Tarmoq kartasi <> Tarmoq kartasi (Krossover kabel)
T568B T568A
Shunday ulangan o‘rama juft sizga ikki holatlarda kerak bo‘lishi mumkin:
kommutatorsiz 2 kompyuterlarni ulash uchun.
2 yoki undan ortiq Hub/Switch ulash uchun.
Ikki va undan ortiq kompyuterlarni tarmoqqa ulash uchun kommutatordan (switch) foydalanish zarur. Shunda kompyuterlar tarmoq adapterlari interfeyslari kommutator portlari bilan ulanadi. Yagona hisobga olinishi kerak bo‘lgan tomoni, bu kabelni qanday ulash kerakligi hisoblanadi. Tarmoqda ulash variantlaridan birini yoki 568A, yoki 568V qo‘llash zarur, aralashtirish mumkin emas!
ADSL-texnologiyasi bo‘yicha internetga ulanish uchun foydalanuvchilardan hech bo‘lmaganda bittasi (ular ko‘proq bo‘lishi ham mumkin) birorta internet- provayderga ulangan bo‘lishi kerak. Shunday holatlarda boshqa foydalanuvchilarga Internet "tarqatish" qiyinchilik tug‘dirmaydi – ADSL-modemni tarmoq kommutatoriga ulash yetarli bo‘ladi. Shundan so‘ng tarmoqning har bir shaxsiy kompyuteridagi IP-protokoli sozlash ishlarida, shlyuz sifatida ADSL- modemining IP-manzili yoziladi. Internetga ulanuvchi tarmoqning oddiy sxemasi:
Lokal tarmoqda yaxshi ishlashi uchun Windows operatsion tizimi o‘rnatilgan kompyuterga IP-manzil, nom va ishchi guruh berish kerak.
Dastlab quyidagi sozlash ishlarini amalga oshiring:
Do'stlaringiz bilan baham: |