B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samarqand
Davlatning ijtimoiy siyosati va uning asosiy yo'nalishlari
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy siyosatga kirish O\'quv qo\'llanma B X Azizkulov, B K Janzakov
11.5. Davlatning ijtimoiy siyosati va uning asosiy yo'nalishlari
139 Ijtimoiy siyosat – davlat tomonidan ijtimoiy rivojlanish va ijtimoiy ta'minot sohalarida Davlat dasturlari asosida amalga oshiriladigan siyosat. ―Bu borada, albatta, aholi jon boshiga to'g'ri keladigan daromad bilan bir qatorda yashash sharoiti va standartlari, aholining obod va zamonaviy uy-joylar bilan ta'minlangani, kishilar istiqomat qiladigan muhitni rivojlantirish hamda obodonlashtirish, zarur infratuzilmaning mavjudligi va uning samarasi, aholini sifatli iste'mol tovarlari, shu jumladan, mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar bilan ta'minlash, zamonaviy talablar asosida ta'lim olish hamda sog'liqni saqlash tizimidan bahramand bo'lish kabi hayot darajasini belgilaydigan muhim ko'rsatkichlar inobatga olinadi‖. Bu davlat tadbirlari ijtimoiy guruhlar, umuman, butun jamiyat a'zolari turmush darajasi va turmush sifatini oshirishga qaratilgan majmua hisoblanadi. (11.7-rasm). 11.7-rasm. Davlatning ijtimoiy siyosati strategiyasi, sub'ektlari va tamoyillari Davlatni ng ijtim oiy si yosati Ijtimoiy siyosat strategiyasi asosiy yo‘nalishlari Аholining munosib turmush darajasi va turmush sifatini taʼminlash Oila institutini mustahkamlash, onalik va bolalikni himoya qilish Inson huquq va erkinliklarini kafolatlash Ishonarli ijtimoiy muhofaza, ijtimoiy sohalarni rivojlantirish Ijtimoiy siyosat sub‘ektlari Davlat Ish beruvchilar Jamoat birlashmalari Ijtimoiy siyosat tamoyillari Ijtimoiy adolat Ijtimoiy mas‘uliyat Ijtimoiy sherikchilik Ijtimoiy kafolatlar 140 Ijtimoiy siyosat sub'ektlari davlatning qonun chiqaruvchi va ijroiya organlari, ish beruvchilar, kasaba uyushmalari va boshqa jamoat birlashmalari hisoblanadi. Davlatning ijtimoiy siyosati quyidagi tamoyillarga tayanadi: • ijtimoiy adolat; • ijtimoiy mas'uliyat; • ijtimoiy sherikchilik; • ijtimoiy kafolatlar. Ijtimoiy siyosatning asosiy vazifalari sifatida milliy iqtisodiyotning barqaror o'sishini rag'batlantirish va ishlab chiqarishni iste'mol manfaatlariga bo'ysundirish, mehnat motivatsiyasini kuchaytirish, tadbirkorlikni har taraflama qo'llab- quvvatlash, aholining munosib turmush darajasi va turmush sifatini ta'minlash, ijtimoiy himoya qilish, madaniy merosni, milliy o'zlik va an'analarni rivojlantirish ko'rsatiladi. Davlat ijtimoiy siyosatining asosiy mezoni – aholi turmush darajasi va turmush sifatidir. Aholining turmush darajasi odamlarning zarur moddiy va ma'naviy ne'matlar bilan ta'minlanganligi, shuningdek, inson taraqqiyoti – bilimi, salomatligi, shaxsiy ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlari hamda uning yashash shart-sharoitlari – uy- joyga egaligi, atrof-muhitning ahvoli, iqtisodiy va ijtimoiy xavfsizligidir. Aholi turmush darajasining ma'naviy ehtiyojlar qondirilishida esa maktab yoshigacha (0–6 yosh) bo'lgan bolalarning maktabgacha tarbiya-ta'lim muassasalari bilan qamrab olinishi, umumiy savodxonlik darajasi, nashr etilayotgan adabiyotlar, matbuot hajmi, axborot vositalari va kompьyuterlar bilan ta'minlanganlik, maktablar, o'rta maxsus va oliy o'quv yurtlari, ularda tahsil olayotganlar soni va hokazolar hisobga olinadi. Turmush darajasi ko'plab omillar ta'sirida o'zgarib turuvchi dinamik jarayondir. Bir tomondan, turmush darajasi muntazam o'zgarib turuvchi turli ne'matlarga ehtiyojlarning tarkibi va katta-kichikligi bilan belgilanadi, ikkinchi tomondan esa, bozordagi tovar va xizmatlar, aholi daromadlari, xodimlar ish haqlarining holatidan kelib chiqqan holda, ehtiyojlarni qondirish imkoniyati bilan cheklanib qoladi. Shuning uchun aholi turmush darajasi quyidagicha tasniflanadi: • to'kin-sochinlik (inson barkamol rivojlanishini ta'minlovchi ne'matlardan to'liq foydalanish imkoniyati); • normal daraja (inson jismoniy va intellektual qobiliyatlarini takror hosil qilishni ta'minlovchi ilmiy asoslangan oqilona iste'mol darajasi); • kambag'allik (ishchi kuchini takror hosil qilish uchun moddiy ne'matlardan ularning quyi chegarasi doirasida foydalanish imkoniyati); • qashshoqlik (moddiy ne'matlardan biologik mezonlar asosida minimal darajada foydalanish). 141 Aholi turmush sifatini aks ettiruvchi birinchi xalqaro ko'rsatkichlar tizimi 1960 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan. Hozirgi vaqtda u 12 ta asosiy ko'rsatkichlar guruhini qamrab olgan (11.8-rasm). Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling