B. X. Shaymatov, M. Q. Jo‘raev elektrotexnik materiallar
Download 1.89 Mb.
|
ishlanadigan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taqrizchilar: Maxmudov M.I.-BuxMTI “Energoaudit” kafedrasi
B.X.SHAYMATOV, M.Q.JO‘RAEV ELEKTROTEXNIK MATERIALLAR Oliy o‘quv yurtlar uchun O‘QUV QO‘LLANMA BUXORO-2023 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS VAZIRLIGI BUXORO MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYALAR INSTITUTI B.X.SHAYMATOV, M.Q.JO‘RAEV ELEKTROTEXNIK MATERIALLAR O‘quv qo‘llanma 5310700- Elektr texnikasi,elektr mexanikasi, elektr texnologiyalari va 5310200 –Elektr energetikasi (tarmoqlar bo‘yicha) yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan Buxoro-2023 UDK
ISBN “Elektr mashinalari ”.O‘quv qo‘llanma. B.X.Shaymatov, M. Jo‘raev Buxoro: BMTI, 2021 y.-209 b. Taqrizchilar: Maxmudov M.I.-BuxMTI “Energoaudit” kafedrasimudiri,t.f.d., profQurbonov.Sh.M Buxoro HETK AJning ODX boshlig’iUshbu o‘quv qo‘llanma texnika oliy o‘quv yurtlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, davlat ta’lim standarti asosida tayyorlangan. Qo‘llanma elektr mashinalarining ideallashtirilgan holatlari ilg‘or pedagogik usullar asosida yoritilgan bo‘lib, u elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash jarayonida butun energetik tizimning elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari sohasi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlashda umumkasbiy va maxsus fanlar uchun baza hisoblanadi. O‘quv qo‘llanma texnika oliy o‘quv yurtlarining 5310700-“Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari” va 5310200-“Elektr energetikasi” ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun mo‘ljallangan, shuningdek elektr mashinasi va yuritmalariga oid texnika bilan shug‘ullanuvchilar uchun foydalidir. Учебное пособия предназначен для технических вузов и основан на государственном образовательном стандарте. Пособие охватывает идеализированные случаи электрических машин на основе передовых педагогических методов, что является основой для общих и специальных дисциплин при подготовке бакалавров по электротехнике, электромеханике и электротехнике всей энергосистемы в производстве, передаче и распределение электроэнергии. Учебное пособия предназначен для студентов технических вузов по направление 5310700-«Электротехника, электромеханика и электротехника» и 5310200-«Электроэнергетика» а также для тех, кто занимается электротехникой. The textbook is intended for technical universities and is based on the state educational standard.The manual covers idealized cases of electrical machines based on advanced pedagogical methods, which is the basis for general and special disciplines in the preparation of bachelors in electrical engineering, electromechanics and electrical engineering of the entire power system in the production, transmission and distribution of electricity. The textbook is intended for students of technical universities in the direction of 5310700-"Electrical Engineering, Electromechanics and Electrical Engineering" and 5310200-"Power Engineering" as well as for those who are engaged in electrical engineering. Kirish Fan-texnika taraqqiyotining o‘sishi, yangidan-yangi materiallarning kashf etilishi bilan birga yangi materiallarni yaratish, ularning sifatini oshirishiga olib keladi. Mustaqil O‘zbekistnonimizning bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida yetuk kadrlarni zamonaviy, raqobatbardosh bo‘lishlari uchun qo‘shma korxonalarning texnologiyalarini to‘liq egallashlari, texnologik jarayonlarni puxta bilishlari kerak. Shuning uchun yuqori sifatli maxsulotlar olish (elektr energiyasi ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berish) texnologiyalarini yaratish, ekspluatasiya qilishda materiallarning turi, klassifikasiyalari, qo‘llanilish soxasi, elektrik kattaliklari, zaif tomonlari va ularni bartaraf etish choralarini bilish juda muximdir. Elektrotexnik materiallarni texnika soxasida qo‘llash, foydalanish tomonlari noaniqligi XIX asrning boshlariga kelib muhim bir to‘xtamga keldi. Amaliyotda 1802 yil akademik V.V.Petrov tomonidan ETM yordamida kuchli elektr energiya manbasi (kondensator) kashf qilindi. Bu 8400 ta mis va qurg‘oshin disklarni (moy shimdirilgan qog‘ozlarga o‘ralgan) orasidagi turli EYUKlar xisobiga xosil bo‘lgan batareya edi. Birinchi marta batareya yordamida elekr yoy xosil qilindi. Keyingi yillarda 1832 yil rus olimi P.L.Shilling elektr magnit telegraf, 1872 yilda Lodqgin ko‘mir chirog‘i, 1876 yilda elektr chirog‘i (svecha) boshlang‘ich elektr chiroqlari kashf etildi. Yuqoridagi barcha kashfiyotlar o‘tkazgichlar magnit materiallar va izolyasiyalovchi materiallar yordamida bajarilgan. Elektrotexnikaning tez o‘sishida oldinga quyilgan vazifani tez va sifatli uddalashda ETMlarni to‘g‘ri tanlay bilish katta rolo‘ynaydi. Xozirgi paytda texnik materiallarni fizik, mexanik va ximiyaviy xususiyatlarni chuqur o‘rganish va ularni tadbiq etish yordamida yangi ETMlar olinmoqda. Yuqori sifatli elektrotexnik materiallar olish maqsadida muxandis-elektriklar mutaxassislarini tayyorlashda mutaxassis kurs "ETM" kiritilgan bo‘lib, bunda: 1) Elektrotexnikada qo‘llaniladigan materiallarning nazariy asoslari. 2)Elektrotexnik materiallarning klassifikasiyalari. 3)Asosiy xarakteristikalari. 4)Elektrotexnik materiallarning texnologiyasining asosiy xususiyatlari va xokazo. Ba’zi bir kattaliklarning belgilanishi γ- solishtirma o‘tkazuvchanlik. Elektrotexnik materiallar elektrik xossalariga ko‘ra o‘tkazgich (o‘tkazuvchilar), dielektrik (o‘tkazmaydiganlar) va yarim o‘tkazgichlarga ajraladi. Qattiq jismlarning nazariy energetik diagramma jixozlarida qurish mumkin. Turli buyumlarni gaz ko‘rinishidagi holatidagi spektrlarni tekshirganda atomlar bir biriga nisbatan uzoq masofada turgan holatda ya’ni har bir buyumning atomlarini aniqlovchi spektral liniyalar xosil qiladi. Bu esa turli atomlar uchun energetik holat (satx)ni ifodalaydi. Normal holatda bu satxning bir qismi elektronlar bilan to‘ldiriladi (ya’ni atomning holati ko‘zg‘atilmagan normal holat), qachonki atom tashqi energetik ta’sirida ko‘zg‘aladi. Gaz ko‘rinishidan suyuq holatga keyin qattiq holatga o‘tganda elektronlar bilan to‘ldirilgan qismlari orasida butun energetik satx zonalari xosil bo‘ladi. Energetik satx zonalaridan kelib chiqqan xolda dielektriklar ta’qiqlovchi zonasi shunchalik katta bo‘ladi. O‘tkazgichlar bu materiallarda elektronlarning xarakatini butun energetik zonada bo‘lib, balki materiallarni to‘la qoplaydi. Jismlarning atomlarini energetik xossalari turlichadir. Masalan: uglerod olmos ko‘rinishida dielektrik bo‘ladi, grafit ko‘rinishida o‘tkazgich bo‘ladi. Ⅰ-BOB. ELEKTROTEXNIK MATERIALLAR FANI BO‘YICHA UMUMIY TUSHUNCHALAR Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling