B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V


«Tarixi  muluki  Ajam»da  ahamoniylar  sulolasining  so'nggi  vakili


Download 4.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/71
Sana20.11.2017
Hajmi4.31 Mb.
#20418
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   71

«Tarixi  muluki  Ajam»da  ahamoniylar  sulolasining  so'nggi  vakili 

Doro I I I  zolim podshoh sifatida tasvirlanadi.  Iskandaming Doro taxtini 

tortib olishi ijobiy hodisa sifatida talqin etiladi.  Shuningdek, asar muallifi 

Iskandar  haqidagi juda  ko'p  ma’lumotlardan  xabardor bo'lgani  holda, 

uni vali deya ta’riflaydi.  Biroq «ba’zilar unga nubuwat isnodi qilibdurlar» 

tarzidagi  ayrim  tarixchilam ing  Iskandarga  payg'ambarlik  nisbatini 

berganliklariga e’tiroz bildiradi. Asarda Bahrom G o'r adolatli shoh bo'lsa- 

da,  uning g'ururga,  kayf-safoga berilishi,  shaxsiy manfaatlar qurboniga 

aylangani bois mamlakat va xalqini yomon ahvolga solib qo'yishiga e’tibor 

qaratiladi.  Podshohning  ana  shu  illatlari  uning  saltanatini  xavf ostida 

qoldiradi,  faqat  u qattiq kurashlar olib boigani  uchun taxtini  egallaydi.

Alisher  Navoiy  «Tarixi  muluki  Ajam»da  Sulton  Husayn  Boyqaro 

tarixini  ham  yozish  niyatida  ekanligini  e’tirof etadi.  Ushbu  istak  asar

www.ziyouz.com kutubxonasi



xotimasida  keltirilgan  masnaviyda  o'z  ifodasini  topgan.  Unda  ulug‘ 

shoirning  odil  shoh  haqidagi  falsafiy  qarashlari  Husayn  Boyqaro 

timsolida badiiylashtixiladi  (16.  255-257.).  Biroq muallifning bu  orzusi 

amalga oshmagan  ko'rinadi.

«Tarixi  m uluki  Ajam »  teran  ijtim oiy-siyosiy,  axloqiy-ta’lim iy 

mazmunga  ega  bo‘lgan  asar  bo‘lib,  u  bilan  muallif turkiy  tilda  tarixiy 

asar yozishning o‘ziga xos uslubini namoyon etdi. Asar tilining soddaligi, 

uslubining  ravonligi  bilan  keyingi  davrlardagi  tarixnavislik  ravnaqiga 

muhim  hissa  bo'lib  qo'shildi.  Asardagi  she’riy  parchalar,  hikoyat-u 

rivoyatlar o'tmishda tarixnavislik badiiy  ijod  bilan  uyg'un  uslubda  olib 

borilganligini dalillaydi.  Shuningdek, «Tarixi muluki Ajam» ulug' o'zbek 

shoiri dostonlarini o'iganish,  Eron mifologiyasi bilan yaqindan tanishish 

hamda Alisher Navoiyning o'ziga xos nasriy uslubini ilmiy tadqiq etishda 

muhim manba bo'lib xizmat qiladi.

«Tarixi  anbiyo  va  hukamo»  (Payg‘ambarlar  va  faylasuflar  tarixi). 

Bu  asar  hijriy  890-904  (melodiy  1485-1498)  yillar  oralig'ida  yozilgan 

bo'lib, u bashariyatni iymon-e’tiqodga da’vat etuvchi, o'zlarining hamida 

axloqi,  yuksak  insoniy  fazilatlari  bilan  kishilarga  o'm ak  bo'luvchi, 

hayratomuz mo'jizalari bilan Allohning bir-u borligi, yagonaligiga iymon 

keltirishga  undovchi  payg'ambarlar  va  ilm -u  hikmat  sohibi  bo'lgan 

donishm and—faylasuflar  hayotining  ib ratli  lavhalari,  hikm atli 

so'zlaridan tarkib topgan.  Ma’lumki, payg'ambarlar tarixiga oid rivoyat- 

u hikoyatlami o'zida mujassamlashtiigan asarlar Alisher Navoiy davriga 

qadar ham yaratilgan.  Jumladan,  «Tarixi Tabariy»,  «Tarixi  Banokatiy» 

singari  mo'tabar  manbalarda  ba’zi  podshohlaming  yurishlari  bilan  bir 

qatorda payg'ambarlar qissalari ham keltiriladi.  Shuningdek,  Nosiruddin 

Rabg'uziyning «Qisasi  Rabg'uziy» asari turkiy adabiyotda ayni mavzuga 

bag'ishlangan eng yirik nasriy asar sifatida ma’lum va mashhurdir. Alisher 

Navoiy  ham  bu  mavzuga  murojaat  etib,  turkiy  xalqlami  ulug'  nabilar 

hayoti  bilan  bog'liq  qissalar  va  hakimlaming  purma’no  fikrlaridan 

bahramand  etishni  ulug'  saodat  deb biladi.

«Tarixi  anbiyo  va  hukamo»  ikki  qismdan  tarkib  topgan.  Asaming 

dastlabki qismida Odam alayhis-salomdan boshlab Nuh, Ismoil, Y a’qub, 

Yusuf,  Muso,  Horun,  Sulaymon,  Iso,  Luqmoni  hakim  singari  ulug' 

payg'ambarlar hamda  As’hobi  qahf voqeasi  haqida  ma’lumot  beriladi.

Asaming  payg'ambarlar  tarixiga  bag'ishlangan  dastlabki  qism i 

Odamning yaratilishi voqeasi bilan boshlanadi hamda «As’hobi qahf va 

ba’zi  mutafarriq  axbor»  bayoni  bilan  nihoyalanadi.  Anbiyolar haqidagi

www.ziyouz.com kutubxonasi



qissalar uslubining sodda va ravonligi, xalq og'zaki badiiy ijodiga yaqinligi 

bilan ulug‘  adibning  boshqa nasriy asarlaridan farq qiladi.

Asarda  nomlari  keltirilgan  payg'ambarlar  bilan  bog'liq  voqealar 

dastlab muayyan qahramonni tanishtirish mazmunidagi boshlanma bilan 

ibtido  topadi.  Adib  ulam i  tanishtirish  jarayonida  turli  manbalardagi 

ma’lumotlami o'quvchiga yetkazishga harakat qiladi. Jumladan,  Luqmoni 

hakim  haqidagi  bir-birini  inkor  etuvchi  quyidagi  fikrlar  asarda  o'z 

ifodasini  topgan:  «Ta’rix  ahlidin  ba’zi  ani  hukamo  silkida  mazkur 

qilibdurlar.  Va  ko'prak el ani payg'ambar debdurlar.  Va ba’zi  rivoyatda 

mundoqdurki,  tengri  taolo  nubuwat  va  hikmat  orasida  muxbir  qildi. 

Har taqdir bila «Va laqad otayno  Luqmonal hikmata» aning sha’nidadur. 

Bo'la olurki, bovujudi nubuwat hikmat dag'i anga nasib bo'lmish bo'lg'ay. 

Rangi qaro erkandur.  Dovud alayhis-salom suhbatig'a musharraf bo'lur 

erdi.  Va  andin  ko'p  g'aroyib  vujud  tutar  erdi.  Ba’zi  debdurlarki,  qul 

erdi  va  ozod  bo'lg'onida  muhtalif rivoyat  bor»  (16,  168).  Ko'rinadiki, 

muallif islom tarixiga oid manbalardagi ma’lumotlami umumlashtiradi, 

bir-birini inkor etuvchi qarashlami asarda yondosh keltiradi va ulardan 

ba’zilarini  Qur’oni  karim  oyatlari  asosida  quwatlantiradi.

M uallif Luqmoni hakimni «tengri taolo nubuwat va hikmat orasida 

muxbir  qil»ganiga  ishonch  hosil  qilgani  bois  uning  qutlug'  nomini 

asaming  ham  anbiyolar  va  ham  donishmandlar  faslida  keltiradi.

Alisher  Navoiy  payg'ambarlar  qissalarini  imkon  qadar  muxtasar 

va sodda tilda bayon qilishni maqsad qilganligi asardagi ba’zi ishoralardan 

ayonlashadi. Jumladan,  «Muso va Horun alayhis-salom» qissasida Muso 

payg'ambaming  tug'ilishi,  go'dakning  Allohning  cheksiz  inoyati  bilan 

Fir’avn zulmidan asrab qolinishi hamda Shu’ayb alayhis  salom qo'ylarini 

boqishi  voqealari  ixcham  bayon  etiladi.  Shu’ayb  payg'ambar  Musoni 

Safura ismli qizga uylantirib, o'n yildan so'ng Odam Safiyulloh jannatdan 

chiqaigan  hassasini  unga  beradi.  Muso  payg'ambar  Misiga  yo'l  oladi. 

Shu  o'rinda  Alisher  Navoiy  Muso  alayhis-salomga  payg'ambarlik 

a’molining nasib etilishini quyidagicha tasvirlaydi:  «Chun Muso alayhis- 

salom  besh  kun  yuridi,  Tursino  tog'ig'a  yetishti.  Oltinchi  kechakim 

havo  sovug'  bo'lub,  bulut  olamni  tiyra  qildi.  Safurag'a  tug'urur  dardi 

paydo  bo'lub,  o'tqa  ehtiyoj  bo'ldi  va  ul  tog'  sori  mutavajjih  bo'ldikim , 

o't ketuigay.  Ko'p yuig'ondin so'ngra bir yorug'lug'  ko'rundi, yetkoch, 

ul  yorug'lug'  bir daraxtda  erdi,  Muso  alayhis-salom  yetkoch,  daraxtqa 

chiqti.  Va  ul  yorug'lug'  qoshida  quyosh  nuri  tiyra  ko'rundi,  ammo 

yig'ochni  kuydurmay,  yafrog'  va  shoxlarin  tozaroq  qilib  erdi.  Muso

www.ziyouz.com kutubxonasi



alayhis-salomg‘a  hayrat  g‘olib  bo'lub  dedi:  Yo  rab,  bu  na  hoi  erkin? 

«Inni  analloh»  nidosi  kelib,  Muso  alayhis-salom ning  davlatmand 

boshig‘a  risolat  toji  qo'yuldi  va  saodatmand  egniga  nubuwat  xil’ati 

kiyduruldi va yadi bayzo va aso mo‘jizasi karomat bo'ldi. Va orada o‘tkon 

mukolama  «Toho»  surasida  ma’lum  bo'lur»  (16.136).  Ayonlashadiki, 

m uallif  asarining  asosiy  manbasi  Qur’oni  karim  bo'lgani  bois  ba’zi 

voqealar tafsilotlari xususida undagi  muayyan suralarga ishora qilinadi. 

Qissada  Muso  alayhis-salomning  F ir’avn  bilan  muloqot  qilishi  va  uni 

«tengri taolo ubudiyatiga (bandalikka)  dalolat» qilishi,  Fir’avn esa undan 

mo'jiza ko‘rsatishni talab etishi lavhalari asar payg'ambarlar mo‘jizalari 

bilan o‘quvchini ko'proq tanishtirish maylida bunyod etilganidan dalolat 

beradi.  Bu hodisa  Iso alayhis-salom qissasida ham o'z ifodasini topgan. 

Muso  alayhis-salom   hassasini  tashlaganida,  и  ajdarhoga  aylanadi. 

Haybatidan  bir  necha  kishi  halok  bo'ladi.  F ir’avn  hushidan  ketadi, 

o'ziga kelib,  Muso alayhis-salomdan hassani olishni iltimos qiladi. Alloh 

elchisi  ajdarhoni  «yadi  bayzo»ni  (oppoq  qo'l;  zo'r,  kuch,  qudratli 

qo'lni)  ko'rsatib  qo'liga olganida,  и yana  hassaga aylanadi.

«Tarixi anbiyo va hukamo»dagi Sulaymon alayhis-salom bilan bog'liq 

qissada  Sulaymon  payg'ambarning  ulug‘vorligi-yu,  biroq  uning  bu 

hashamati Tangri taollo qudrati oldida zarrachalik qadrsizligi bayonidan 

iborat  rivoyatlarga  o'rin  beriladi.  Qissa  so'ngida  keltirilgan  ruboiyda 

dunyoning  o'tkinchiligi  mo'r—ilon  bilan  aloqador  hayotiy  tam sil 

vositasida o'z  ifodasini topadi.  Ruboiy nafsdan g'olib kelish,  ma’naviy- 

ruhiy kamolotga da’vat ruhida ijod etilgani bilan ahamiyatlidir: «Ruboiy: 

Olamni  Sulaymong'a  haq  etmish  ma’mur,

Hukmi  soldi jin -u   bashar  xaylig'a  sho'r.

O xir  chu  ajal  anga  maqom  ayladi  go'r,

Tufroq  ichida  qildi  vatan  o'ylaki  mo'r  (16.168).

«Tarixi  anbiyo  va  hukamo»ning  ikkinchi  qismi  «Hukamo  zikri» 

deb nomlangan bo'lib, unda bashariyat tarixida katta nufuzga ega bo'lgan 

Luqm oni  hakim ,  Fishog'urs,  Jom osp,  Buqrot,  Buqrotis,  Suqrot, 

Aflotun,  Aristotilis,  Balinos,  Jolinus,  Batlim us,  Sodiq,  Buzuijm ehr 

singari  olimlar haqida  ixcham tavsif va  m a’lumotlar beriladi,  ulaming 

hikmatli  so'zlaridan  namunalar  keltiriladi.  «Hukamo  zikri»ning  eng 

muhim  fazilati  shundaki,  shoir  o'sha  faylasuflar  tomonidan  aytilgan 

purma’no  fikrlaming  asl  mohiyatini  bir  bayt  she’rda  umumlashtiradi. 

Baytlar  nihoyatda  ta’sirchanligi  va  xotirada  oson  muhrlanishi  bilan 

ahamiyatlidir.  Umuman  olganda,  «Tarixi  anbiyo  va  hukamo»ning  har

www.ziyouz.com kutubxonasi



ikkala faslida ham insoniyat tarixida evrilishlar paydo etgan buyuklaming 

hayoti,  hikmatli  so‘zlaridan  ibrat  olishga  da’vat  etiladi,  msonnning 

kom illik  rutbasini  qozonishi  uchun  asos  bo'lgan  um um insoniy 

qadriyatlar haqida fikr yuritiladi.  Fikr tasdig'i sifatida «Hukamo zikri»dan 

tanlangan  ayrim  parchalami  keltirish  bilan  kifoyalanamiz:

Buqrot hakim.  Fishog'ursning shogirdidur. Va Bahman chog‘ida erdi 

va tibb ilmida mohir erdi va tasonifi bor. Va fusuli Buqrot ul jumladindurkim, 

atibbo  qoshida  bag'oyat  mu’tabardur.  U l  debdurkim,  umr qisqadur,  ish 

uzun.  Oqil  uldurkim ,  bu  qisqa  umrni  bir  nimaga  sarf  qilg'aykim, 

zaruratroqdur,  ya’ni  oxirat  maslahati va tengri taolo  rizosi.  She’r: 

Kishiki  qildi  amal  tengrining  rizosi  bila,

Haq  у yetti  oxiratin  kom-u  muddaosi  bila  (16 .19 1-19 2 ).

Aristotolis. Aflotunning shogirdidur.  Iskandaming vaziri erdi. Aning 

so 'zlarid in  budurkim ,  podshoh  ulug'  rudg'a  o'xshar  va  atboi 

arig'larg'akim,  ul  ruddin  ayrildilarkim ,  rud  suyig'a  har  hoi  bo'lsa, 

arig'larg'a  hamul  holdur.  U l  chuchuk bo'lsa,  bular chuchuk;  ul  achig' 

bo'lsa,  bular  achig';  ul  sof bo'lsa,  bular  sof.  U l  loy  bo'lsa,  bular  loy. 

Bas,  podshohg'a  vojibdur g'oyat  hikmat  va  e’tidol bila  maosh  qilmoq, 

to xayl va hashami anga mutobaat qilg'aylar.  She’r:

Shoh  daryo  va  xalq  erur  anhor,

Ikkisining  suyig'a  bir  maza  bor  (16.193).

B u zu rjm eh r.  N o 'sh ira v o n i  o d iln in g   v a z iri  e rd i.  A n in g  

so'zlaridindurkim,  ustodimdin so'rdimkim,  yigitlikda  ne qilmoq yaxshi 

va qarilig'da  ne  qilmoq yaxshi?  Dedikim ,  — yigitlikda  ilm  kasb  qilmoq 

va qarilig'da ani amalg'a kelturmak yaxshidur.  She’r:

Yigitlig'da  yig'  ilmning  maxzani,

Q arilig‘  chog'i  xaij  qilg'il  ani  (16.194).

Ayrimlari  eslatilgan  nodir  fazilatlaridan  ko'ra  «Tarixi  anbiyo  va 

hukamo» Alisher Navoiy badiiy nasrining go'zal namunalaridan biridir.

“Nasoyim  ul-muhabbat”  ("Muhabbat  shabbodalari”)—xalqni  haq 

va  haqiqat  sari  yo'llash,  bashariyatni  ilohiy  ma’rifatga  etishtirishdek 

ulkan  vazifani  o'z  zimmasiga  olgan  ulug'  ulamo  va  urafo,  mashoyix-u 

avliyolar haqida bitilgan noyob manbadir.  H ijriy 901  (1496) yilda vujudga 

kelgan o'zbek nasri va tasawuf adabiyotining mumtoz namunasi sanalgan 

bu asaming to'liq nomini muallif «Nasoyim ul-muhabbat min shamoyim 

ul-futuwat»  («Ulug'lik xushbo'yliklarini taratuvchi sevgi shabbodalari»), 

deya  e’tirof etadi.  Tazkira  Abdurahmon  Jomiyning  «Nafohat  ul-uns» 

asari  asosida  vujudga  kelgan.  Alisher  Navoiy  uning  yozilishi  tarixini

www.ziyouz.com kutubxonasi



quyidagicha bayon etadi:  «Doim  oshufta xotirg‘a kelur erdi va parishon 

xayolg'a evmlur erdikim,  ul kitob alfozi forsiydur, arabiyg‘a payvasta va 

iborati  ishorat  ahli tiUga vobasta va ul tillar vuqufidin bahravarlar va ul 

iborat-u  ishoratdin  bexabarlar  ul  alfozdin  o'z  qobiliyatlari  hurdida  va 

ishtig‘ollari  muqobalasida  naf lar  toparlar  va  fayz  elturlar.

Am m o  turk  u lu sid in   b a’z ik i,  ko'n gu l  s id q -u   safo sig 'a 

bahramanddurlar,  bu  kimiyo  asar  so'zlar  ta’sirig'a  Tengri  inoyatidin 

arjum and,  ul  alfozg'a  vuquf  qillatidin  ul  fayzdardin  mahrum  va 

xaqoyiqning  daqoyiqi  ularga  noma’lum.  Xotirg'a  kechmishkim,  agar 

sa’y  qilsam,  bu  kitobni  turk  tiliga  tarjima  qila  olg‘aymuman?-deb 

mutaammil erdim daqoyiq-u mushkulotni ravshanroq alfoz va ochuqroq 

ado bila o'tkara olg'aymuman?—deb mutaammil erdim. Va ne bu xayol- 

u  muddaodin  o'zumni  o'tkara  olur  erdim  va  ne  ishning  azim lig'i  va 

dushvorlig'i jihatidin  shuru’  qila  olur  erdim.

To  ta’rix jto'qquz  yuz  birdaki,  ul  kitobning  ta’lifidin  yigirma  yil 

o'tub  erdi,  Tengri  taolo  tavfiqi  biria  bu  ulug'  ishg'a  ilik  urdum  va  bu 

azim  amrg'a  qalam  surdum.»  (17.  12).  Ayonlashadiki,  Alisher  Navoiy 

turkiy  xalqlarni  «bu  kim iyo  asar»  («Nafohat  ul-uns»)da  nom lari 

keltirilgan  ulug'lar  bilan  yaqindan  tanishtirish  maqsadida  uni  o'zbek 

tiliga taijima qiladi. Abdurahmon Jomiyning «Nafohat ul-uns min xazorat 

ul-quds»  asari  1476-1478-yillarda  yozilgan  bo'lib,  m uallif tazkiraning 

bunyod  etilishida  Alisher  Navoiy  da’vatkor  bo‘lganligini  e’tirof etadi. 

Demak,  ana shunday asar yozish  zarurati  ulug'  o'zbek shoiri  ko'nglida 

yillar davomida yashab kelgan.

«Nasoyim  ul-muhabbat»  muallifi  sharqona  xokisorlik bilan  «ushbu 

kitobni  taijim a  yo'sini  ila  bunyod  ettim»,-deya  ta’kidlagan  bo‘lsa-da, 

tadqiqotchilar  tazkira  yangi  ma’lumotlar  bilan  boyitilgani,  unga juda 

ko'p o'zgarishlar kiritilganini e’tirof etishadi. Jumladan,  «Muqaddima», 

«Asosiy  qism»  va  «Xotima»dan  tarkib  topgan  asaming  «Muqaddima» 

qismi bevosita Alisher Navoiy qalamiga  mansub.  Tazkira muallifi ulug' 

shayxlar  nomlari  zikr  etilgan  «Nasoyim   ul-muhabbat»ning  asosiy 

qismini quyidagicha mukammallashtirganini ham bayon etgan: «Va hazrat 

Shayx  Fariduddin Attor q.s.  bitigan «Tazkirat ul-avliyo»din ba’zi kibor 

mashoyixkim,  «Nafohat  ul-uns»g'a  doxil bo'lmabdur erdi—har  qaysini 

munosib mahalda doxil qildim va hind mashoyixi sharhi ham oz mazkur 

erdi,  mumkin  bor  tilab,  topib  hazrat  Qutb  ul-avliyo  Shayx  Farid 

Shakaiganj q.a.din so'nggi mashoyixgacha ilhoq qildim va turk mashoyixi 

zikri  ham  ozroq erdi,  oni  dog'i  hazrat  Shayx ul-mashoyix Xoja Ahmad

www.ziyouz.com kutubxonasi



Yassaviy r.din bu zamong'acha ulcha mumkin bor tilab topib,  zikrlarin 

va ba’zi holot-u so'zlarin o‘z mahalida daij qildim. Va hazrat Maxdumi 

n.m.n.ning  oti  va  m uosir-u  musohib  mashoyix  q.a.  zikri  dag'ikim,  ul 

mutabarrak  kitobda  yo‘q  erdi,  munda  qo'shdum  va  ul  kitobda  dag'i 

avliyoulloh  zikridin  ba’zi  so'zkim,  zamon  ahlig'a  ko‘p  muhtoj  un- 

ilayh  ermas  erdi  itnob  vahm idin  tarkin  tutdum  va  bu  tarjim adin 

o'ksuttum;ya  chun  bu  valoyat  riyozi  muhabbat  nasimig'a  muhib  va 

futuwat  shamimig'a  sabab  bo'ldi»  (17 .12 -13 ).  Shunday  qilib,  Alisher 

Navoiy «Nafohat ul-uns»da 618  (584 erkak,  34 ayol)  mutasawif haqida 

berilgan  ma’lumotlarni  770  taga  yetkazadi,  ulardan  35  tasini  ayol 

avliyolar  sha’niga  bildirilgan  fikrlar  tashkil  etadi.  Bunda  m uallif 

Fariduddin Attorning «Tazkirat ul-avliyo»,  Shayx Farid Shakarganjning 

shu yo'nalishda yozilgan asaridan foydalandi hamda turk mashoyixlari, 

shuningdek,  Abdurahmon Jomiy va o'ziga zamondosh bo'lgan ulug'lar 

nomlarini tarixda manguga muhrlaydi.

«Nasoyim  ul-muhabbat»ning  muhim  fazilatlaridan  biri  uning  «Bu 

toifaning a’m ol-u a f ol va muomilot-u  riyozatidin ba’zini zikr qilmoq» 

nomli  muqaddima  qismida  avliyo  va  mashoyixlarning  a’mol  (ishlari), 

afo l  (fe’llari),  muomalat  (yashash  tarzi)  va  riyozat  (iroda  ruhlarini 

chiniqtirish)lari  bayon  etiladi  hamda  tasawuf  ahlining  tavba,  halol, 

luqma  talabi,  shariat  rioyati,  namoz,  zakot,  ro'za,  haj,  yetuk  axloq, 

bazli  mavjud  (o'zidagi  narsalami boshqalarga ravo ko'rish),  hilm ,  rizo, 

sabr,  sidq riyozat  kabi  sifat  va xislatlar sharhlanadi.  Bulardan  tashqari, 

ma’lum  kasb-hunar  bilan  halol  luqma  topib  faoliyat  ko'rsatgan  Shayx 

Muhammad  Sakkok  (pichoqchi),  Shayx Abu  Hafz  haddod  (temirchi), 

Shayx  Abulabbos  O m iliy  (qassob),  Shayx  Ibrohim   O juriy  (xisht 

avalabdur),  M irchai  Safolfurush  (doshgar),  Adulhasan  Muzayyin  va 

Shayx  Bannon  (hammol),  Shayx Abulhasan  (najjor),  Xoja  Bahouddin 

Naqshband  (kimho  naqshini  bog'lamoqqa  mashhur)  kabilar  hayotini 

ibrat  qilib  ko'rsatadi.  Alisher  Navoiy  ilohiy  fayzdan  bahra  olishning 

eng oliy sifati luqmai halol ekanligini uqtirib quyidagilami bayon etadi: 

«Va soyir mashoyixi kibordin ham ко'pi halol luqma kasbig'a muzdurluq 

qilibdurlar, o'tin toshibdurlar va halol luqma bu ishda kulliydurki, ondin 

fayz-u  ma’rifat  zoyanda bo'lur»  (17.  15 -16 ).

«Nasoyim   ul-muhabbat»  musulmon  mintaqa  xalqlari  ijtim oiy- 

siyosiy, ma’naviy-m a’rifiy hayotida yuksak nufuzga ega bo'lgan tasavwuf 

tarixi, uning tarmoqlari va ulug'  mashoyix-u avliyolari haqida ma’lumot 

berishi,  shuningdek,  tasawufning  nozik jihatlari  bilan  turkiy  xalqlami

www.ziyouz.com kutubxonasi



tanishtirish  yo‘lida  yozilgan  ilk  tazkira  bo‘lganligi  bilan  ahamiyatlidir. 

Bulardan  tashqari,  bu  mo'tabar manba Abdurahmon Jomiy va Alisher 

Navoiy singari  o'z  davrining  peshqadam  ziyolilari bo'lgan  ulug‘  zotlar 

dunyoqarashining  shakllanishida  bevosita  ta’sir  etgan  shaxs  va  asarlar 

bilan yaqindan tanishishga imkon yaratadi.

Alisher Navoiyning «Vaqfiya» (h.886,  m .1481) asarida o‘zining davlat 

arbobi sifatidagi faoliyatida qanday ijtimoiy-siyosiy tamoyillaiga asoslanib 

ish tutgani, o‘z ixtiyoridagi mulk va mablag‘laidan asosan qanday niyatlarda 

foydalangani,  shu  mablag‘lar  hisobida  qurdiigan  bino,  madrasalarda 

o‘matgan  tartiblari,  vaqf  qildirgan  yerlari,  mulklari  va  bog‘lari  haqida 

ma’lumot  keltirilgan.  Asar  X V   asr  ijtimoiy-siyosiy,  madaniy,  iqtisodiy 

hayoti tarixini,  shuningdek, ulug‘ shoir hayoti va faoliyatinining ko‘pgina 

qirralarini o‘rganishda ishonchli manba vazifasini o‘taydi.

11.4 .  «Mahbub  ul-qulub»  («Ko‘ngillarning  sevgani»)  pandnomasi

Alisher  Navoiyning  eng  so‘nggi  yirik  nasriy  asari  bo‘lib,  hijriy  506 

(1500)  yilda  yozilgan.  Unda  ulug‘  shoir  va  adib,  olim   va  buyuk 

mutafakkiming  barakotli  umri  davomida  ko'rgani,  kuzatgani,  boshidan 

kechiigani,  hayotiy  tashvishlarining  qalb  qatlam-u  qavatdaridan  sizilib 

Download 4.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling