B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samarqand
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy siyosatga kirish O\'quv qo\'llanma B X Azizkulov, B K Janzakov
Ижтимо
ий соҳа Sog'liqn i saqlash Ta'lim Uy-joy komuna l xizmati Madaniy at Sport Turiz m Pensiya ta'minoti Ijtimoiy sug'urta Ijtimoiy xizmat Ijtimoiy yordam 136 ajralmas huquqi sifatida e'tirof etilgan. Ijtimoiy soha hozirgi davr iqtisodiyotining salmoqli qismini tashkil etadi. XXI asr ikkinchi o'n yilligi boshiga kelib jahonning rivojlangan davlatlarida yalpi ichki mahsulotning 30,0–45,0 %i ijtimoiy soha ehtiyojlariga yo'naltirilmoqda. Ijtimoiy soha tarmoqlarining asosiy xususiyati ularning aksariyati (uy-joy- kommunal xo'jaligini istisno etgan holda) notijorat muassasalar ekanligidir. Ma'lumki, tijorat tashkilotlarining faoliyati foyda olishga qaratilgan. Ular o'z faoliyatlarining yo'nalishini mustaqil belgilaydilar, ishlab chiqarilayotgan tovar va ko'rsatilayotgan xizmat turlari va shakllarini o'zgartirish huquqiga egalar, shuningdek, olingan foydani ta'sischilar (mulk egalari) o'rtasida taqsimlaydilar. Jahonning rivojlangan mamlakatlarida (Avstraliya, Avstriya, AQSh, Belьgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gollandiya, Gretsiya, Daniya, Irlandiya, Italiya, Kanada, Norvegiya, Finlyandiya, Frantsiya, Shvetsiya, Yangi Zelandiya va Yaponiya davlatlari bo'yicha) ijtimoiy maqsadlarga o'rtacha davlat xarajatlari (yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan % hisobida) OECD Social Expenditures Database 1960-2012. – Paris: OECD, 2018. Notijorat tashkilotlari faoliyatining maqsadi foyda olishga mo'ljallangan bo'lmaydi. Ularning maqomi foyda olingan taqdirda ham buni ta'sischilar o'rtasida tasimlashni man etadi. Foyda faqat muassasani rivojlantirish maqsadlariga sarflanishi mumkin. Butun iqtisodiyot, shu jumladan ijtimoiy soha ham tashkil etish iqtisodiy shakllariga ko'ra uch sektorga tasniflanadi (11.5-rasm): 1. Birinchi sektor – u davlat (munitsipial) mulkiga ega bo'lgan korxona, tashkilot va muassasalarni qamrab oladi. 2. Ikkinchi sektor – mazkur toifaga faoliyatining asosiy maqsadi foyda olish bo'lgan tijorat korxona, tashkilot va muassasalari kiradi. Ular aktsiyadorlik jamiyatlari, mas'uliyati cheklangan jamiyatlar, korxona, tashkilot va muassasalar sifatida tashkil etilgan bo'lishi mumkin. Tabiiyki, ularning mulki ham davlatniki emas, balki aktsiyadorlarga, paychilarga tegishlidir. 3. Uchinchi sektorga notijorat tashkilot va muassasalar kiradi. Ular ham foyda olishni ko'zlamaydi. Bu toifaga nodavlat notijorat tashkilotlari, jamg'armalar kiradi. Ijtimoiy soha tarmoqlari shakllanishi va tadrijiy rivojlanishi o'z tarixiga ega. Azal-azaldan bilim berish, nogironlar, nochor shaxslar, yetimlarga yordam ko'rsatish faqat oilalar, qabilalarnigina emas, shuningdek, davlat va diniy tashkilotlarning ham zimmasida bo'lgan. Davlat tomonidan ta'lim muassasalari, harbiylar va keksa kishilar uchun kasalxonalar ochilgan. Diniy tashkilotlar ham o'z mablag'lari hisobiga cherkov maktablari va madrasalar, nogironlar, yetimlar uchun kasalxonalar tashkil etgan. Аktsiyadorlik tashki-lotlari, Nodavlat notijorat Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling