Babadjonov Saloxiddin Sobitdjonovich


Download 1.33 Mb.
bet37/67
Sana06.04.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1334210
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   67
Bog'liq
Tarmoq texnologiyalari

IP-telefoniY.


Mazkur servis tarmoqning ikki abonenti о‘rtasidagi tovush trafigini (nutqni) uzatadi, unda tarmoq trafigi sifatida IP protokol (Internet Protocol) dan foydalaniladi. «IP telefoniya» servisini tashkil etish uchun mahalliy, korporativ, global tarmoqlar, hatto Internet tarmog‘i foydalanilishi mumkin. Umumiy foydalanishda qо‘llaniladigan maxsus shlyuzlar yordamida telefon tarmoqlari abonentlari va ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari abonentlari о‘rtasida IP-telefon aloqasi ta’minlanadi.
Yuqori sifatli tovush. Yuqori sifatli tovush deganda shunday servis tushuniladiki, bu servis yuqori sifatli tovushni, masalan, musiqa, konsertlardagi chiqishlarni va h.k. larni uzatishni va eshittirishni amalga oshiradi.
VideotelefoniY. Mazkur servis ikki abonent о‘rtasida insonlar nutqini uncha yuqori bо‘lmagan sifatdagi uning tasviri bilan birga uzatishni amalga oshiradi. Mazkur servis mijozlari tegishli kommutatsion apparatura orqali real vaqt rejimida bir-birlarini eshitishlari va kо‘rishlari mumkin.
VideokonferensiY. Mazkur servis abonentlar guruhi о‘rtasida tovushli va videotrafikni uzatishni amalga oshirib, bunda tovush va videosignallar bir-biriga
bog‘liq bо‘lmagan holda (turlicha transport birikmalari bо‘yicha) tarmoqda uzatiladi, ularning qabul qilishdagi sinxronlanishi transport darajasidagi tegishli protokol bilan ta’minlanadi.
Masofadan tibbiy xizmat kо‘rsatish. Mazkur servis bemorlarni masofadan tibbiy tekshirish, tashxis qо‘yish va maslahat berishni ta’minlaydi. Mazkur servis trafigi real vaqt miqyosida uzatilgan tovush va videoma’lumotlarni, tekshiruv natijalarini va boshqalarni о‘z ichiga oladi.
Videomonitoring. Mazkur servis xonalarning videokuzatuvini amalga oshiradi, turli vazifalarni bajaruvchi hududlarni qо‘riqlash, turli xil noan’anaviy vaziyatlar tо‘g‘risida tezkor xabardor qilish, odamlar tо‘planadigan joylarda doimiy monitoring (real vaqt rejimida) qilish uchun qо‘llaniladi.
Radio va televizion dasturlarni olib kо‘rsatish. Mazkur servis radio va televizion kanallarni raqamli telekommunikatsion tarmoq orqali olib kо‘rsatishni amalga oshiradi.
Raqamli televideniye. Mazkur servis uning mijozlari talabiga kо‘ra yuqori sifatli raqamli televideniye kо‘rsatuvlarini (badiiy filmlar, musiqali videokliplar, sport translyatsiyalari) amalga oshiradi.
Zamonaviy telekommunikatsion tarmoqlarining rivojlanishida asosiy yо‘nalish servisning turli xil kо‘rinishlarini, shu jumladan, multimediyali servislarni ham qо‘llab-quvvatlash hisoblanadi. Multimediyali trafikning turli xil kо‘rinishlarining tarmoq resurslariga talablari juda jiddiy tarzda farq qilishi mumkin. Masalan, oddiy trafik, odatda, uni foydalanuvchiga yetkazib berish vaqtiga alohida cheklashlar qо‘ymaydi. Bunday trafikka qо‘yiladigan talabning hammasi – bu yangi minimal о‘tkazish qobiliyatini ajratishdir. Real vaqtda videokonferensiya о‘tkazish uchun trafik boshqa misol bо‘lishi mumkin. U ancha о‘tkazish qobiliyatinigina emas, balki videokadrlarni oluvchiga yetkazib berishning vaqtini minimallashtirishni talab etadi. Bundan tashqari, agaraxborot paketlarining tutilib qolishlari nihoyatda nomuntazam xususiyatga ega bо‘lsa, videokonferensiya seansini о‘tkazish sifati qoniqarli bо‘lmaydi. Mazkur holda, tarmoq resurslariga kо‘pgina parametrlar bо‘yicha qat’iy talablar qо‘yiladi. Bu
parametrlar quyida mufassal kо‘rib chiqiladi.
Zamonaviy telekommunikatsiya tarmoqlarida multimediya trafigini tavsiflash va tahlil qilish juda murakkab va qiyin vazifa hisoblanadi. Bunday qiyinchiliklarning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:

  • Uzatish tezliklarining keng diapazoni – telefon trafigini uzatish holidagi kabi bir necha kbit/s dan to videokonferensiyalarni uzatishdagi kabi yuzlab Mbit/s gacha;

  • Uzatilayotgan multimediyali axborot oqimlarining turli xil statistik xossalari (real vaqt trafigi tarmoq resurslariga qat’iy talablar qо‘yadi);

  • Tarmoq konfiguratsiyalarining juda katta xilma-xilligi, uzatish texnologiyalari va protokollarining kо‘pligi (Gygabit Ethernet, ATM, MPLS va boshqalar);

  • Uzatilayotgan axborotlarni kо‘p darajali ishlov berishni, buning oqibatida xizmat kо‘rsatish sifati ishlob berishning bir necha darajasiga bog‘liq bо‘lib qoladi.




Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling