  yaratadi.  Natijada  baytda  hosil  qilingan  hajming  mubolag'ali 

tasviri  she’rxon  tuyg‘ularini jumbushga  keltiradi.  To ‘rtinchi  baytda  yor 

go‘zalligi Laylidan ortiq darajada ko'rsatilsa, uning ishqida yongan oshig'i 

ham yuz Majnun bilan raqobat qila olishga qodir timsol maqomida ishqda 

sobit bo'la olishi badiiylashtirilgan.  Keltirilgan talmeh ishq yo'lida Majnun 

bilan  hammaslak  bo'lgan  she’r  qahramonining  o‘m i  kelganda  hajr 

iztiroblarini nazaiga ilmay maslakdoshini ham ortga qoldira olish fazilatiga 

ega  ekanligini  badiiy  ifodalashga  xizmat  qildirilgan.  Beshinchi  baytda 

qo‘llanilgan  Rind va Xizr timsollari  ishqning  muqaddasligini she’rxonga 

yanada teranroq anglatishga imkon paydo qiladi.  Undagi «mayi gulgun» 

majozan  -   ishq,  Xizr  alayhis-salom  rindlaiga  maqtagan  «hayvon  suyi» 

esa mangulik, abadiy hayot ramzidir. Yashirin inkor ma’nosini ifodalovchi 

ikkinchi  misradagi  savolning  o'zidan  ayonki,  mangulik  suvining  qadr- 

qimmati  ishqdagi  shavq-u  zavqqa  teng  bo'lolmaydi.  Mumtoz  badiiy 

adabiyotning  faol  timsollaridan  biri  bo'lgan  rindda  ishq  iztiroblaridan 

zavqlanish hissi baland.  Uning tabiatidagi o‘sha ko'tarinkilik ishqni may 

timsolida qo'llash bilan ifoda etiladi. G'azalning maqtai Bobur Mirzoning 

o'ziga  xos  faxriya  baytidir.  Shoir  bu  she’m i  eshitgan  shoh  —  ma’shuqa 

uning  qadrini  yashiringan  duiga  loyiq  ko'rishini  ishonch  bilan  e’tirof 

etadi.  Sharq  mumtoz  adabiyoti  an’analari  uslubida  ijod  etilgan  mazkur 

g'azalda  shoir  zohid,  rind,  X izr  singari  badiiy  timsolllardan  sohir  so'z 

san’atkori  sifatida  foydalanib,  hajr  iztiroblaridan  o'rtanayotgan,  ayni 

choqda,  ma’shuqa  visolidan  noumid  bo'lmagan  she’r  qahramonining 

ruhiy holatini  katta  mahorat  bilan  tasvirlay  olgan.

Bobur Mirzo oshiqona g'azallarining aksariyati ta’rif-tavsif tarzidagi 

g'azallardir.  Ularda  ma’shuqaning  qiyossiz  go'zalligi  o'ziga  xos  badiiy 

timsollar  vositasida  tasvirlanadi:

Ko'ngulga  bo'ldi  ajoyib  qaro  soching,

Shikasta  ko'ngluma  ermish  qaro  balo  soching.

Ushbu  matla’  bilan  boshlanuvchi  Bobur  Mirzo  qalamiga  mansub 

bo'lgan  g'azal  o'zaro  adabiy  ta’sir  mahsulidir.  Ulug'  shoir  Alisher 

Navoiyning  «Ko'zung  ne  balo  qaro  bo'lubtur,  Kim   jonga  qaro  balo 

bo'lubtur»  (M A T.  1-tom ,  14 1-14 2-b etlar)  matlali  mashhur  g'azali 

bor. Taniqli adabiyotshunos, akademik B.Valiyxo'jayevning ma’lumotiga 

ko'ra,  ushbu  matla’  Alisher  Navoiyning  do'sti  Mirzobekka  tegishli 

bo'lib,  ulug'  shoir shu  matla’  asosida tazmin g'azal ijod etgan  (Qarang: 

Valiyxo'jayev  B.  Mumtoz  siymolar.  Toshkent,  2002,  283-284-betlar).

www.ziyouz.com kutubxonasi



Alisher  Navoiy  g'azalida  ma’shuqaning  ko'zi,  yuzi  tilga  olinib,  vasf 

etilsa,  Bobur  Mirzo  tasvir  nuqtalarini  ma’shuqaning  sochiga  qaratadi. 

She’r  qahramoni  ko'ngliga  «balo»  bo'lgan  «qora  soch»  o'zining 

«ajoyib»ligi  bilan ajralib  turadi.  Agar unga  shunday  sifat  bo'lmasa  edi, 

«balo»  so'zi o'zida  ijobiy  ma’no  mujassamlashtirmasdi.  Natijada  siniq, 

m ajruh  holda  bo'lgan  ko'ngulda  «qaro»  bo'lgan  «balo  soch» 

ma’shuqaning jafokorligini she’rxon ko'z o'ngida gavdalantirgan bo'lardi. 

Holbuki,  she’r qahramoni  har ikkala misrada ham ma’shuqaga tushgan 

ishqining  sababkori  sifatida  uning  qop-qora  sochlarini  nazarda  tutadi. 

Baytda  qo'llangan  tardi  aks  badiiy  san’ati  unga  o'zgacha joziba  baxsh 

etgan.  Birinchi  misradagi  «balo,  qaro»  so'zlari  keyingi  satrda  «qaro 

balo» tarzida takrorlanib,  ishq iztiroblarining ma’shuqa sochlari yanglig' 

«balo» va «qaro» ekanligi o'z ifodasini topgan.  Sochning qoraligi uning 

maftunkorligiga  ishora  bo'lsa,  ishq  iztiroblarining  qoraligi  oshiqning 

qismatida ulardan jabr ko'rish bitilganligidan darak beradi.  Baytda dastlab 

ishq  iztiroblarining  istiorasi  bo'lib  kelgan  «balo»  so'zi  oshiq  ko'ngliga 

qanchalik  ozor  yetkazm asin,  undan  ayri  tushishning  o 'zi  falokat 

bo'lganligi  bois  undagi  «ajoyib»likka uig'u  berilgan.  Keyingi  misradagi 

«balo»  esa  «qoyil  qolarli»  ma’nosini  o'zida  mujassamlashtirib  turibdi. 

Zero,  ko'ngli  qattiq  ozor  ko'igan  kishining  qalbida  ishq  iztiroblarini 

sola  olgan  maftunkor  sochga  qoyil  qolmasdan  iloj  yo'q.  Bobur  Mirzo 

g'azaliyotida tez-tez murojaat  etilgan badiiy timsollardan biri—sochdir. 

Shoir ko'pincha she’r qahramoning ruhiy holati bilan sochning sifatlari 

orasida uyg'unlik topishga intiladi:

Sochiiiing  savdosi  tushti  boshima  boshdin  yana,

Tiyra  bo'ldi  ro'zg'orim   ul  qaro  qoshdin  yana.

Baytda  ko'p  ma’noli  so'zlaming  turli  ma’no  qirralaridan  mahorat 

bilan  foydalanilganligi  «sochining  savdosi»,  «boshim a  boshdin» 

birikmalarida yaqqol namoyon bo'lgan.  «Sochining savdosi», shubhasizki, 

ma’shuqaning ishqidir. «Boshima» so'zida sevikli ishqining oshiq taqdirida 

uchragani nazarda tutilgan bo'lsa, «boshdin» so'zida esa «qaytadan, takror» 

m a’nosi  o'z  ifodasini  topgan.  Ishtiqoq  badiiy  san’ati  vositasida 

qo'llaniladigan o'zakdosh so'zlaming matnda alohida-alohida yangi ma’no 

anglatishi, «sochining savdosi» birikmasining ko'chma ma’noda qo'llanishi 

she’rxonga o'zgacha zavq bag'ishlaydi. O'sha ma’shuqasining ishqi oshiq 

ko'nglida  qayta  alangalanganligi  bois  she’r  qahramonining  hayoti  «ul 

qaro  qoshdin  yana»  tiyra bo'ladi.  Ma’shuqaning  «soch»i va  «qosh»idagi

www.ziyouz.com kutubxonasi



maftunkorlik ulaming qoraligida namoyon bo'lgan bo'lsa, oshiq hayotining 

tiyraligi uning boshiga tushgan musibatlarda o'z aksini topgan.  Ko'rinadiki, 

shoir qora  rangni  ham go'zallik,  ham  musibat  ma’nosida qo'llab baytda 

tazod badiiy san’atining o'ziga xos namunasini vujudga keltirgan.

Bobur  Mirzo  oshiqona  g'azaliyotida  tabiiy  va  insoniy  go'zallikdan 

zavqlanish, ulami bir butun holatda tushunib, har ikkalasi orasida mavjud 

bo'lgan  go'zal  mutanosibliklami  yuksak  ehtiros  bilan  tasvirlash  holati 

ko'proq  namoyon  bo'ladi.  Shoiming  «Yog'lig'ingkim,  jon  bila  men 

xastadurmen  zor  anga»  misrasi  bilan  boshlanuvchi  g'azaU  fikrimizning 

yorqin  dalilidir.  Bu  g'azal  taniqli  adabiyotshunos  B.Valiyxo'jayevning 

diqqatini  ham  o'ziga jalb  etgan.  Olim  Bobur  Mirzo  g'azaliyoti  haqida 

fikr yuritgan tadqiqotlarida mazkur asami tahlil jarayoniga tortib qimmatli 

mulohazalarini bayon etgan  (Qarang:  O'zbek adabiyoti  tarixi.  5  tomlik, 

3-tom,  Toshkent:  «Fan»,  1978,  55-56-betlar.  Valiyxo'jayev  B.  Mumtoz 

siymolar. Toshkent,  2002,282-283-betlar).  Shoiming aksariyat g'azallari 

singari у yetti baytdan tarkib topgan ushbu g'azalda ijodkor ma’shuqa va 

uning  go'zalligini  yoming  yog'lig'i  —  boshga  o'raydigan  ro'molchasi 

timsolidan  mahorat  bilan  foydalanib  badiiylashtiradi:

Yog'lig'ingkim ,  jon  bila  men  xastadurmen  zor  anga,

Xasta jonlar  rishtasidindur  magar  bar  tor  anga.

Evrulur  boshingg'a-vu  goho  yuzungga  yuz  qo'yar,

Bu  jihatdin  ot  emish  gulpech-u  gah  gulzor  anga.

B ir  chamandur  sahnikim,  bo'lg'ay  binafsha  sarbasar, 

Tegrasi  gulzordurkim,  bo'lm ag'ay  b ir  xor  anga.

Y og'lig'ing  tokim,  yuz-u  ko'zungga  tegmish  bordurur,

Yuz  maningdek  zor-u  yuz  ming  men  kibi  bemor  anga.

Ey  ko'ngul,  yuz  рога  qilsa  yor  tiyg'i,  g'am  yema,

Lutf etib  gar  bog iar  o'Isa  yog'lig'ini  yor  anga.

Ko'nglum   istar  yog'lig'ingni,  balki  andin  bir  nasim,

Yetsa  Boburg'a  erur jon  biria  minnatdor  anga.

Shoir g'azalining  matlasidanoq  Sharq, jumladan,  o'zbek  ayollarining 

nafosat-u nazokati timsoli bo'lgan yog'lig' —ro'molcha tavsifini unga maftun 

bo'lgan she’r qahramonining holati bilan yondosh tasvirlaydi.  Ro'molcha 

—qiyiq  xasta  jonlaming  toridan  to'qilgani  bois  she’r  qahramoni  uning 

bemori-yu  zoriga  aylangan.  Ijodkor  bir-biriga  daxli  bo'lmagan  voqeylik 

o'rtasida aloqadorlik borligiga o'quvchini ishontiradi. Shu tariqa, ma’shuqa 

boshidagi yog'lig' oddiylikdan xalos bo'lib, muqaddaslik kasb etadi.  Uning

www.ziyouz.com kutubxonasi



bu  sifati  jon  iplari  uni  to'qishda  tor  bo‘lganligida  namoyon  bo‘ladi. 

Shunday  mavzu  va  mazmundagi  g'azal Alisher Navoiyning  «Favoyid  u l- 

kibar»  devonida  373-raqami  ostida berilgan.  «Yog'lig'in,  eykim,  tUarsen, 

igna  mujgonimni  qil,  Naqsh  etarda  tori  oning  rishtai jonimni  qil»  matlai 

bilan  ibtido  topuvchi  bu  g'azal  bilan  Bobur  Mirzo  she’ri  o'rtasida  talay 

mushtarakliklar  ko'zga  tashlanadi  (Bu  haqda  yana  qarang:  Vohidov  R. 

Qiyiqcha bir bahona.  «Buxoro universiteti ilm iy axborotlari».  2004,4-son, 

2-4-betlar). Yog'liqqa jon baxsh etilgani uchun (uning torlari-jon rishtalari) 

u ma’shuqa boshida tinim bilmay evriladi.  Ba’zan seviklining boshiga, ba’zan 

esa go'zal  yuziga  yuz  qo'yadi.  Shu bois  uning  nomi  goh  «gulpech»,  goh 

«gulzor»dir.  Shoir  yog'lig'ning  turli  rangdagi  gullar  bilan  nafis 

bezatilganligini uning ma’shuqa yuziga yuz qo'yishi, yoming visoliga erishishi 

bilan aloqadorlikda tasvir etadi.  Natijada ma’shuqa va  uning  ro'molchasi 

go'zalligining bir-biri bilan chambarchas bog'liqligi tasviri she’rxon ko'ngliga 

o‘zgacha zavq-u shavq olib kiradi.  Ijodkor yana yog'lig' tavsifiga uig'u berib, 

o'sha  zavq-u  shavqning  yanada  yolqinlashib  borishiga  zamin  hozirlaydi. 

Uning  sahni  bir  chaman,  boshdan-oyoq  binafshazor,  chekkalari  gulzor 

bo'lsa ham, unda biron bir tikan ko'rinmaydi. Ana shunday beqiyos nafislik 

namunasi  bo'lgan  yog'lig'ning  go'zal  ma’shuqaning  yuz-u  ko'ziga  tegib 

turishi  she’r qahramoniga o'xshash  yuz  oshiqni  zor-u,  yuz-ming  oshiqni 

bemor  qiladi.  Bobur  Mirzo  she’riyatiga  xos  bo'lgan  yetakchi  uslubiy 

jilolardan biri kutilmaganda tajnis badiiy san’ati vositasida so'z o'yini hosil 

qilish g'azalning tahlil jarayoniga tortilgan mazkur beshinchi baytida ham 

qo'llangan.  Baytning dastlabki misrasida shoir «yuz» so'zini ma’shuqa uzvi 

ma’nosida  qo'llagan bo'lsa,  ikkinchi  satrda  esa  uning  raqam  ma’nosidan 

foydalanilgan. O'mida qo'llanilgan badiiy san’at jozibasi she’rxon ehtirosini 

yanada ko'tarilishiga sabab bo'lgan. Keyingi baytda she’r qahramoni ko'ngliga 

murojaat qilinadi:  «Yoming jafo tiyg'i seni yuz рога qilsa ham g'am yema, 

vaqti  kelib,  yor  lutf  ko'rsatsa,  o'sha  jarohatlami  go'zal  yog'lig'i  bilan 

bog'lasa,  hammasi  unut  bo'ladi».  Go'zallikka  oshufta  ko'ngilning  uning 

visoliga yetish umidi bir lahza bo'lsin so'nmaydi. Maqtadagi xulosa shunday 

mulohaza yuritishga imkon beradi. Unda tasvirlanishicha, ko'ngil yog'lig'ni 

istaydi,  Bobur  uchun  undan  esgan  bir  nasim  ham  ldfoya,  u  shunga 

munosib  ko'rilsa,  joni  bilan  minnatdor bo'lardi.

G'azalda yor va yog'lig' go'zalligi, oshiqning iztirob-u xursandchiligi, 

uning  orzu-niyatlari  shu  qadar  nafis-u  nozik  did  bilan  ifodalanganki, 

she’rxon ko'z o'ngida ham mahbuba go'zalligi gavdalanadi, ham oshiqning

www.ziyouz.com kutubxonasi



ichki tug'yonlarini  qalbdan his  etish imkoniyati hosil bo'ladi.  She’ming 

ravon  uslubda,  turkiy  g'azaliyotda  keng  qo‘llangan  vazn  (ram ali 

musammani  mahzuf—  foilotun  foilotun  foilotun  foilun)da  bitilganligi 

(Alisher Navoiyning yuqorida eslatilgan g'azali ham aynan shu vazndadir) 

uni qayta-qayta o'qishga undaydi. Shoiming oshiqona g‘azallariga xos bo'lgan 

bu  fazilat  uning  muallifining yuksak salohiyat sohibi  ekanligidan  dalolat 

beradi.  Shuningdek,  Bobur  Mirzo  Alisher  Navoiyning  «Koshki»  radifli 

g‘azaliga  yozgan  tazmin-g‘azali  («Ko'rmagay  erdim  jam oli  olam  aro 

koshki» misrasi bilan boshlanuvchi) va boshqa adabiy ta’sir asosida vujudga 

kelgan she’rlari haqida ham  shunday fikm i aytish mumkin.

Bobur  M irzo  she’riyatida  hayotning  achchiq-chuchugini  tatib 

ko'rgan  hukm dor  shoirning  taassurotlari:  g'alabadan  m asrurlik, 

qarindoshlaming  pand  berib  qo'yishidan  shikoyat,  borliq go'zalligidan 

zavqlanish,  ona-vatandan  judolik  va  uni  qo'msash  tuyg‘ulari  bilan 

bitilgan,  shuningdek,  pand-nasihat  ruhida  yozilgan  g'azallar  ko'plab 

uchraydi.  Shoir  ijodining  ilk bosqichlarida  yaratilgan g'azallarida  ham 

yuqorida  e’tirof  etilgan  mavzulardan  bahs  etiladi.  Jumladan,  Am ir 

Temuming poytaxti bo'lgan Samarqanddek azim shahami ikki marotaba 

qo'lga kiritib,  ikki marotaba Shayboniyxondek kuchli g'anim ixtiyoriga 

topshirish  iztirobi,  atrofdagi temuriy hukmdorlar,  shuningdek,  mo'g'ul 

tog'alarining  layoqatsizligidan  yakkalanib  qolish  azobi  hamda Andijon 

taxtidan  ham  ajralib  sarsonlikda  kechgan  kunlar  alam i  shoirning 

«Topmadim»  radifli  g'azalida o'z  ifodasini  topgan.  Yosh qalamkash  va 

hukmdor taqdiming bunday achchiq «hazili» ko'ngliga juda qattiq ta’sir 

etganligini  g'azal  matlasidayoq  ayon  qiladi:

Jonim din  o'zga  yori  vafodor  topmadim,

Ko'nglumdin  o'zga  mahrami  asror  topmadim.

Shoir  ko'nglida  tug'yon  urgan  yolg'izlik  hissi  alam lari,  «dahri 

dunparvar»ning  ko'rsatgan jafolaridan  afloda  hoi  bo'lib  qolgani,  qalbi 

«bu  olamning  safo»si  borligiga  shubha  bilan  qaraganini  «Qoldim u?» 

radifli  hasbi  hoi  ruhida  yozilgan  mashhur g'azalida badiiy  ifoda  etadi. 

Bobur  M irzoning  oshiqona  g'azallarida  ham  ruhiga  qattiq  ta’sir 

ko'rsatgan  qismat  «o'yin»laridan  no lib,  o'z holini  bayon  etish  holatlari 

kuzatiladi.  Bu  —  tabiiy.  Ayni  mavzu  boshqa  ijodkorlaming  oshiqona 

g'azallarida  ham  qaysidir  ma’noda  o'z  ifodasini  topganligini  kuzatish 



Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   71


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling