Babadjonov Saloxiddin Sobitdjonovich


marshrutizator-marshrutizator


Download 1.33 Mb.
bet19/67
Sana06.04.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1334210
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   67
Bog'liq
Tarmoq texnologiyalari

marshrutizator-marshrutizator, marshrutizator-tarmoq tavsiflaridan iborat.
Aloqalar xolati algoritmlari asosidagi protokollar bo‘lib, OSI stekining IS-IS protokoli (Intermediate System To Intermediate System), TCP/IP stekining OSPF (Open Shortest Path First) protokoli va yaqinda amalga oshirilgan Novell stekining NLSP protokoli xisoblanadi.
Shunday qilib, IP tarmoqlarida paketlarni uzatish yo‘nalishini tanlash yo‘nalish jadvallari asosida bajariladi. IP protokolining o‘zi paketlarni uzatish to‘g‘ri yo‘nalishini tanlashga imkon bermaydi. To‘g‘ri yo‘nalishni tanlash uchun ICMP, OSPF va RIP kabi boshqaruvchi axborotlarni almashish protokollarini ishlatishi kerak bo‘ladi.
Bu protokollar ishning keyingi bo‘limida ko‘rib chiqiladi. Marshrutlash algoritmlarida ko‘rsatkich sifatida yo‘nalish uzunligi, mustaxkamlik, to‘xtalish, o‘tkazish yo‘lining kengligi va yuklanishni ishlatish mumkin. IP tarmoqlarida adreslash negizi paketlarni marshrutlashga imkon beradi. Bir qadamli marshrutlash oxirgi tugunlarda va marshrutizatorlarda default qatorini ishlatish xisobiga marshrutlash jadvali xajmini kamaytirishga imkon beradi. IP protokoli paketlarni uzatishning to‘g‘ri yo‘nalishini tanlashga imkon bermaydi. Paketlarni uzatishning to‘g‘ri yo‘nalishini tanlash boshqaruv axborotlari bilan almashish protokollari asosida bajariladi.


Marshrutlashning har xil usullarida ip tarmoq ishini taxlil qilish.


ICMP boshqarish xabarlari bilan almashish protokoli
Boshqarish xabarlari bilan almashinuv protokoli ICMP (Internet Control Message Protocol). Marshrutizator oxirgi tuguncha. Marshrutizator ushbu tugundan kelgan bironta IP paketini uzatishda duch kelgan xatolar to‘g‘risida xabar berishiga imkon beradi. Shuni aytish kerakki, ICMP protokoli – bu xatolar to‘g‘risida xabar beruvchi, lekin xatolarni tuzatuvchi protokol emas. Oxirgi tugun, xato boshqa takrorlanmasligi uchun ayrim xarakatlar qo‘llashi mumkin, lekin bu
xarakatlar ICMP protokoli tomonidan belgilanmagan. ICMP protokolining xar bir xabari tarmoq bo‘yicha IP paket ichida uzatiladi. ICMP xabarlari bilan IP paketlari, boshqa xar qanday paketlar singari imtiyozsiz marshrutlanadi, shuning uchun ular xam yo‘qolishi mumkin. Bundan tashqari, yuklangan tarmoqda, ular marshrutizatorlarning qo‘shimcha yuklanishini keltirib chiqarishi mumkin. Xatolar to‘g‘risida juda ko‘p xabarlar keltirib chiqarmasligi uchun xatolar to‘g‘risidagi ICMP xabarlarni tashuvchi IP paketlarning yo‘qolishi, ICMP ning yangi xabarlarini tug‘dirib chiqarmasligi kerak.
ICMP xabarlarining bir nechta turi mavjud. Xabarning xar bir turi o‘z formatiga ega va ularning xammasi uchta umumiy maydondan boshlanadi: xabar turini (TYPE), u xabarni belgilanishini aniqlab beradi, belgilovchi 8 bitli to‘la son, 8 bitli kod maydoni (CODE), u xabarning belgilanishini aniqlab beradi, nazorat yig‘indisini 16 bitli maydoni, (CHECKSUM). Bundan tashqari, ICMP xabari xar doim sarlavxa va xatoni keltirib chiqargan IP paketining birinchi 64 bit ma’lumotlarga ega. Bu tugun-yuboruvchi xato sababini aniqroq taxlil qilishi uchun bajariladi, chunki TCP/IP steki –qo‘shma darajasidagi xamma protokollar o‘z xabarlarining birinchi 64 bitda taxlil qilish uchun eng muxim axborotga egalar.
Maydon turi quyidagi belgilanishga ega:



Belgi
lanish

Xabarlar turi

0

Aks-sado-javob (Echo Replay)

3

Erishib bo‘lmaydigan belgilanish tuguni
(Destination Unreachable )

4

Manbani yo‘qotish (Source Quench )

5

Yo‘nalishni o‘zgartirish (Redirect)

8

Aks-talab (Echo Request)

11

Deytagramma vaqtining tugashi
(Time Exceeded for a Datagram )

12

Paket parmetrning muammosi.




(Parameter Problem on a datagram )

13

Vaqt belgisini talab qilish (Timestamp request)

14

Vaqt belgisining javobi (Timestamp Replay)

17

Adresni talab qilish (Address Mask Request)

18

Adres javobi (Address Mask Replay)

Ko‘rinib turibdiki, ishlatilayotgan xabar turlaridan ICMP protokoli, o‘zlarining tor masalalarini xal qiluvchi protokollar birlashmasi bo‘lib xisoblanadi.


Xabarlar turlarini taxlil qilib chiqamiz.

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling