B. X. Shaymatov, M. Q. Jo‘raev elektrotexnik materiallar
Dielektriklarning qutblanish va singdiruvchanligi. Dielektriklarning qutblanish turlari
Download 1.89 Mb.
|
ishlanadigan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’z va iboralar
2.3 Dielektriklarning qutblanish va singdiruvchanligi. Dielektriklarning qutblanish turlari
Reja: Dielektriklarning qutblanish turlari Transformatorning T-simon sxemasi Transformatorni birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlar Tayanch so’z va iboralar: Dielektriklar, o’tkazgichlar, elektron, molekula, paramagnitlar, izolyatsiya, ionli, metalli, elektronli bog’lanish, polietilen, elektronning qutblanishi, Segnetoelektrik materiallar, Tarkibiy qutblanish, relaksatsiya, sellyuloza, Dipol relaksatsion qutblanish, kristall panjara, Elektronning qutblanishi. Dielektrikning tarkibi va agregat holatiga bog‘liq holda qutblanish hodisasi ikki turga bo‘linadi.Birinchi turdagi qutblanish hodisasi dielektrikda elektr maydoni ta’sirida juda tez, bir lahzada ro‘y berib, energiya sarfini talab etmaydi va issiqlik ajralib chiqmaydi.Ikkinchi turdagi qutblanish hodisasi dielektrikda energiya sarfining ortishi va kamayishi hamda issiqlik ajralishi bilan bog‘liq bo‘lib, u asta-sekinlik bilan ro‘y beradi. Qutblanishning bunday turi r ye l a k s a ts i o n qutblanish deyilib, u lotin tilida z a i f l a sh m o q ma’nosini bildiradi. E l ye k t r o n va i o n qutblanish birinchi turga mansubdir, qolgan turlar esa relaksatsion qutblanishga kiradi. Qutblanishning asosiy mexanizmi rezonans hodisasiga asoslangan bo‘lib, dielektrikda yorug‘lik chastotasiga teng muddatda sodir bo‘ladi. Shu sababli elektrotexnika sohasining amaliy jarayonlarida bu hodisa uncha katta ahamiyatga ega emas. Dielektrikli kondensatorning sig‘imi va unda yig‘iladigan zaryad miqdori dielektrik materialida kechuvchi bir qancha qutblanish turlariga bog‘liq. Qutblanish hodisasining mexanizmlarini har xil dielektriklarda yoki ayni olingan biror-bir murakkab tarkibli dielektrik materialda bir vaqtda yoppasiga kuzatish mumkin. Bu jarayonni o‘rganish uchun dielektrikning ekvivalent sxemasini chizamiz (3.3-rasm). 3.3-rasm. Murakkab tarkibdagi har xil qutblanish hodisasini sodir etuvchi dielektrikning ekvivalent sxemasi. Ushbu sxema kuchlanish manbai «U» ga bir nechta parallel ulangan «S» sig‘imlardan, qutblanish jarayoniga mos keluvchi zaryad miqdori «Q» lardan tashkil topgan (S va Q ga qo‘yilgan indekslar esa qutblanish turini bildiradi). Masalan, So va Qo vakuumda joylashgan elektrodlarning sig‘imi va zaryadini anglatadi. So va Qo ga vakuumda joylashgan elektrodlar orasida ro‘y beruvchi elektronlarning qutblanish jarayoni sifatida qarashimiz mumkin. Bu yerda U-kuchlanish manbai; So va Qo-vakuumdagi sig‘im va zaryad; S va Q-indekslar bilan; elektron, ion, dipol relaksatsion, ion relaksatsion, elektron relaksatsion, tarkibi, erkin qutblanishning sig‘im va zaryad miqdori; R-qarshilik indekslari bilan, qutblanish mexanizmlaridagi energiya isrofiga teng keluvchi ekvivalentli qiymat; Rmux-dielektrik orqali o‘tuvchi yelvizak tokka qarshi muhofazaning qarshiligi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling