B. X. Xodjaev umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti pedagogika ta’lim sohasi bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun darslik «Sano-standart»


Download 3.51 Mb.
bet147/152
Sana01.11.2023
Hajmi3.51 Mb.
#1738094
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   152
Bog'liq
ХОДЖАЕВ

Pedagogik haqqoniylik – o’qituvchinig obyektivlik mezoni, uning ma’naviy tayyorgarlik darajasi.
Proektiv malaka – malakaning maxsus turi bo’lib, kutilgan pedagogik natijalarni konkret ta’lim va tarbiya rejalarida aks ettiradi.
Preskreptiv – me’yoriy.
Psixologiya – 1) shaxsning obyektiv borliqni faol aks ettirish jarayonini o’rganuvchi fan; 2) ma’lum bir faoliyat turining o’zaro shartlangan psixik jarayonlar to’plami; 3) psixika, xarakter xususiyati, ko’ngil xazinasi.
Ratsionalizatsiya – metodlarni yoki biror ish - harakatni takomillashtirish.
Releksatsiya – kuchli hayajon va jismoniy zo’riqishdan so’ng engil tortish, tinchlanishning umumiy holati.
Retrospektiv – o’tmishga murojaat etish.
Refleksiv malaka – pedagogga nisbatan qo’llanadigan nazorat - baholash faoliyati.
Refleksiyatakrorlash, aks etish, o’z harakatlari va holatlarini tahlil qilish.
Rivojlanishning ehtimollik nazariyasi – shaxs psixikasi rivojlanishining har bir davrini tasodifiy faktlar yig’indisiga ko’ra belgilashga asoslangan nazariya va u avvalgi rivojlanish davridagi erishilgan sathga nisbatangina bog’liq bo’ladi.
Rol ijro etish – qatnashuvchilarning yakka va guruh bo’lib turli rollarda (sahnada) chiqishi, obrazga kirishi.
Ruhiy pedagogik tayyorgarlik – pedagogikaning metodologik asoslari va kategoriyalarini, shaxsning ijtimoiylashuvi va taraqqiyoti qonuniyatlari, ta’lim va tarbiyaning mohiyati, maqsadi va texnologiyalarini bilish.
Suggestiya – uqtirish, to’la ishonch hosil qilish.
Suhbat – kuzatuv chog’ida etarli darajada aniq bo’lmagan zarur axborotni olish uchun qo’llanadigan tadqiqot metodi.
Tadqiqot obyekti – ziddiyat va muammoli vaziyat tug’diruvchi, bilishga qaratilgan ilmiy tahlilga muhtoj obyekt.
Tadqiqot predmeti – bevosita o’rganilishi lozim bo’lgan va amaliy yoki nazariy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadigan obyektning mohiyati, ma’lum bir tomoni, xususiyati.

Download 3.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling