B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V


ammo nazm va  nasmi andoq xo‘b mahal va mavqe’da o‘qubdurlarkim


Download 4.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/71
Sana20.11.2017
Hajmi4.31 Mb.
#20418
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   71

ammo nazm va  nasmi andoq xo‘b mahal va mavqe’da o‘qubdurlarkim, 

aningdek bir bayt o‘qug‘oni ming yaxshi bayt aytqoncha bor»  (12 .16 3 ). 

Ayonlashadiki,  Am ir  Tem ur garchi  badiiy  ijod  bilan  shug'ullanmagan 

bo‘lsa-da, juda  ko'plab  nazm iy va  nasriy asarlardan xabardor bo'lgan, 

ulardan  namunalar yod bilgan va adabiy davralarda faol ishtirok etgan.

Alisher  N avoiy  «M ajolis  un-nafois»da  temuriy  shahzodalardan 

Shohg'arib  M irzo ijodi xususida kengroq to'xtaladi,  shuningdek,  uning 

turk  va  fors-tojik  tilidagi  asarlaridan  nisbatan  ko'p  namunalar  tanlab, 

tazkirasiga kiritadi: «Shohg'arib Mirzo—sho'x tab’lig' va mutasarrif zehnlik

www.ziyouz.com kutubxonasi



va nozik taxayyulluq va daqiq taaqqulluq yigitdur. Nazm va pasrda naziri 

ma’dum va mutahayyila va hofizada adili noma’lum. Ov va qush xotirig‘a 

marg‘ub va qurro va о‘qush ko'ngliga mahbub.  Bu matla’  aningdurkim: 

Qaysi  bir  gulcbehra  ul  gulbargi  xandonimcha  bor,

Qaysi  bir  shamshod  qad  sarvi  xiromonimcba  bor.

Bu  matlai  ham  yaxshi  voqe’  bo‘lubturkim:

Tarki  mehr  aylab  agarchi  bo'ldi jonon  o‘zgacha,

To  tirikman  qilmag'umdur  ahdi  paymon  o‘zgacha.

Bu  matlai  xos  xayol  va  g‘arib  ado  topibdurkim:

Porso  yorimg‘a  may  ichmak  sbior  o'lmish  yana,

Baski  tortarman  sabu,  egnim  figor  o'lmish  yana.

Bu  forsiy  matlai  ham  bag‘oyat  oshiqona  tushubturkim:

Bozam  baloi jon  g‘ami  on  mobpora  shud,

Ey  voy,  on  mariz  ki  dardash  du  bora  shud.

Bu matlai ham bag'oyat oshiqona va muxlisona va muassirona voqe’ 

bo'lubturkim:

D o‘ston,  hargah  guzar  so‘i  mazori  man  kuned,

Jo i  takbiram  duoi joni  yori  man  kuned

Devon  ham jam ’  qilibdur.  Yaxshi  matla’lari  bu  muxtasaig‘a  sig'mas, 

magar  yana  bir  kitob  bitilg‘ay»  (12.  170).  Alisher  Navoiy  bu  ijodkoiga 

samimiy munosabatda bo‘ladi. Bu bejiz emas, albatta. Tazkira muallifming 

o‘zi  mazkur  sahifada  bir  ishoradayoq  o'sha  samimiyatni  qo'zg'atgan 

omilning manbai borasida gapiiadi. Shohg'arib Miizo—shahzoda. U -H usayn 

Boyqaroning  farzandi.  Ammo  Shohg'arib  M irzo  tabiatan  boshqa 

shahzodalardan,  shuningdek,  o'z aka-ukalaridan farq qiladi.  Uning mayli 

ov,  qush  janglari  singari  ko'ngil  ochish  o'yinlaridan  anchagina  uzoqda. 

Bulaming  teskarisi  o'laroq,  uning  o'qish,  o'iganish,  ijod  bilan  band 

bo'lishga  rujui  baland.  Zotan,  Shohg'arib  Mirzo  tabiatidagi bu  tomonlar 

Alisher Navoiyga ma’qul. Shuning uchun ham ulug' o'zbek shoiri Shohg'arib 

Mirzoni ayricha ehtirom ila xotirlaydi. Manbalaming guvohligidan ayonki, 

Shohg'arib Mirzo shunchaki ermak yoki shuhrat uchun onda-sonda badiiy 

ijodga  murojaat  qilgan  shahzodalardan  emas.  Aksincha,  ijod  daidi  uning 

asosiy mashg'uloti,  qalb zarurati sifatida doimiy hamdami bo'lgan.

«Majolis un-nafois»ning sakkizinchi majlisi Sulton Husayn Boyqaro 

ijodiga  bag'ishlangan.  Alisher  Navoiy  tazkirada  maktabdosh  do'stini 

madh etar ekan, uni saltanat sohibi sifatida emas,  balki nazm  bog'ining 

bog'boni,  so'z  gulshanining  sohibqironi,  hakami  tarzida  sharaflashni 

o'z  oldida  bosh  maqsad  qilib  qo'yadi.  Shuning  uchun  tazkira  sohibi

www.ziyouz.com kutubxonasi



Sulton  Husayn  Boyqaro  faoliyatidan  ana  shu  maqsadga  xizmat  qila 

oluvchi  dalillar  tanlab,  o‘shalar  sharhi  bilan  shug‘ullangan.  Alisher 

Navoiyning  ta’kidicha,  «ul  hazratning  (Sulton  Husayn  Boyqaroning) 

xo'b ash’ori va inaig'ub abyoti bag'oyat ko'ptur va devon ham murattab 

bo‘lubtur» (12.  174).  «Majolis un-nafois» muallifining guvohligiga ko‘ra, 

mazkur  devon  asosini  g‘azal  janrida  bunyod  etilgan  she’rlar  tashkil 

qiladi.  Shuningdek,  uning  tuzilishi  ham  an’anaviy  shaklda  bo'lib, 

to‘plamga  she’rlar arab  alifbosi  sirasida joylashtirilgan.  Alisher  Navoiy 

o‘sha  devondan  e’tiborga  arzigulik  matlalami  tanlaydi,  ulam i  ixcham, 

biroq  mazmundor sharh  va  baholar bilan  to‘ldirib,  tazkirasiga  kiritadi. 

Shu  ma’noda,  «M ajolis  un-nafois»ning  sakkizinchi  m ajlisi  Husayn 

Boyqaro  ijodiy  faoliyati  ustida  yaxlitgina  tasawur  paydo  qila  oluvchi 

ixchamgina tadqiqotni xotiiga keltiradi. Tazkira muallifi nazarida Sulton 

Husayn  Boyqaro  baytlarida  qo'llanilgan  she’riy  san’atlar  ham  chetda 

qolmaydi.  Alisher  Navoiy  asar  tabiati  ko‘tara  olishi  mumkin  bo‘lgan 

darajada  maktabdosh  do'sti  misralarining  g‘oyaviy  mazmuni,  shakl  va 

mundarijasi  muvozanatini  taminlashdagi  mahorati  ustida  ancha jonli, 

his-hayajondan xoli bo'lmagan fikrlami o‘rtaga tashlaydi.  Masalan,  «be» 

harfi  bilan  intiho  topuvchi  g‘azallardan  biri  xususida  «M ajolis  un- 

nafois»da  o'qiym iz:  «Bedillig'idin  telba  ko‘nglin  tilay  borg‘onin  bu 

g'azalda oxirigacha musalsal aytilibdur va zebo  deyilibdur:

Telbarab  itgan  ko‘ngilni  istadim  bar  yon  borib,

Tog‘-u   daryo-vu  biyobonlarni  bir-bir  axtarib...(12,  175).

Firoq zulm idin jong'a o‘t va ko'nglida tobin o‘tqa tushgan qil pech- 

u  tobig'a  tashbih  qilibdur va  g'arib  tashbih  voqe’  bo'lubtur:

Ey  firoqning  zulmidin jonimda  o‘t,  ko‘nglumda  tob,

0 ‘tqa  tushgan  qil  kabi jismim  aro  ham  pech-u  tob» 

( 1 2 .   1 7 b ).

T a’kidlash  o'rinliki,  Alisher  Navoiyning  Husayn  Boyqaro  she’riy 

merosi  xususidagi  mulohazalari  ayrim  nuqsonlardan  ham  xoli  emas. 

Xususan,  o ‘sha  davr  tasvir  uslubi  ta’sirida  aytilgan  jim jim ador, 

mubolag'ali  jum lalar,  baho  me’yorining  buzilishi  hollari,  his-hayajon 

bilan  aytilgan  iboralar  ham  uchrab  turadi.  Ana  shunday  holat  qator 

harflar  bilan  tugallanuvchi  baytlardan  oldin  yoxud  keyin  kelgan 

tazkiranavis  izohlarida  ko'zga  tashlanadi.  Jum ladan,  «zol»  harf! 

sarlavhasidan  keyin  shunday  jum lani  o'qiym iz:  «Bu  harfda  dag‘i 

muqaddam  turkigo'y shuarodin,  xoh  Mavlono  Lutfiy va  xoh  Mavlono 

Sakkokiykim   M ovoraunnahrda  m alikul-kalo m   erdilar,  nazarg'a 

kelmaydur,  hamono  yo'qtur

www.ziyouz.com kutubxonasi



Qildi  ruhafzo  labing  Inilmak  bila jonimni  ahz,

Yig'latib  kofir ko‘zimg  ham naqdi  iymonimni  ahz»  (12.  178).

Ana shu  qabildagi ta’kidlar  “ha”,  “he”,  “se”,  “sod”,  “zod”  singari 

o'nlab  harflar  bilan  yakunlanuvchi  baytlardan  oldin  keltirilgan 

izohlovchi jumlalarda ham yaqqol namoyon bo'ladi.  Fikrimizcha, bunday 

o'rinlarda  Alisher  Navoiy  aqidalarida  Husayn  Boyqaro  salohiyatini 

boridan  orttirib  ko'rsatish,  uni  ma’lum  darajada  ilohiylashtirish  mayli 

borday ko'rinadi.

Alisher  N avoiy  “M ajolis  un-nafois”ning  sakkizinchi  m ajlisida 

Husayn  Boyqaroni  nuktasanj  va  hofizasi  o'tkir  shaxs  sifatida  ham 

ko'rsatishga  urinadi.  M uallifning  bunday  harakati,  ayniqsa,  o'sha 

majlisning ikki o'mida yaqqol namoyon bo'ladi.  Bulardan biri  Mavlono 

Lutfiy  va  Alisher  Navoiylar  o'rtasida  Am ir  Xusrav  Dehlaviy  bayti 

munosabati bilan bo'lgan suhbat bayonida bo'lsa (12.  207-208), ulardan 

ikkinchisi  tazkira  m uallifi  va  Mavlono  Qabuliylam ing  hamkorlik 

munosabatlariga  tegishlidir.  Unda  hikoya  qilinishicha,  M avlono 

Qabuliyning  “tab’i  turkiy va  forsiy nazmg'a  muloyim”  bo'lib,  u  Hirot 

shahri uchun musofir hisoblanadi (12.208—209-betlar). Qunduz va Hisor 

tarafidan  kelib  qolgan bu  yosh  yigit  Sulton  Husayn Boyqaro  dargohiga 

yo'l topish  uchun o'sha zamonning an’anasiga ko'ra  nazmiy vositadan 

foydalanmoqchi bo'ladi.  Shu  maqsad bilan  Mavlono  Qabuliy bir g'azal 

yaratib,  uni  Alisher  N avoiy  im tihonidan  o'tkazadi.  Buyuk  shoir 

g'azalning  matlaidan  keyingi  baytini  quyidagicha  tuzatib  beradi:

Sarv  moyil  bo'ldikim,  uygay  ayog'ing  tufirog'in,

Yo'qsa  har  soat  sabo  tahrikidiii  xam  bo'Imadi.

Mavlono  Qabuliy saroy mulozimlaridan biri orqali  mazkur g'azalni 

zamon hukmroniga yetkazishga muvafFaq bo'ladi. Tortiq etilgan g'azalni 

ko'zdan  kechirgan  Sulton  Husayn  Boyqaro  o'sha  she’r  ikkinchi 

baytining  Alisher  Navoiy  qalamiga  daxldorligini  his  etadi  va  masalani 

oydinlashtirish  muddaosida  Mavlono  Qabuliyni  saroyga  chaqirtiradi. 

Shuningdek, o'sha  maqsadni o'zida mujassam etgan savol bilan Alisher 

Navoiyga  ham  murojaat  qiladi.  Xullas,  o'z  aqidasiga  qat’iy  ishonch 

paydo  qilgan  shoh,  Alisher  Navoiy  va  Mavlono  Qabuliylar  obro'yiga 

futur yetkazmaslikni ko'zlab masalani jamoat oldida oshkora hal etishdan 

saqlanadi.  Shu kichkina bir lavhaning o'zidayoq Alisher Navoiy Sulton 

Husayn  Boyqaro faoliyatidagi uslubshunoslik,  ziyraklik va andeshaning 

baland  ekanligini  ko'rsatishga  erishadi.

A lish e r  N a v o iy n in g   “ M a jo lis  u n -n a fo is ”  asarida  Sharq

www.ziyouz.com kutubxonasi



adabiyotshunosligida shakllangan ikki an’ana: tazkirachilik va biror shoir 

she’rlariga sharh bitish uslubi ko‘zga tashlanadi. Asar m uallifi  “Majolis 

un-nafois”  tazkirasi vositasida X V  asrda Xuroson va  Muvarounnahrda 

yashab  ijod etgan tab’  ahliga aloqador muhim ma’lumotlami manguga 

m uhrladi,  shuningdek,  yuqorida  ta’kidlangan  ikki  uslubni  turkiy 

adabiyotshunoslikka olib kiixli va uning ravnaqiga muhim hissasini qo‘shdi.

«Muhokamat ul-lug‘atayn* («Ikki tQ muhokamasi»). Alisher Navoiy 

o'zining ulkan dengizga qiyos etishga arzigulik badiiy ijodi bilan turkiy 

adabiyotni jahoniy mavqega ko'tardi, ayni choqda, bu til imkoniyatlarini 

o‘sha  davrda  m ashhur  bo'lgan  arab,  fo rs-to jik,  hind  tillaridan 

qolishmasligini amalda isbotladi.  Ulug* shoir turkiy til yetukligini nazariy 

jihatdan  ham  asoslash  niyatida  1499-yilning  dekabrida  “Muhokamat 

ul-lug‘atayn”  risolasini  yozib  tugatdi.

“Muhokamat ul-lug'atayn”da so'z duiga qiyoslanadi, uning daryosi 

ko'ngil  sifatida  talqin  qilinadi.  Shuningdek,  so'zning  durdan  tafovut 

etiladigan  jihatlarining  benihoya  ko'pligi,  uning  “sharafidin  o'lgan 

badang'a  ruhi  pok  et”ishi,  “kasifidin  (qo'polligi,  nojo'ya  aytilishidan) 

hayotlig'  tang‘a  zahri  halok xosiyati  zuhur et”ishi  bayon  qilinadi.  Shu 

tariqa  insonga  in ’om  etilgan  ilohiy  ne’mat  so'z  so'zlashdan  muddao 

ma’no  ekanligi  asarda  o'z  ifodasini  topadi:  «Ammo  chun  alfoz  va 

iboratdin  murod  ma’nidur  va  mazkur  maxluqotdin  maqsud  insondur 

va  ul  mazhari  maoniy  va  bayon,  so'z  aning  so'zindadur  va  takallum 

aning kalomida borur”(16 .9).

Alisher  Navoiy  turkiy  tilning  “fasohat-u  diqqati”  (ravon,  yoqimli, 

qoidaga  muvofiq-u  nozikligi)  va  “balog'at-u  vus’ati”(badiiy  ifoda-yu 

keng  imkoniyatlari)  haqidagi  rad  etib bo'lmas  fikrlarini  risolada bayon 

q ilish   u chu n  uni  o 'z i  m ukam m al  bilgan  fo rs-to jik   t ili  bilan 

chog'ishtirishni  ma’qul  topadi.  Bu  uslub  muallifning  risola  yozishdan 

ko'zlangan  maqsad-muddaosini  amalga  oshirish  uchun  eng  to'g'ri 

im koniyat  edi.  Alisher  N avoiy  turkiy  til  haqidagi  um um lashm a- 

xulosalarini  boshqa  bir til  imkoniyatlari  bilan  qiyoslamay bayon  qilsa, 

uning nazariy mulohazalari shunchaki o'z ona tilini madhidangina iborat 

bo'lib  qolishi  mumkin  edi.  Shu  bois  risola  muallifi  har  ikkala  tilning 

zukko  bilim doni,  bu  tillarda  o'lmas  badiiy  asarlar  ijod  etgan  taniqli 

shoir  sifatida  asardagi  turkiy  tilning  fazilatlariga  oid  mulohazalarini 

juda asosli  dalillar bilan quwatlantiradi.  “Muhokamat  ul-lug'atayn”da 

turkiy-o'zbek va fors-tojik tillari imkoniyatlarini taqqoslashdan yana bir 

muddao: o'sha davrda fors-tojik tilida ijod qilishga mayli ko'proq bo'lgan

www.ziyouz.com kutubxonasi



o‘zbek  sh oirlarini  turkiy  tilning  “fasohat-u  diqqati,  balog‘at-u  

vus’ati”dan xabardor qilish edi. Alisher Navoiy risolada fors-tojik tilida 

jahoniy  mavqega  ega  bo'lgan  badiiy  asarlar  ijod  etilgan  bo'lib,  turkiy 

tilda bu jarayonning rivoji ancha sust borayotganligiga e’tibomi qaratadi. 

Shuningdek,  buning  sabablarini  izohlashga  harakat  qiladi.  Muallifning 

fikricha,  shoirlar turkiy tildagi ko'p ma’noli so'z va ifodalami yetarlicha 

anglab,  ularni  she’riyatda  mahorat  b ilan   qo'llash  m ehnatidan 

qo'rqadilar,  mushkullardan zadalanib, osonlikka mayl qiladilar.  Ikkinchi 

sabab: ba’zi idrokli so'z san’atkorlari o'z zamonasidagi hukmron an’ana 

doirasida  qolishni  ma’qul  ko'radilar.  Uchinchi  sabab:  yosh  ijodkorlar 

o'zlariga  ma’qul bo'lgan asarlarini tajribali shoirlaiga ko'rsatib e’tirofga 

sazovor  bo'lishni  istaydilar.  Biroq  o'sha  taniqli  so'z  san’atkorlari 

forsiygo'ylardir.  U lar turkiy  tildan  bahramand  emaslar.  Shu  bois  endi 

ijod  yo'liga  kirib  kelayotgan  shoirlar  turkiyga  emas,  forsiyga  mayl 

ko'rsatadilar. Alisher Navoiy turk shoirlarini nihoyatda latofatli bo'lgan 

o'z  ona  tillarida  ijod  qilishga  da’vat  etadi  va  zamon  hukmdori  Sulton 

Husayn  Boyqaro  tom onidan  bu  haqda  maxsus  farm onlar  qabul 

qilinganligini  eslatadi:  “...Va  iltifot  va  ehtimom  yuzidin ba’zi  ma’nilar 

topib,  nazm qiluig'a hukmlar ham joriy bo'ldi va so'z uslubig'a ta’yinlar 

va adosig'a ta’lim lar ham  izhori bo'ldi”(16.  38).  Turkiy til va adabiyot 

ravnaqini  niyat  qilib  risola  yozishga  kirishgan  m uallif o'z  ona  tilining 

fors tiliga xos bo'lmagan,  muhimi, badiiy ijod uchun juda qo'l keladigan 

ba’zi  xususiyatlarini  “Muhokamat  ul-lug'atayn”da  bayon  qiladi.

M a’nodoshlik—badiiy uslub ziynatidir. Alisher Navoiy masalaga mana 

shu  nuqtai  nazardan  yondashib,  turkiy  tildagi  bir  sinonimik  qatomi 

tashkil  qiluvchi  so'zlam ing  barchasini  fors-tojik  tilid a  uchratib 

bo'lmasligiga diqqatni jalb etadi.  Buning isboti sifatida “Muhokamat u l- 

lug'atayn”da  fors  tilida  «muodidi  bo'lmagan»  yuzta  fe’lning  ro'yxati 

keltiriladi. Jumladan,  “sipqarmoq”  va “tomshimoq”  so'zlari  haqida 

bildirilgan  mulohazalar  turkiy  til  nafosatini  yaqqol  namoyon  etishi 

bilan  aham iyatlidir

“Shuaro  akobiridinki,  ba’zi  “may”  ta’rifida  mubolag'a  qilibdurlar 

va  bu  mo'taddun  bih  amredurki,  may  ichmoq  qavoidida  so'z  ko'p 

surup,  zarofat  nihoyatsiz  zohir  qilurlar. B iri  sipqarmoq  lafzidurki, 

mubolag'a mundin o'tmas. Turkcha nazmda bu matla’ bordurkim.  Bayt: 

Soqiyo,  tut  bodakim,  bir  lahza  o'zumdin  boray,

Shart  bukim,  har  necha  tutsang  labo-lab  sipqaray.

Oyo!  Bu  sipqaray  lafzi  mazmunig'ayetganda,  forsiy  she’rdane  iloj

www.ziyouz.com kutubxonasi



qilg'aylar?  Va  tomshimoqki,  g‘oyat  zavqdin  bot  ichmas  va  lazzat  topa- 

topa,  oz-oz ichar.  Bu g'arib ma’ni adosida turkchada bu matla’  bordurki. 

Bayt:

Soqiy  chu  ichib,  menga  tutar  qo'sh:

Tomshiy-tomshiy  ani qilay no'sh”  (16.  13 -14 ).

“Muhokamat  ul-lug'atayn”ning  muhim  xususiyatlaridan  yana  biri 

shuki,  unda  turkiy tilda  shakldosh so'zlaming juda  ko'plab  uchrashiga 

alohida  e’tibor  qaratiladi.  Bu  tajnis  va  iyhom  badiiy  san’atlari  bilan 

ziynatlangan  baytlar,  she’rxon  tuyg'ularini  junbushga  keltiruvchi 

tuyuqlar ijod etish uchun qo'l keluvchi til imkoniyatidir. Alisher Navoiy 

risolada  ot  (ism),  ot  (hayvon),  ot  (otmoq)  va  it  (ko'pak),  it  (yo'qol), 

it (itar)  shakldosh so'zlarining she’riyatda qo'llanishiga misol tariqasida 

ikki  tuyuq  keltiriladi  va  bir  necha  jinsdosh  so'zlam ing  ma’nosini 

izohlaydi (16 .18 -19 ).

“Muhokamat ul-lug'atayn” adabiyotshunoslik nuqtai nazaridan ham 

o'ziga xos mavqega ega bo'lgan mo'tabar manba sanaladi.  Unda muallif 

o'zining  devonlari,  “Xam sa”  tarkibidagi  dostonlari,  “hiqiqat  asrorin 

majoz suratida ko'iguz”gan  “Lison ut-tayr”  va boshqa asarlari ro'yxati- 

yu  ulaming  nihoyatda  ixcham  tavsifini  keltiradi.  Shuningdek,  risolada 

fors-tojik  adabiyotining  yirik  daig'alari  Xoqoniy,  Anvariy,  Nizom iy, 

Sa’diy,  Xusrav  Dehlaviy,  Salmon  Sovajiy,  Hojui  Kirm oniy,  Ashraf, 

Abdurahmon Jomiy kabilaming turli janr taraqqiyotida qo'shgan hissalari, 

adabiy ta’sir masalalari muxtasar tarzda bayon etiladi. Asarda Am ir Xusrav 

Dehlaviyning ijodiga yuksak baho beriladi, jumladan,  shoiming “Daryoi 

abror” qasidasi haqida iftixor bilan aytgan o'z fikrlari risolada qayd etiladi: 

“Y u z  ming  baytdin  ortug'  devonlarim   g'azaliyoti  va  qasoyid  va 

masnaviylarim  ab’yoti  agar olam sahifasidin yulsa va davron sahifasidan 

mahv bo'lsa  va  bu  qasida  qolsaki,  anda  ma’ni  istiyfosi vofiydur,  bu  fan 

ahlig'a mening fazoyilim daliliga kofiydur”(l6.28). Ishq mavzuini nihoyatda 

yuksak  ehtiros  bilan  she’rlari  bag'riga  singdirgan  bu  ulkan  so'z 

san’atkorining mo'jizakor badiiy uslubi Alisher Navoiy va boshqa ko'plab 

tab’ ahliga manzur bo'lgandi. “Muhokamat ul-lug'atayn”da Abdurahmon 

Jomiy  “Daryoi  abror”ga  tatabbu’  qilib,  “Lujjat  ul-asror»  nomli  qasida 

yozganligi, bu badiiyat durdonalari ta’sirida Alisher Navoiyning  “Tuhfat 

ul-afkor”i vujudga kelgani haqidagi qimmatli ma’lumotlaiga o'rin beriladi. 

Risolada  muallifning  Am ir  Xusrav  Dehlaviy,  Sa’diy,  Hofiz  Sheroziy, 

Abdurahmon  Jom iy  singari  buyuk  so'z  san’atkorlarining  ijodiga  katta 

qiziqish  va  ehtirom  bilan  munosabatda  bo'linganligi  yaqqol  namoyon

www.ziyouz.com kutubxonasi



bo'ladi.  Ayni  choqda,  Alisher  Navoiy  turkigo'y  shoirlardan  Mavlono 

Lutfiy ijodini ham ana shunday yuksak maqomga munosib deb biladi.

Xulosa  qilib  aytadigan  bo'lsak,  Alisher  Navoiyning  “Muhokamat 

ul-lug'atayn”  asarida  turkiy  tilning  badiiy  ijod  uchun  muhim  bo'lgan 

fazilatlari  forsiy tilni  kamsitmagan  holda  qiyoslash  usuli  bilan  nazariy 

va  amaliy jihatdan asoslanadi.  M uallif til  va  adabiyot  masalalarini  bir- 

biriga  bog'liq  holda  tahlil  qilib  turkiy  til  va  badiiy  ijod  ravnaqi  uchun 

muhim umumlashma-xulosalarini bayon etadi.  Risolada Sulton  Husayn 

Boyqaroning  o'zbek  tili  va  adabiyotiga  munosabatini  yorituvchi, 

shuningdek,  ulug'  shoiming  o'z  hayoti,  ilm iy-badiiy  ijodi,  adabiy 

ta’sir  masalalari  bilan  aloqador  ma’lumotlaming  keltirilishi  mumtoz 

adabiyotimiz  tarixini  o'rganish  uchun  nihoyatda  muhimdir.

Alisher  Navoiy  adabiyot  nazariyasiga  oid  ikki  risola  ham  yozdi. 

Ulardan biri adabiyotshunoslik tarixida o'ziga xos mavqega ega bo'lgan 

“Mezon  u l-avzo n ”  (“Vaznlar  o'lcho vi”)  asaridir.  Risolada  aruz 

nazariyasiga  aloqador  umumiy  ma’lum otlar  keltirilishi  bilan  bir 

qatorda, muallif tomonidan unga qo'shimcha va yangiliklar ham kiritiladi. 

Jum ladan,  “M ezon  ul-avg'on”da  aruz  istilohining  kelib  chiqishi, 

ruknlar, asllar,  bahrlar va bahrlar doirasi, taqti’  (paragdigma)  va boshqa 

m asalalar  tushunarli  tilda  izohlanadi.  Arab,  fors-tojik  va  turkiy 

she’riyatning  o'ziga xos  vazni  asarda  deyarii  har doim chog'ishtiriladi, 

ular  o'rtasidagi  umumiylik,  yaqinlik  va  farqli  jihatlar  misollar  bilan 

oydinlashtiriladi.  “Mezon  ul-avzon”da  har  uchala  xalq  badiiy  ijodida 

qo'llanib kelingan aruzning o'n to'qqiz shajarasidan tavil,  madid, basit, 

vofir va komil bahrlarida turkiy tilda juda oz  ijod  etilgani ta’kidlanadi.

Download 4.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling