B. Ye. Bolshakov
Download 149.61 Kb.
|
1.2. -
1. Ko‘rsatkichlar tizimi. Sanoat tarmoqlari har biri, shu jumladan qurilish materiallari sanoati o‘ziga xos bo‘lgan, boshqa tarmoqlardan ajratib turadigan hususiyatlarga ega. Ishlab chiqarishning texnik va texnologik farqlanishi, ishlab chiqarilayotgan mahsulot va boshqalar tarmoqlar o‘ziga xosligini yanada oshiradi va har bir tarmoq tahlilida o‘ziga xos yondashishni talab qiladi. Tarmoqlar rivojlanish tendensiyalari serqirraligi esa uni yagona ko‘rsatkich bilan baholash orqali tadqiq etish imkonini bermaydi. Shu tariqa, ma’lum bir sanoat tarmog‘i, shu jumladan qurilish materiallari tarmog‘ining rivojlanish tendensiyalarini tadqiq etishda shunday ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish lozim bo‘ladiki, u orqali ushbu tarmoq rivojlanish tendensiyalari haqida iqtisodiy jarayonga eng mos va ishonchli ma’lumotlar olish imkoni bo‘lishi kerak. Shu bilan birga bu ko‘rsatkichlar tizimi nafaqat qurilish materiallari tarmog‘iga xos bo‘lgan, balki barcha sanoat tarmoqlari uchun umumiy bo‘lgan ko‘rsatkichlarni ham qamrab olishi lozim.
Qurilish materiallari tarmog‘i rivojlanish tendensiyalarining ko‘rsatkichlar tizimi uning asosiy rivojlanish tendensiyalarini har tomonlama tavsiflovchi va ular o‘rtasidagi bog‘liqliklarni aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar jamlanmasidan iborat. Ko‘rsatkichlar tizimi yordamida tarmoq mahsulotlari ishlab chiqarish va sotish, mehnat unumdorligi, ish vaqtidan foydalanish, xodimlar soni dinamikasi va tarkibi, mahsulot tannarxi, uning sifati, darajasi, ish haqi tarkibi o‘rganiladi10. Zero, tarmoq ishlab chiqarishi ko‘rsatkichlari ishlab chiqarish jarayonlariga bog‘liq ravishda shakllanadi: ishlab chiqarish vositalaridan, mehnat predmetlaridan, mehnat resurslaridan foydalanish bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar, ishlab chiqarish va sotish ko‘rsatkichlari, tannarx bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar, foyda va rentabellik ko‘rsatkichlari, moliyaviy holatni belgilovchi ko‘rsatkichlar. Shu o‘rinda ko‘rsatkichlar tizimiga bir qancha talablar qo‘yiladiki, ular qurilish materiallari tarmog‘i rivojlanish tendensiyalarini har tomonlama tavsiflashi, iqtisodiy tahlil va prognozga yaroqli bo‘lishi, jarayonlar sabablarini izohlashi, ishonchli bo‘lishi, dinamik bo‘lishi kerak. Shuningdek, ko‘rsatkichlar tizimi boshqaruv qarorlarini shakllantirish uchun sodda, tushunarli va talqin qilish oson bo‘lishi, u taqdim etadigan ma’lumotlar esa tarmoq joriy holatiga mos bo‘lishi kerak. Umuman statistikada11 ko‘rsatkichlar umumlashtirilib, mutlaq, nisbiy va o‘rtachani ifodalovchi ko‘rsatkichlarga ajratgan. Iqtisodiy tahlilda sanoat tarmoqlari, shu jumladan qurilish materiallari sanoati va uning rivojlanish tendensiyalarini tadqiq etish uchun turli xil ko‘rsatkichlar: nisbat ko‘rinishidagi, ulush ko‘rinishidagi, aholi jon boshiga hisoblanadigan, tuzilmani ifodalaydigan, maqsad qiymatlariga erishishni ifodalaydigan, indeks ko‘rinishidagi va boshqa ko‘rsatkichlar hisoblab chiqilib, ular olimlar tomonidan turli belgilar bo‘yicha guruhlangan. N.K. Borisyuk, L.X. Muxsinova12 lar tadqiqotlarida ko‘rsatkichlar tizimini mutlaq texnik-iqtisodiy ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari, nisbiy ishlab chiqarishning texnik-tashkiliy darajasi ko‘rsatkichlari va ishlab chiqarish hamja resurslardan foydalanish samaradorligi guruhlariga ajratishgan. A.G. Granberg13 ilmiy izlanishlarida esa tarmoqlar makroiqtisodiy hususiyatlarini mahalliylashganlik darajasi, ixtisoslashganlik darajasi, tarmoq ishlab chiqarish qobiliyati, tovar almashinish va jon boshiga ishlab chiqarish koeffitsientlari orqali ifolash o‘z aksini topgan. Bir guruh iqtisodchi olimlar14 fikriga ko‘ra, qurilish materiallari tarmog‘i rivojlanishi tahlilida quyidagi ko‘rsatkichlar muhim hisoblanadi: ishlab chiqarish dinamikasi, tarmoq korxonalari moliyaviy holati, mehnat salohiyatidan foydalanish, kapital qo‘yilmalar, ishlab chiqarishni material-xom ashyo resurslari bilan ta’minlash, tarmoqning atrof-muhitga ta’sirini ifodalovchi ko‘rsatkichlar, alohida tarmoqlarga xos boshqa texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar. Shuningdek, tahlillardan shuni ma’lum bo‘ldiki, qurilish materiallari tarmog‘i rivojlanish tendensiyalarini tadqiq etishda quyidagi ko‘rsatkichlar uning holati haqida ma’lumot beruvchi muhim axborot indikatorlari sifatida namoyon bo‘ladi: ishlab chiqarish hajmi, qo‘shilgan qiymat, iste’mol mahsulotlari narxlari indeksi, mahsulotlar narxlari indeksi, asosiy vositalarga investitsiyalar, ekport hajmi, import hajmi, tarmoqda band bo‘lgan ishchi-xodimlar soni, o‘rtacha ish haqi va boshqalar. Aynan qurilish materiallari sanoati ko‘rsatkichlari tizimini shakllantirishda mana shu indikatorlar muhim o‘rin tutishi kerak. Fikrimizcha, umumiy sanoat tarmolariga oid ko‘rsatkichlarni tahlil qilish natijasida, qurilish materiallari tarmog‘i rivojlanish tendensiyalarining ko‘rsatkichlarini ular ifodalayotgan qiymatlar mohiyatidan kelib chiqib quyidagicha guruhlash mumkin: o‘sish sur’atlarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar – bu qurilish materiallari tarmog‘ida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining avvalgi davrlarga qaraganda o‘zgarishini ifodalovchi mutlaq va nisbiy ko‘rsatkichlar; rivojlanish holati va hususiyatlarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar – ma’lum bir davr oralig‘ida tarmoq ko‘rsatkichlari o‘zgarishi natijasida uning hususiyatlarini belgilovchi ko‘rsatkichlar; samaradorlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar – nisbiy ko‘rsatkichlar hisoblanib, qurilish materiallari tarmog‘i natijalarining resurslar ko‘rinishidagi xarajatlariga nisbati; tuzilmaviy o‘zgarishlarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar – qurilish materiallari sanoati tarkibida quyi tarmoqlar ishlab chiqarish xajmi ulushi o‘zgarishini ifodalovchi ko‘rsatkichlar; ulushni ifodalovchi ko‘rsatkichlar – bu qurilish materiallari tarmog‘ining umumiy sanoat ishlab chiqarishidagi hajmini ifodalovchi foiz ko‘rinishidagi ko‘rsatkichlar; iqtisodiy o‘sish darajalarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar – bu ko‘rsatkichlarga aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan qurilish materiallari, bir ishchi-xodimga to‘g‘ri keladigan mahsulot kabi ko‘rsatkichlar kiradi. Biz yuqoridagi guruhlashdan kelib chiqib, qurilish materiallari tarmog‘i va uning rivojlanish tendensiyalarini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqdikki, unda asosan mazkur tarmoq rivojlanish tendensiyalarini har tomonlama tadqiq etishda va ular o‘rtasidagi bog‘liqlikni aks ettirishda ahamiyati yuqori deb topilgan ko‘rsatkichlar tizimlangan (1.2.1-jadval). 1.2.1-jadval Download 149.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling