1.2.1-rasm. Geliy molekulasining o‘zaro ta’sirlashisha: a-atomlarning bir-biriga tortilishi; b-atomlarning bir-biridan itarilishi.
Chunki yadroga yaqin joylashgan elektronlar yadro atrofida o‘ziga xos elektron bulutini hosil qilib, tashqi elektronlarni yadroga tortilish kuchini pasaytiradi (1.2-rasm). Binobarin, tashqi qobiqning valentli deb atalmish elektronlari yadro bilan kuchsiz bog‘langandir. Ular bir atomdan uzilib boshqa atomga birikadi, natijada unda tashqi elektronlar qobig‘ini hosil qiladi. Bunday elektronlar erkin elektronlar deyiladi. Bir yoki bir nechta elektron ajralib chiqqan atomning zaryadi musbatga aylansa, bir yoki bir nechta elektronni biriktirib olgan atom esa manfiy zaryadliga aylanadi. Ularning birikishi natijasida hosil bo‘lgan zaryadli zarrachalar ionlar deyiladi. Agar molekulaga, elektr nuqtai nazaridan nisbat berilsa qutbli, qutbsiz molekula yoki ion iborasi ishlatiladi (musbat, manfiy, neytral ion).
1.2.2-rasm. Atomdagi elektronlarning harakat trayektoriyasi: a-elektr maydon ta’sir etmagandagi, b-elektr maydon ta’sir etgandagi, v-elektr maydon ta’sirida tashqi elektronning erkinlashuvi.
Kimyoviy tarkibiga ko‘ra bir element atomlari tashqi valentli elektronlar hisobiga boshqa elementning atomlari bilan birikib molekulani hosil qiladi. Molekula moddaning kimyoviy xossasini saqlab qoluvchi eng kichik zarrachadir. Atomlar va molekulalarning birikishiga sabab bo‘luvchi bir qancha bog‘lanish turlari mavjud. Jismlarning bog‘lanish turlari haqidagi ma’lumotlarni keyingi boblarimizda ko‘rib chiqamiz.
Nazorat savollari.
Hozirgi zamon elektrotexnikasi roli qanday?
Hozirgi zamon elektrotexnikasi va radiotexnikasi ishlatilishi qanaqa?
Hozirgi zamon elektrotexnikasi va radiotexnikasida elektrotexnik materilallar o’rni?
1.3 Moddalar va jismlarning bog‘lanish turlari. Kovolent bog‘lanish
Reja:
Moddalar va jismlarning bog‘lanish turlari
Qattiq jismlarning kristall panjaralari
Qattiq jismlarning zonalar nazariyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |