Mintaqaviy tarmoq
|
Bir-biridan ancha uzoq masofada joylashgan kompyuterlami va lokal kompyuter tarmoqlarini o‘zaro bog‘laydi. Shaharlararo, xatto, davlatlararo abonentlarni o‘z ichiga olishi mumkin. Odatda mintaqaviy hisoblash tarmog‘i abonentlari o‘rtasidagi masofa o‘n, yuzlab
kilometmi tashkil etishi mumkin.
|
Parol (PASSWORD)
|
Tarmoqdan foydalanuvchilar imtiyozini aniqlashda
ishlatiladigan himoya vositasi. Foydalanuvchi o‘z nomini ko‘rsatgach, tizimga kirish oldidan so‘raladi.
|
Protokol
|
Axborot uzatish usulini boshqaruvchi qoidalar va
standardlar majmuyi.
|
Provayder (Tarmoq taklifchilari)
|
Internetga ulanishni taqdim etuvchi tashkilot. Agar internetga kirib ishlamoqchi bo‘linsa, u holda aynan o‘shalar bilan kelishishga to‘g‘ri keladi.
|
Server ma’muri
|
Web serveming beto‘xtov ishla- shini ta’minlovchi, xatolami bartaraf etuvchi, server va ma’lumotlarni himoya qiluvchi mutaxassis. Server ma’muridan serverni sozlash va o‘matilgan operatsion tizimni bilish malakasi
talab qilinadi.
|
SQL tili
|
SQL (Structured Query Language, odatda «skivel» deyiladi), ma’nosi - tarkiblangan so‘rovlar tili. Bu til ifodalarning xususiyati shundan iboratki, ular ma’lumotlami qayta ishlash protseduralariga emas,
natijalariga yo‘naltirilgandir.
|