B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samarqand


Hukumat va iqtisodiy-siyosiy tsiklning o‟rni


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/110
Sana08.02.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1176902
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   110
Bog'liq
Iqtisodiy siyosatga kirish O\'quv qo\'llanma B X Azizkulov, B K Janzakov

3.3. Hukumat va iqtisodiy-siyosiy tsiklning o‟rni. 
Uzoq muddatli iqtisodiy o‘sish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy 
beqarorlik davrlari bilan uzilib turadi. Iqtisodiy o‘sish ketidan doimo tanazzul kelib 
turadi. Vaqti-vaqti bilan ob‘ektiv qonunlarning o‘zgartirib bo‘lmaydigan ta‘siri 
ostida takror ishlab chiqarish harakatida uzilishlar paydo bo‘lishi va ularning 
iqtisodiyot nomutanosibliklarining keskin shaklda namoyon bo‘lishi holati 
iqtisodiyotning siklli rivojlanishi deb ataladi. 
Iqtisodiy sikl deganda, odatda iqtisodiyot rivojlanishining bir holatidan 
boshlanib, birin-ketin bir necha fazalarni bosib o‘tib, o‘zining dastlabki holatiga 
qaytib kelgunga qadar o‘tgan davr tushuniladi. Iqtisodiyotning rivojlanishidagi 
harakati bir sikl bilan to‘xtab qolmaydi, balki u to‘xtovsiz to‘lqinsimon harakat 
sifatida davom etadi. Siklli harakat iqtisodiy o‘zgarishning muhim omili
makroiqtisodiy muvozanat elementlaridan biri bo‘lib, milliy xo‘jalik turli tarkibiy 
qismlarining amal qilishidagi notekislikni, uning rivojlanishidagi inqilobiy va 
tadrijiy bosqichlarning, iqtisodiy taraqqiyotning almashuvini aks ettiradi. 
Iqtisodiy sikl maxsus fazalar orqali amalga oshadi. Har bir faza iqtisodiy 
rivojlanishdagi muayyan pallani ifodalab, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. 
Odatda iqtisodiy siklning inqiroz, turg‟unlik, jonlanish, yuksalish fazalari ajratib 
ko‘rsatiladi. Ana shu fazalarning har biri rivojlanishi jaryonida navbatdagi fazaga 
o‘tish uchun sharoit yuzaga keladi. 
Iqtisodiy siklning dastlabki fazasi inqirozdan boshlanib, u ishlab chiqarishning 
pasayishida ifodalanadi. 
Inqirozdan keyin turg‟unlik fazasi boshlanib, u nisbatan uzoqroq davom 
etadi. Bu fazada ishlab chiqarish darajasining barqarorligi ta‘minlansada, u inqiroz 
boshlanishidan oldingi darajaga nisbatan ancha past bo‘ladi. Narxlarning pasayishi 
to‘xtab, ssuda foizlari pasayadi, tovar zahiralari barqarorlashadi. Biroq 
ishsizlikning yuqori darajasi saqlanib qoladi. Turg‘unlik fazasi davomida iqtisodiy 


29 
faollik jonlanishi uchun sharoitlar vujudga kelishi nihoyasiga yetadi. 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling