Babadjonov Saloxiddin Sobitdjonovich


Kompyuter tarmog‘ini hosil qilish


Download 1.33 Mb.
bet10/67
Sana06.04.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1334210
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   67
Bog'liq
Tarmoq texnologiyalari

Kompyuter tarmog‘ini hosil qilish


Quyidagi rasmlarda kompyuter tarmoqlarini hosil qilishning uch xil usullari kо‘rsatilgan. Kompyuterlarni bir-biriga bog‘lashda Ethermet, HPNA va simsiz bog‘lanish adapterlaridan foydalanilgan.

    1. Konsentrator yordamida tarmoq hosil qilish.Bu usulda barcha kompyuterlar tarmoq konsentratoriga bog‘lanadi. Buning uchun barcha kompyuterlarda tarmoq adapteri mavjud bо‘lishi kerak.



    1. Barcha kompyuterlarda tarmoq adapteri о‘rnatiladi. Telefon kabellari yordamida tarmoqhosil qilinadi.





    1. Barcha kompyuterlarda simsiz tarmoq adapteri о‘rnatiladi. Tarmoqdagi kompyuterlar bir-biri bilan signallar orqali ma’lumot almashadi.

Bu tarmoqlardan foydalana olish uchun telekommunikatsiya va internet brauzerlardan foydalanishni bilish shart.


  1. Telekommunikatsiya


Keng ma’noda telekommunikatsiya - bu bir-biri bilan bevosita aloqada bо‘la olmaydigan masofada turuvchi subyektlar (odamlar, uskunalar, kompyuterlar) о‘rtasidagi muloqotdir. ( “tele”- uzoqdagi, “ kommunikatsiya”- aloqa, xabar).
Masalan: kemalar о‘rtasidagi yorug‘lik signallari almashuvi, telegraf, televideniye, telefon va boshqalar. Kompyuter telekommunikatsiyasining rivojlanishi Internet va Windows ning kelib chiqishidan ancha oldin boshlangan.
BBS abonentlari tekinga e’lonlarni kо‘rib chiqish va yozib qoldirishi, pochta ma’lumotlari va fayllari bilan almashinish imkoniyatiga ega bо‘lishdi.
Kompyuterlarning lokal tarmoqlari bir - biridan uncha uzoq bо‘lmagan bir necha yuz metr atrofida foydalanuvchilarga xizmat kо‘rsatadi.
Kompyuterlarning lokal tarmoqlarini “mijozlari” ulangan katta bir kompyuter deb tasavvur etishi mumkin. Biroq kompterlar va kompyuterlarning lokal tarmoqlari lar turli xil aloqa vositalari orqali xududiy va jahon (xalqaro) tarmoqlariga ulanishi mumkin.
Kompyuterlarni telekomunikatsion tarmoqqa ulash uchun quyidagilar
zarur:

  1. Kommunikatsion jihozlar va aloqa kanali (hech bо‘lmaganda modem

va telefon tarmog‘i);

  1. Kommunikatsion dasturlar.

Modem - bu kompyuterni xalqaro tarmoqqa ulanish imkonini beruvchi standart qurilma (Modulyator - Demodulyator).
Modemning bir tomoni kompyuterga, ikkinchi tomoni tarmog‘iga ulanadi.

  1. Mijoz - dasturlar. Bu dasturlar sizning kompyuteringizda joylashgan bо‘lib, о‘z talablarini (sо‘rovlarini ) serverga yuboradi.

  2. Server - dasturlar. Bu dasturlar tarmoqning narigi uzelida joylashgan bо‘lib, ular sizning kompyuteringizga xizmat kо‘rsatadilar.

Telefon tarmog‘iga qiyos qilganda, ATS - bu server, sizning telefoningiz - bu mijoz. Kommunikatsion tarmoqlar texnologiyasini kо‘pincha “mijoz - server” texnologiya deb atashadi. Bu tushuncha keng ma’noda tо‘g‘ri, lekin shu narsani esda saqlashimiz lozimki, axborotlar tizimida “mijoz - server” tushunchasi ma’lumotlarning qayta ishlashning funksional modelini bildiradi. Umuman olganda, server va mijozlar universal emas: tarmoqli xizmat kо‘rsatishning har bir turi о‘z serveri va mijoziga ega. Masalan, pochta serverlari va mijozlari mavjud,
FTP - serverlar va FTP - mijozlar.
Kо‘pincha server deb, serverli dasturlarga ega bо‘lgan kompyuterlarni ham aytishadi. Shu narsani esda saqlash lozimki, bir server - kompyuterda bir necha server dasturlar ish olib borishi mumkin.
Zamonaviy telekommunikatsiyalarning rivojlanishida ikki xil jarayonni ajratish mumkin: Bir tomondan, tarmoqli xizmat turlari asta sekin Internet texnologiyalari bilan qо‘shilib ketmoqda.
Ikkinchi tomondan, Internet vositalari grafikli texnologiyaning tarkibi bо‘lib kelmoqda.
Hozirda eng katta global axborot tizimi bu Internet tarmog‘idir. Haqiqatdan olganda, Internet aniq bir tashkiliy tuzilishga ega emas.
Internet tizimi hukumatlar, ilmiy, tijorat va notijorat tashkilotlari tashabbusi bilan tashkil etilgan bir qancha mustaqil kompyuterlar tizimlarini birlashmasidan iborat.

  1. Download 1.33 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling