Babadjonov Saloxiddin Sobitdjonovich
Download 1.33 Mb.
|
Tarmoq texnologiyalari
Kriptografiya — bu axborotlarni kriptografik himoya qilishning turli model va metodlari, algoritmlari, dasturiy va texnik vositalarini ishlab chiqish hamda bunday himoya samarasini baholashni o‘rganuvchi fan hisoblanadi.
Rivojlangan davlatlarda talabalarga kriptografiya fani bo‘yicha XX asrning 80- yillaridan boshlab nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib boriladi.Yangidan-yangi mutaxassisliklar joriy qilinmoqda. Masalan, Rossiyada ikkita yo‘nalishda - 013200 — Kriptografiya ("matematik" kvalifikatsiyasi bilan) hamda 220600 — axborotlarni himoya qilishni tashkil qilish va uning texnologiyalari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Belorussiyada banklar, moliya va sug‘urta korxonalari, katta firmalar, davlat va nodavlat tashkilotlarida axborotni himoyalashga bo‘lgan ehtiyoj tufayli II.08.01.14 — Kriptografiyani matematik va dasturiy ta’minlash hamda axborotlarni tahlil qilish ("matematik-programmist" kvalifikatsiyasi bilan) mutaxassislarni tayyorlash boshlandi. “Axborotlarni himoya qilishni tashkil etish” nomli davriy jurnalini chop qilish yo‘lga qo‘yildi. 1995 yildan boshlab, Bizning Respublikamizda ham informatsion jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lgan barcha mutaxassislar uchun kriptografiya faniga Davlat ta’lim standartlari va Namunaviy dasturlarda alohida e’tibor berilmoqda. Bu borada, Amaliy matematika, Informatika va axborot texnologiyalari, huquqshunoslik kabi yo‘nalishlardan bu fan alohida o‘rin tutadi. Toshkent axborot texnologiyalari universitetida shu yo‘nalishda bakalavr va magistrlarni tayyorlash boshlandi. Kriptografik algoritmlar, algoritmlarning murakkabligi, ularning matematik asoslarini o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish masalasi o‘z echimini kutib turgan muammolardan biri hisoblangan. Ularni to‘g‘ri hal qilish axborotlarni himoya qilish jarayonini mukammalashtiribgina qolmay, Oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak mutaxassislarning tayyorgarlik darajasini oshirishda muhim asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Bizning bitiruv malakaviy ishimiz xam ana shu muammolarning bir qismini imkoniyat darajasida o‘rganishga qaratilganligi uchun ham dolzarb hisoblanadi. Mazkur bitiruv malakaviy ishi kirish, asosiy qism, amaliyotga tatbiq etish va hulosalar kabi 6 ta bobni o‘z ichiga olgan bo‘lib, jami sahifadan iborat. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling