B. Ye. Bolshakov


Download 149.61 Kb.
bet8/12
Sana30.08.2023
Hajmi149.61 Kb.
#1671432
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1.2. -

Rivojlanish tendensiyalarini izohlovchi o‘sish sur’atlari bo‘yicha takomillashtirilgan ilgarilab ketish koeffitsientining qiymatlarini talqin etish shkalasi30

Koeffitsient qiymatlari

Koeffitsient qiymatlarining talqini

-0,99 – -0,15

Nisbatan o‘ta sust rivojlanish tendensiyalari

-0,15 – -0,05

Nisbatan sust rivojlanish tendensiyalari

-0,05 – 0,05

Mutanosib rivojlanish tendensiyalari

0,05 – 0,15

Nisbatan yuqori rivojlanish tendensiyalari

0,15 – max

Nisbatan o‘ta yuqori rivojlanish tendensiyalari


Takomillashtirilgan ilgarilab ketish koeffitsienti quyidagi xollarda qo‘llash mumkin:

  • iqtisodiyotning istalgan o‘sish ko‘rsatkichlarining mutanosib rivojlanishini aniqlashda;

  • ishlab chiqarishning kelgusi qiymatlarini rejalashtirish orqali tarmoq o‘sish sur’atlarining maqbul qiymatlariga erishish uchun ishlab chiqarish hajmini mutanosib oshirib borishda;

  • investitsiyalarni sanoat tarmoqlar bo‘yicha diversifikatsiyalashda;

  • umumiy o‘sish fonida nisbatan nomutanosib o‘sayotgan tarmoqlarni aniqlashda;

  • bir ko‘rsatkichning o‘sish sur’atlari boshqasidan necha foizga ilgarilab ketganligi yoki ortda qolganligini aniqlashda.

Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, ushbu koeffitsient o‘sish darajasini anglatmay, balki bir ko‘rsatkich o‘sish darajasiga nisbatan ikkinchi ko‘rsatkich oqsayotganligi, mutanosib o‘sayotganligi yoki ilgarilab ketayotganligini bildiradi.
Afzalliklari:

  • aynan qancha foizga ilgarilaganligi yoki ortda qolganligini ko‘rsatishi;

  • taqqoslama narxlarda hisoblash imkoniyati mavjudligi;

  • iqtisodiyotning istalgan o‘sish ko‘rsatkichlarining mutanosib rivojlanayotganligini aniqlashda qo‘llanilishi mumkinligi;

  • baholash shkalasi mavjudligi;

  • hisob-kitoblar murakkab emasligi;

  • tarkibiy o’zgarishlarning hisobga olinishi.

Kamchiliklari:

  • ushbu taklif etilayotgan koeffitsient kamchiligi shundan iboratki, agar maxrajdagi o‘sish ko‘rsatkichi undan oldingi davrga nisbatan 0% o‘zgargan bo‘lsa, bu holatda koeffitsient qiymatga ega bo‘lmaydi.


1.2.1-rasm. Qurilish materiallari sanoati rivojlanish tendensiyalarini uning o‘ziga xos xususiyatlari va jarayonlariga bog‘liq ravishda tadqiq etishning matematik va ekonometrik usullari tizimi31
Qurilish materiallari sanoati rivojlanish tendensiyalarini tadqiq etish va modellashtirish - tarmoqning joriy va kelgusida mumkin bo‘lgan holatini baholash va shu asosda uning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatish zaruriyati sababli ahamiyatlidir. Ushbu jarayonda mazkur sanoat tarmog‘iga xos xususiyatlar va jarayonlarni aniqlash, ularni tahlil etishning matematik usullarini belgilash lozim bo‘ladi.
Qurilish materiallari sanoati tendensiyalarini keng qamrovli tadqiq etish va modellashtirishda uning o‘ziga xos xususiyat va jarayonlaridan kelib chiqib, 1.2.1-rasmdagi matematik va ekonometrik usullari majmuini qo‘llash istiqboldagi boshqaruv qarorlari uchun har tomonlama to‘liq va ishonchli ma’lumotlar olish imkonini beradi degan fikrdamiz.

Download 149.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling