B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V


chiqqan  lo'nda,  umumlashma-xulosalari  o‘z  ifodasini  topgan.  Musajja’


Download 4.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/71
Sana20.11.2017
Hajmi4.31 Mb.
#20418
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   71

chiqqan  lo'nda,  umumlashma-xulosalari  o‘z  ifodasini  topgan.  Musajja’ 

san’atining  nodir namunasi  sanalgan  bu  noyob  asaming  bunyod  etilishi 

sabablarini  muallif quyidlagicha  izohlaydi:  «Bu  muqaddimotdin maqsad 

bukim,  har ko‘y va  ko'chada yugurubmen va olam ahlidin har nav’  elga 

o‘zumni yetkurubmen va yaxshi-yamonning a f olin bilibmen va yamon- 

u  yaxshi  xislatlarin  tajriba  qilibmen.  Xayr  va  shar’din  (yom onlik, 

gunohlardan)  no‘sh  va  nish  ko‘ksumga  yetibdur  va  laim  (past,  xasis, 

nokas)  va  karim  zaxm  va  marhamin  ko‘nglum  dark  etibdur.  Va  zamon 

ahlidin  bayozi  as’hob  (suhbatdosh)  va  davron  xaylidin  ba’zi  ahbobki 

(ayrim  do‘stlar)  bu  hollardin  xabarsiz  va  ko‘ngullari  bu  xayr va  shardin 

asarsizdur.  Qit’a:

Ne  bilg‘ay  ul  kishiklm,  shahd-u  mayni  totmaydur 

K i,  vasl-u  hajr  kibi  ul  chuchuk  durur,  bu  achig*.

Bilur  zalil  musofirki,  po*ya  aylarda,

Qum -u  to‘zon  yumshog*,  tog‘-u   xoradur  qattiq.

Bu nav as’hob va ahbobga intiboh (tanbeh)  qilmoq va alami  nav’  bu 

holatdin  ogoh  qilmoq  vojib  ko'rundiki,  har toifa  xisolidin  (xulqlaridan) 

vuquflari  (xabardorlildari)  va  har  tabaqa  ahvolidin  shuurlari  bo‘lg‘ayki, 

munosib el xizmatig‘a shitob qilg'aylar va nomunosib el suhbatidin ijtinob

www.ziyouz.com kutubxonasi



vojib  bilg‘aylar  (uzoqlashgaylar)  va  ban  el  bila  maxfiy  rozlaridin  so'z 

demag‘aylar. V a shayotin (shaytonlar)  makr-u firibidin boziy emagaylar. 

Har  nav’  el  suhbat  va  xususiyatiki,  alaig'a  havas  bo'lg'ay,  bu  faqirning 

tajribasi alaig'a bas bo‘lg‘ay»  (14 .10 -11).

Nihoyatda  katta  hayotiy  tajribaga  ega  bo'lgan  adibning  axloqiy- 

ta’lim iy,  ijtim o iy-siyo siy,  falsafiy-m a’rifiy  mavzudagi  muayyan 

qarashlarining teran badiiy ifodasidan tarkib topgan «Mahbub ul-qulub» 

pandnomasi  uch  qismdan  iboratdir:

«Aw alg'i  qism —Soir  un-nosning  a fo l  va  ahvolining  kayfiyati 

(«Xaloyiqning  ahvoli  va  fe’l-atvori  hamda  so'zlarining  kayfiyati»).

«Ikkinchi  qism—  Hamida  afol  va  zamima  xisol  xosiyati»  («Yaxshi 

qiliq  va  yomon  xislatlar  xususiyatida»).

«Uchinchi qism—Mutafarriqa favoid va amsol surati («Yaxshilikning 

natijasi  va  yomon  xislatlaming  oqibati»)  (14 .11).

«M ahbub  ul-qulub»ning  b irinchi  qism ida  egallagan  vazifasi, 

ko'rsatilajak ta’siri jihatidan jamiyat taraqqiyotida belgili mavqega ega 

qirq  to'qqiz  toifa  ahlining  fe’l-atvori,  ahvoli  xususida  fikr  yuritiladi. 

Bu safda shohdan gadogacha bo'lgan aksariyat toifa a’zolarini uchratish 

mumkin.  Ro'yxatda zikr etilgan sohalardan ko'pchiligi bevosita ishlab 

chiqarish jarayonida ishtirok etmaydi.  Lekin o'sha jarayonning rivoj-u 

ravnaqida  muayyan  o'rni,  ta’siri  bor.  Yana,  asar  muallifi  aksar  toifa 

ahli  faoliyatiga  tanqidiy  munosabat  bildiradi.  Shunday  qilib,  odil 

sultonlar,  islom panoh  beklar,  zolim   va  fosiq  shohlar,  vazirlar, 

nomunosib  noiblar,  noqobil  sadrlar,  fosih bahodirlar,  shayx ul-islom , 

qora  cherik  (qo'shin),  qozi,  mufti,  mudarrislar,  kotiblar,  m utrib-u 

mug'anniylar,  tijorat  ahli,  olib  sotarlar,  bozor  kosiblari  singari  turfa 

toifalaiga doir gohida muloyim, ba’zan nafratU qarashlar bayon etiladi. 

Ulug'  adibning  boshqa  asarlarida  kuzatilgani  kabi  odil  shoh  haqidagi 

falsafiy qarashlarini  «Mahbub ul-qulub»da badiiy ifodalarkan,  aw alo, 

adolatli  podshohni  yurt  ma’m urligi-yu  xalq  osoyishtaligining  asosi 

deb  biladi.  M uallif  bir  umr  o'zi  orzu  qilgan  hukmdoming  ta’rif-u 

tavsifini asarda nihoyatda katta ehtiros-u o'ziga xos tashbehlar voitasida 

badiiylashtiradi:  «O dil  podshoh  haqdin  xaloyiqqa  rahmatdur  va 

mamolikka  m ujibi  amniyat  va  rafohiyat.  Quyosh  bila  abri  bahordek 

qora  tufrog'din  gullar  ochar  va  mulk  ahli  boshig'a  oltun  bila  durlar 

sochar.  Fuqaro va notavonlar aning rifq va madorosidin osuda,  zalama 

va  avonlar  aning  tig'i  siyosatidin  farsuda.  Hirosatidin  qo'y-u  qo'zi 

bo'ri  xavfidin  emin  va  siyosatidin  musofir  ko'ngli  qaroqchi  vahmidin

www.ziyouz.com kutubxonasi



mutmain»( 14 .12).  Pandnomada zolim, johil va fosiq podsho esa butun 

yomonlig-u razolatning sababkori sifatida talqin etiladi.  Uning zulmidan 

obod  yerlar  vayronaga,  kabutar  toqchalari  boyqush  oshyoniga 

aylanadi,  bunday  shoh  bazmida  boda  seli  tug‘yon  qilib,  u  sel  mulk 

ma’m urligini  vayron  etadi.  Alisher  Navoiy  saroy  amaldorlarining 

yaxshi  yoki yomon  a’mol  sohibi  bo‘lishlarini  ham  hukmdorga bog‘liq 

holda talqin etadi:

«Bu  yomon  podshohki,  bo‘lg‘ay  vaziri  ham  yomon,  andoqki, 

F ir’avn nayobatida Homon.  Bayt:

O'ylakim   shoh,  morg'a  bo'lg'ay  mudid  ham ja ’fariy,

Yo  vaboyi xalqqa  toun  ham o'lg'ay bir sari 

Tengri  mundoq  balolarni  adam  chohidin  vujud  taxtgohig'a 

kelturmasun va yo'qluq zindonidin borlig1  shahristonig‘a yetkurmasun» 

(14 .15 -16 ).

Alisher  Navoiy  «Mahbub  ul-qulub»da  saroy  amaldorlari,  shoh 

atrofidagi  mansabdorlar  va  boshqa  nufuzli  tabaqa  vakillari  bo'lgan: 

vazirlar,  nomunosib  noiblar,  bediyonat  sadrlar,  riyoi  mashoyixlaming 

kirdi-korlarini keskin qoralaydi, ulardan nafiatlanishini ochiqdan-ochiq 

namoyon etadi va o‘z istagiga ko‘ra bunday toifa vakillari qanday fazilatlaiga 

ega bo'lishi lozimhgini  ham bayon etadi. Jumladan,  adib vuzaro haqida 

fikr yuritarkan,  o'z  zamonasida  hech  bir durust vazir  ko'rmaganligini, 

qachonlardir  Osaf ism li  bir vazirgina  insofli bo'lganligini  e’tirof etadi. 

M ajiduddin,  N izom ulm ulk  singari  Husayn  Boyqaro  saltanatining 

«ishonchli  ustunlari»  sanalgan  vazirlar  o'z  manfaatlari  yo'lida  hamma 

narsani,  hatto,  insonni  ham  qurbon  qilishga  tayyor tuiganliklariga  bir 

necha  marta  guvoh  bo'lgan  ulug'  mutafakkir  bunday  toifa  vakillarini 

keskin  tanqid  qiladi:  «Bu  zolimlar  yurtni  baibod  beiguvchilardir  va 

mulk ahli yig'ishtuig'onlarin bitiiguvchilardur. Avlo ulkim, bular zikrida 

kishi xoma surmag'ay...  Zahr berib bemor o'lturguvchi tabib, bulaming 

holig'a  mushobehdur  va  qarib...  Bular,  jum lasi  chayonlar,  xaloyiqqa 

yetkurur  ziyonlar»  (14 .16 ).

A ytilganlarga  q iyo siy  nazar  tashlanadigan  b o 'lsa,  A lish e r 

Navoiyning  o'ttiz  birinchi  fasldagi  jum lalari  o'zining  sam im iyati, 

xayrihohona  ohangi  bilan  diqqatni  jalb  etadi.  Chunki  mazkur  fasl 

«Dehqonlar zikriga atalgan».  Fasl boshidayoq o'sha  mehr,  muloyimlik 

yarq etib  ko'zga tashlanadi.  «Dehqonki dona  sochar,  yemi yormoq  ila 

rizq yo'lin ochar»  (14.37).  Ixchamginajumla. «Sochar»,  «ochar» so'zlari 

musajja’  san’atini  hosil  qilgan.  Jarangdorlikni,  qofiyadoshlikni  ta’min

www.ziyouz.com kutubxonasi



etgan.  Dehqonning sharafi shundaki, u saraton oftobida kuygan qiyofasi, 

qadoqli qo'llari  bilan  nazokat yaratadi,  ro‘zini m o'l-ko'l  qiladi.  Odam 

Atodan meros kisht-u komi kanda qilmay, takomillashtirib keladi.  Ulug' 

adib  mulohazalarini  sayqalli  davom  ettiradi:  «Qo'shi  ham  ikki  zo'r 

pahlavon,  yukiga  bo'yun  sunub  olida  ravon,  ish  qilurda  hamdam  va 

hamqadam,  dehqon  alam i  surarda  andoqki  Odam.  Olam  ma’murligi 

alardin,  olam  ahli  masmrligi  alardin.  Har  qayon  qilsalar  harakot,  elga 

ham  qut  yetkarur,  ham  barakot.»  (14 .37).  Matndagi  «pahlavon», 

«ravon »,  «ham dam »,  «ham qadam »,  «O dam »,  «m a’ m u rlig i», 

«masrurligi»,  «harakot»,  «barakot» so‘zlari saj’ni-qofiyadoshlikni vujudga 

keltiigan.  Parchada  talmeh  san’ati  -Odam   Atoning  qo'sh  haydashiga 

ham nozik ishora bor.  So'z tanlashda ulug'  adibning bepoyon dalasiday 

bag'ri  keng,  tanti  dehqonga  ixlos-u  muhabbati  namoyon  bo'ladi. 

H o‘kizlar—pahlavon,  ravon va o‘z sohibiga hamdam-u  hamqadam...

«Ruh  ul-am in»,  «Surush»  unvonlari  bilan  ham  badiiy  adabiyotda 

eslanadigan farishta Jabroyilning Odam Atoga aytgan gaplarini eslaylik: 

« 0 ‘z  qo'ling  bilan  dehqonchilik  qilib,  qut-baraka  topgin!»  Alisher 

Navoiyning  jum lalarida  o‘sha  so'zlar  va  ohang  aks-sado  beradi. 

Dehqonchilik Allohning inoyati bilan va farishta Surush rahnamoligida 

boshlangan  hunar.  Shuning  uchun  unda  xayr-u  baraka,  him m at-u 

karam,  halollik  ustuvor.  Fikrim izcha,  Alisher  Navoiy  masalaning  ana 

o'sha jihatlarini ham inobatga olgan holda dehqon haqidagi madhiyani 

yanada chuqurlashtira boradi:  «Dehqonki tuzluq bila dona sochar.  Haq 

biriga  у  yetti  yuz  eshigini  ochar.  Sichqon  dona  ko'karguncha,  urub 

xirmon qilib  mahsulin ko'targuncha;  qurt-u  qush  andin bahramand va 

dasht  vahshi  aning  bila  xursand.  M o'rlar  uyi  andin  obod  va  go'rlar 

xotiri aning bila shod.  Kabutarlarga andin mastlig', to'ig'aylaig'a andin 

nishotga  hamdastlig'.  O'roqchig'a  andin  ro'ziy,  boshoqchining  yorub 

andin ko'zi» (14.37).  Mazkur jum lalar mutolaasi har qanday kitobxonni 

ham to'lqinlantirishidan tashqari, uning Alisher Navoiy dahosiga zehn- 

u  zakovati,  quwai  hofizasi-yu  mahoratiga  ixlos-e’tiborini  chandon 

ko'taradi.  Bu  qadar  sinchkovlik,  ziyraklik  va  dehqon  mehnatining 

m ayda-chuydasi-yu  mashaqqatlarini  nazardan  qochirmaslik  san’atiga 

tan  bermay  iloj  yo'q.

«Mahbub ul-qulub»ning birinchi qismida bayon etilgan fikrlar ulug' 

adibning hayotiy tajribalari umumlashmasi bo'lib,  unda atrofdagi voqea- 

hodisalardan  doimo  ogoh  bo'lishga  da’vat  etiladi.  Bu  da’vatlar  yurt 

sarvaridan  tortib,  oddiy  fuqarogacha  taalluqlidir.  Shuningdek,  ushbu

www.ziyouz.com kutubxonasi



bobda turli  ijtimoiy tabaqa vakillarining adib  nafrat bilan  keskin tanqid 

qilgan  fe’l-atvoridan  m um kin  qadar  tezroq  voz  kechish,  yaxshi 

fazilatlar sohibi bo‘lib, komillikka erishishi uqtiriladi. Asaming ikkinchi 

qismida komillikka erishish yo‘li tasawuf tamoyillari nuqtai  nazaridan 

asoslanadi.  Ushbu  qismdan  yomonliklardan  mosivo  bo‘lishning  eng 

to‘g‘ri  yo‘li  nafsni  riyozat  bilan  mahv  etib,  sabr-u  qanoat  bilan  pok 

yashash,  ruhni chiniqtira borib,  hamida axloqqa erishish xususida fikr 

yuritiladi.  Nafsni  mag'lub etib,  ilohiy fayzdan bahra olishning dastlabki 

bekati  — tavbadir. Tavbadan murod haq yo'liga kirgan solikning barcha 

yomon  ishlardan  ogoh  bo'lib,  ulardan  butkul  voz  kechishi,  har 

taraflama  poklanishidir.  O 'n  fasldan  tarkib  topgan  asaming  ikkinchi 

qismida  tavba,  zuhd,  tavakkul,  qanoat,  sabr,  tavoze’  va  adab,  zikr, 

tavajju h ,  rizo ,  ishq  singari  tasaw ufiy  istilo h lar  sharhlanadi. 

Shuningdek,  har  bir  axloqiy  masala  nazariy  jihatdan  umumlashma 

tarzida bayon etilganidan so‘ng,  aytilgan  fikrlami  dalillash  maqsadida 

bir hikoyat keltiriladi.  «Mahbub ul-qulubs>ning ikkinchi qismi tuzilishiga 

ko‘ra  «Hayrat  ul-abror»  dostonidagi  maqolat  va  hikoyatlarga  o‘xshab 

ketadi.

Pandnomaning  uchinchi  qismi  turli  foydali  pand  va  hikmatlar, 

shuningdek,  127 tanbehdan tarkib topgan. Asaming mazkur bobi oldingi 

boblarda  bayon  etilgan  ijtim oiy-falsafiy,  axloqiy-ta’lim iy  qarashlami 

ulug'  shoiming  maqollaiga  uyg'un  hikmatli  so'zlari  bilan  birmuncha 

kengaytiriladi va umumlashtiriladi.  Keltirilgan tanbehlar adibning uzoq 

y illar  davomidagi  hayotiy  kuzatishlari  hosilasi  bo'lib,  o'ziga  xos 

hukm lardan  iborat.  U la r  saj’  va  boshqa  badiiy  san’atlar  bilan 

ziynatlangani bois o'quvchi e’tiborini o'ziga jalb etadi.  Quyida ulaming 

ayrimlaridan  namunalar  keltiramiz:

Vafog'a  hayo  bila  payvastaliq,  andoqki,  hayog'a  vafo  vobastaliq 

(14.82).  Yana:  Mazlumg'a  baxshoyish  ko'rguzki,  zolim din  osoyish 

ko'rgaysen.  Zerdastlaig'a  naf  yetkur,  agar  tilasangki,  zabardastlardin 

zarar  ko'rmagaysen.  Xiradmand  muxolifatdin  qochar  va  muvofaqatga 

muloyamat  eshigin  ochar.  Zanbur g'avg'osidin  nish  mutasawardur va 

asal  savdosidin  no'sh  muyassar  (14.85).

Yana:  Fosiq  olim  donishvaredur  o'z  nafsig'a  zolim ,  g'aniyi  baxil 

nodonedur o'z  ziyonig'a  nadim.  Bu  ikki  kishi  umr zoyi’  o'tkardilar va 

go'rga  hasrat  va  armon  olib  bordilar.  Biri  ulkim ,  ilm   o'rganuig'a  ranj 

tortti-yu  amal  qilmadi,  biri  ulkim ,  mol  yig'aig'a  emgak chekti-yu  sarf 

qilurin bilmadi.  Q it’a:

www.ziyouz.com kutubxonasi



Olimekim,  ilmi  erdi  be amal,

Yo  g‘aniykim,  molig'a  buxl  erdi  yor.

0 (ldilar yuz  hasrat-u  armon  bila  ,

Elga  bo'ldi  ishlaridin  e’tibor  (14.89).

Yana: Yamonlarg'a lutf-u karam,  yaxshilarg'a mujibi zarar va alam. 

Mushukka  rioyat-kabutarg‘a  ofatdur.  Shag'ol jonibin  tutmoq  — tovuq 

tuxmin qututmoqdur.  Fard:

Bo'rini  qo‘zi  bila  qilg‘an  semiz,

Kiyik jam ’-u   xaylig'adur  rahmsiz  (14.89).

Yana:  Kishi  molidin  nekim  bahra  oldi  aningdekdur,  har  nekim 

asradi o'zganing.  Zahmat bila topqoningni o'zungdin ayama va mehnat 

bila  yiqqoningni  do'stlar bila  dushmanlar uchun  asrama.  Bayt:

M ol  uldurldm,  el  andin  topsa  bahr,

Dushman  andin  topsa  tengdur  no'sh-u  zahr  (14.90).

Keltirilgan  iqtiboslar  xalq  maqollari  kabi  ixcham,  ammo  qalblarda 

o'chmas  taassurot  qoldirishi  bilan  ahamiyatlidir.  Pandnomada  badiiy 

umumlashma mayli nihoyatda baland ekanligi seziladi.  Shuningdek, unda 

hasbi hoi ruhi ham o'zini namoyon qilib turadi.  «Mahbub ul-qulub»dagi 

falsafiy  mushohada,  umumlashmalar  ulug'  adibning  so'ngi  tahriri 

sanaladi.  Alisher  Navoiyning  muayyan  bir  masalaga  doir  qarashlarida 

yillar o'tishi bilan tafovut  paydo bo'lgan bo'lishi  mumkin.  «Mahbub u l- 

qulub»da oldingi asarlarda bildirilgan mulohazalar tahrirga uchragan, badiiy 

jihatdan  yanada  sayqallashtirilgan  bo'lishi  tabiiy.  Chunki  shu  asardan 

keyin  ulug'  shoiiga  ko'p  yashash  ham,  yozish  ham  nasib  etmadi.

«Xamsa» she’riyat mulkida shohlikka munosib bo'lsa, «Mahbub ul-qulub» 

nasr bobida shunday sharafga  muyassardir.  Ulug'  adibning  maktublaridan 

tashkil topgan  «Munshaot»,  umrining so'nggi yillarida yozilgan «Munojot» 

asarlari,  devonlari  tarkibidagi  «Debocha»lar  ham  adib  nasriy  asarlari 

namunasi  sanaladi.  Alisher Navoiy turkiy nazm-u  nasming shoh asarlarini 

ijod etgan ulug' so'z san’atkoridir. Asrlar davomida bu buyuk daho qalamiga 

mansub  bebaho  ilmiy-adabiy  meros  insoniyatning  ma’naviy  kamolotiga 

munosib xizmat qilib kelmoqda.  Ular ilhom manbai sifatida shoir yashagan 

davridanoq ijodkorlar qalbida yangi-yangi fikrlar paydo bo'lishi,  o'ziga xos 

ehtiroslar uyg'onishiga bois bo'ldi. Asrlar davomida ulug'  shoir g'azallariga 

muxammaslar bitilmoqda.  Uning ulkan ilmiy-badiiy merosi jahonning turli 

nufuzli tillariga taijima qilindi. Og'zaki va yozma adabiyotda ulug' shoiming 

hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan asarlar ijod etildi. Bulaming barchasi Alisher 

Navoiy nomining mangulikka daxldorligidan dalolatdir.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Mavzuni  mustahkamlash  uchun  savollar

1.  Alisher  Navoiyning  qaysi  asarlari  ilm iy-fxlologik  tadqiqotlar 

sanaladi?

2.  «M ajolis  un-nafois»ning  yaratilishi  tarixi,  tuzilishi  va  asosiy 

xususiyatlari  haqida so‘zlang.

3.  «M ajolis  un-nafois»  ilgari  yozilgan  tazkiralardan  qaysi jihatlari 

bilan  farqlanadi?

4. Tazkirada Shoh G'arib Mirzo va Husayn Boyqaro haqida qanday 

ma’lumotlar  keltirilgan?

5.  «M uhokam at  u l-lu g ‘atayn»ning  vujudga  kelishi  sabablari 

nimalardan  iborat?

6.  Risolada turkiy tilning o'ziga xos qanday fazilatlari ulug‘lanadi?

7.  Alisher  Navoiy  forsiy  tilda jahoniy  mavqega  ega  bo'lgan  badiiy 

asarlar yaratilgani holda turkiy tilda bu jarayonning sust borayotganligini 

qanday  izohlaydi?

8.  «Muhokamat ul-lug'atayn»ning adabiyotshunoslik uchun muhim 

jihatlari  nimalarda  namoyon bo'ladi?

9. Alisher Navoiy adabiyot  nazariyasiga oid  qanday asarlar yozgan?

10.  Shoirning  ustozlariga  bag'ishlangan  yodnomalari  qaysilar? 

Ularning  yaratilishi  tarixi  haqida  nim alam i  bilasiz?

11.  «Xamsat  ul-mutahayyirin»ning  tuzilishi  va  asosiy  mazmunini 

gapirib  bering.

12.  Ulug' adibning tarix, tasawuf va din tarixiga oid asarlari qaysilar?

13.  «Tarixi muluki Ajam»da qaysi sulolalar haqida ma’lumot beriladi? 

Asarda odil shoh va zolim shoh sifatida kimlaming nomlari tilga olingan? 

Ulam ing  odil  yoki  zolim ligini  ko'rsatuvchi jihatlar nimalardan  iborat?

14.  «Tarixi  anbiyo  va  hukamo»  necha qismdan  iborat  hamda unda 

qaysi  payg'ambarlar va  olimlaming  nomlari  tilga  olingan?

15.  «Tarixi anbiyo va hukamo»dagi qissalaming bir-biriga uyg'un va 

farqli  jihatlari  nimalardan  iborat?

16.  «Nasoyim  ul-muhabbat»  tazkirasining  yaratilishi  tarixi  haqida 

so'zlang.

17. Tazkiraning «Muqaddima» qismida nimalar haqida fikr yuritiladi? 

M a’lum kasb-hunar bilan rizq topib faoliyat ko'rsatgan shayxlar kim lar?

18.  Alisher  Navoiyning  «Vaqfiya»  asarida  qanday  ma’lumotlar 

keltiriladi?

19.  «Mahbub ul-qulub»ning yaratilishi tarixi, uni yozishdan muallifning

www.ziyouz.com kutubxonasi



ko'zlagan  asosiy  maqsadlari  nimalardan  iboratligini  so'zlab  bering.

20.  Asar  necha  qismdan  iborat?  Uning  har  bir  qismida  qanday 

masalalar  haqida  fikr  yuritiladi?

21. Asardagi odil shoh va zolim shoh tasvirida m uallif ularning qaysi 

jihatlariga e’tibom i qaratadi?

22.  «Mahbub ul-qulub»dagi dehqonlar ta’rifi boshqa ijtimoiy tabaqa 

vakillari, jumladan,  vazirlar  haqida  bildirilgan  mulohazalardan  nimasi 

bilan  farq  qiladi?

23.  «Mahbub  ul-qulub»ning  tarbiyaviy ahamiyati  haqida  so'zlang.

Mavzuga  oid  tayanch  tushunchalar

«Majolis un-nafois». «Muhokamat ul-lug‘atayn». «Mezon ul-avzon». 

«Mufradot». «Xamsat ul-mutahayyirin». «Holoti Sayyid Hasan Ardasher». 

«Holoti  Pahlavon  Muhammad».  «Tarixi  muluki Ajam».  «Tarixi anbiyo 

va hukamo».  «Nasoyim ul-muhabbat». «Vaqfiya».  «Munojot».  Devonlar 

tarkibidagi  «Debocha»lar.

Adabiyotlar

1.  Alisher  Navoiy.  Asarlar.  13-16-tom lar.  Toshkent:.  «Fan »-19 9 7- 

2000.

2.  Alisher Navoiy.  Mukammal asarlar to'plami.  17-tom ,  Toshkent: 

“Fan”,  2001.

3.  Valixo'jayev  B.  Mumtoz siymolar.  Toshkent,  2002.

4.  Vohidov  R .  Navoiyning  ikki  durdonasi.  Toshkent:  “Fan ”,  1992; 

Yana.  «Majolisun-nafois» taijim alari. Toshkent:.  «Fan »-1984.

5.  Ramazonov  N .  “Nasoyim ”ning  o'ziga  xos  xususiyatlariga  doir. 

“Navoiyning  ijod  olami”  kitobida.  Toshkent:  “Fan”.2001,  15 2 -18 7 - 

betlar; Yana.  «Nasoyim  ul-muhabbat» va uning manbalari.

6.  Hayitov  Sh.  “Mahbub  ul-qulub”da  tasawufiy jilolar.  Toshkent: 

“Fan ”,  1996.

7.  Hayitov  Sh.  Barkamol  inson timsoli.  Toshkent:  “Fan”,  2003.

www.ziyouz.com kutubxonasi



X II 

-   BO B 

Z A H IR ID D IN   M U H A M M A D   B O B U R

Download 4.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling