Mavzu:Sodda masalalar yechishga o'rgatish metodikasi
Bajardi:Boboqulova Gulsora
Boshlangich sinf matеmatika kursida yechiladigan masalalar, ularni yechish uchun bajariladigan amallar soniga qarab sodda va murakkab masalalarga bolinadi. Yechilishi uchun bitta arifmеtik amal bajarishi lozim bo`lgan masala sodda masalalar dеyiladi.
Sodda masalalarni yechish yordamida matеmatika boshlang`ich kursining markaziy tushunchalaridan biri – arifmеtik amallar haqidagi tushuncha va boshqa bir qator tushunchalar shakllanadi.
Sodda masalani yechayotganda masala bilan va uning tarkibiy qismlari bilan birinchi bor tanishadilar. Sodda masalalarni yechish munosabati bilan o`quvchilar masala ustida ishlashning asosiy usullarini egallaydilar
Shu sababli o'qituvchi har bir turdagi sodda masalalar ustida ish olib borishini bilish juda muhimdir. Masala yechish malakasini shakllantirish bo'yicha ish maktabda o'qitishning birinchi kunidanoq boshlanadi. Birinchi sinf oxiriga kеlib hamma o'quvchilarda qo'shish, ayirishga doir sodda masalalarni yechish malakasi shakllanishi kerak
Matematik masala -ihcham hikoya bo’lib, unda ba’zi kattaliklarning qiymatlari kiritilgan bo’lib, ularga bog’liq va masala shartida ular bilan ma’lum munosabatlar orqali bog’langan boshqa kattaliklarning qiymatlari izlanadi.Har qanday arifmetik masalada noma’lum son va berilgan sonlardan iborat elementlar albatta bo’lishi kerak.
Istalgan arifmetik masala uch komponentdan iborat bo’ladi
- masalaning matni,
- masaladagi sonli faktlar,
- masalaning savoli.
Bu uchchala komponent oldida malum t a l a b l a r ham yotadi.
A) Masalaning matni: qisqa, ravon va tushunarli bo’lishi kerak.
B) Sonli faktlari: hayotiy, taraqqiyot dinamikamizni ochib beruvchi mantiqan to’g’ri tanlangan, imkoniyat chegarasidan chiqmagan bo’lishi kerak.
V) Matn ohirida so’roq gap tariqasida yozilgan aniq savol bo’lishi kerak.
Shart va savol - masalaning asosiy elementlaridir.
«Hovlida 5 ta qiz o’ynayotgan edi. Ularning ikkitasi uyiga ketdi. Hovlida nechta qiz qoldi?» masalaga ikkita teskari masala tuzish mumkin.
Birinchisi: «Hovlida bir nechta qiz o’ynayotgan edi. 2 ta qiz uyiga ketganidan keyin hovlida 3 ta qiz qoldi. Oldin hovlida nechta qiz o’ynayotgan edi?».
Ikkinchisi: «Hovlida 5 ta qiz o’ynayotgan edi. Bir nechta qiz uyiga ketganidan keyin hovlida 3 ta qiz qoldi. Nechta qiz uyiga ketgan?»
Bu masala berilgan birinchi masalaga nisbatan, shuningdek ikkinchi masalaga nisbatan ham teskari masaladir. Ammo birinchi masalani ham ikkinchi va uchinchi masalalarga nisbatan teskari masala sifatida qarash mumkin.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |