B. X. Shaymatov, M. Q. Jo‘raev elektrotexnik materiallar


Download 1.89 Mb.
bet10/52
Sana01.11.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1738772
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   52
Bog'liq
ishlanadigan

Tayanch so’z va iboralar :Dielektriklarda elektr o’tkazuvchanlik, o’tuvchi toklar, mustaqil va nomustaqil elektr o’tkazuvchanlik, solishtirma sirtiy va xajmiy o’tkazuvchanlik ,solishtirma qarshilik.
O‘tkazgich sifatida qattiq, suyuq, gazsimon jismlar ishlatilishi mumkin. Elektrotexnikada asosiy o‘rin tutadigan o‘tkazgich materiallar qattiq jism metallar va qotishmalar muxim rol o‘ynaydi. Metall o‘tkazgichlar asosida yuqori o‘tkazuvchanlik metallar normal xaroratga 0,05 mk Om.m , yuqori qarshilikli qotishmalar normal xaroratda 0,3 mk Om.m bo‘lib, materiallardan sim, kabel tolalari, elektr mashinalari va transformator cho‘lg‘amlari, yuqori qarshilikli qotishmalardan esa rezistor, isituvchi qurilmalar, chiroq tolalari tayyorlanadi. Yana bir guru’ o‘tkazgichlar juda kichik qarshilikli past haroratda esa bo‘ladigan materiallar o‘ta o‘tkazgichlar, krioo‘tkazgichlar ham muhim o‘rin tutadi. Suyuq o‘tkazgichlarda suyuq ko‘rinishdagi eritilgan metall bug‘lari va elektrolitlar kiradi. Eritilgan metallardan biri simob –390 S da eriganligi uchun normal sharoitda suyuq o‘tkazgich sifatida, qolgan metalli eritmalarni yuqori temperaturada ishlatiladi.
O‘tkazgichlarning solishtirma o‘tkazuvchanlik va solishtirma qarshiligi. Tok zichligi (A/M) va elektr maydon kuchlanganligi Ye (V/M) orasidagi munosabat quyidagi formula bilan ko‘rsatiladi. (Om qonuning differinsial formasi).
J = γ E (7)
Bu formulada γ simens/m) o‘tkazgichning o‘z xususiyatiga tegishli bo‘lgan parametr bo‘lib, uning solishtirma o‘tkazuvchanligi deyiladi. Unga teskari bo‘lgan qiymat solishtirma qarshiligi deyiladi. Qarshiligi R, uzunligi va ko‘ndalang kesimi yuzasi S bo‘lgan o‘tkazgich uchun o‘lchov birliklari asosidagi munosobat quyidagicha bo‘ladi.
ρ =RS/ℓ (8)
ρ colishtirma qarshilik o‘tkazgichlarda 0,016 mkOm.m dan (kumush uchun) 10 mkOm.m gacha bo‘lishi mumkin. Solishtirma qarshilikning xarorat koeffisiyeti Temperatura oshsa metall o‘tkazgichdagi bo‘sh elektronlar soni bari bir o‘zgarmaydi. Lekin kristal panjaralarining temperatura ta’sirida kengayishi natijasida elektr maydoni ta’sirida elektronlarning erkin yugirish masofasi kamayadi va natijada solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi kamayadi, solishtirma qarshiligi ortadi. Toza metallarning qattiq holatidagi ideal gazlarning tarqalishini temperatura koeffisiyentiga yaqin.
ТКρ = αρ =1/ ρ . dρ /dT (9)
αρ ning qiymatlari ba’zi ferromagnit materiallar, metallar (temir, nikel, kobalt) uchun yuqori.
1/273=0,0037 К-1
Mis. Solishtirma qarshiligi kichik bo‘lib, (ρ=0,017 Om.m) mexanik mustaxkamligi katta, zanglashga chidamli, detallar yasashga va payvandlashga qulay xisoblanib, lekin defesit metall. Misni olinish texnologiyasi asosan, sulfid rudalarini qayta ishlov jarayonida olinadi. Bir necha marta mis rudasini bug‘lash, kuydirish eritish yo‘li bilan elektrotexnikada keng qo‘llaniladigan material olinadi. Misni qalay kremniy fosfor, beriliy, magniy va kadmiy bilan aralashmalari bronza deyiladi. Misni qo‘rg‘oshin bilan aralashmasi latun deyiladi. Bronza va latun misni xar xil mexanik xususiyatini yaxshilaydi masalan cho‘zilishga chidamliroq bo‘ladi. Alyuminiy. Yengil rangli metall zichligi (2,7mg/m) misga ko‘ra 3,5 marta yengil. Solishtirma qarshiligi misga ko‘ra 1,63 marta katta. Alyuminiy tezda oksid parda bilan qoplanadi. Bu uning yana zanglashidan saqlaydi. Alyuminiy qattiq eritmalari yuqori mustaxkamlikka ega. Alyuminiyni o‘zini mexanik mustaxkamligi juda kam bo‘lganligi uchun eritmalaridan foydalaniladi masalan:
Aldrey 0.3-0.5% Mg, 0.4-0.7% Si va 0,2-0.3% Fe ga ega.
Aldrey uchun Qr=350 MPa l\l = 6.5%
l=23 10-6 K-1 =0,0036 K-1 = 0317 mkOM.m
Aldreyning mexanik mustaxkamligi misga yaqin bo‘lsa ham alyuminiydek yengil.
Po‘lat - eng arzon mexanik mustaxkamligi katta material. Lekin misga ko‘ra 6-7 marta o‘tkazuvchanligi kam. O‘tkazgich sifatida temir yulda, tramvay, metroda rels orqali tok o‘tkazuvchi hollarda qo‘llaniladi.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling