Babadjonov Saloxiddin Sobitdjonovich


Download 1.33 Mb.
bet9/67
Sana06.04.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1334210
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   67
Bog'liq
Tarmoq texnologiyalari

«axborotlashgan jamiyat» tu- shunchasining shartli bo‘lagidir. Sanoati rivojlangan mamlakatlar ayni shunday jamiyat qurmoqda va O‘zbekiston ham aynan shu yunalishda qadam bosmoqda. Bular quruq ran yoki yo‘nalishni chiroyli tavsiflash emas. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida axborotlashgan jamiyat barpo qilish O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri ekanligiga O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, hukumat qarorlari mazmunidan ham ishonch hosil qilish mumkin. Eng asosiysi shundaki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hozir nafaqat idoralarda va boshqaruv devonlarida ishlamoqda, balki ular respublikamiz oddiy fuqarolarining uylariga kirib bordi va hayotlarining ajralmas qismi bo‘lib qoldi. Axborot-kommunikatsiyalarning jamiyat va har bir kishining ijtimoiy kamol topishga ta’siri uning mamlakat hayotida tutgan o‘rni katta ekanligining muhim belgisidir. Shuni qo‘shimcha qilish mumkinki, axborot- kommunikatsiyalar bizning turmushimizga kirib kelar ekan, uni tubdan o‘zgartiradi, shu bilan birga insonning o‘zi ham o‘zgaradi.


      1. Kompyuter tarmoqlari haqida umumiy tushunchalar


    1. Kompyuter tarmoqlarining turlari. Ularning klassifikatsiyasi.

Kompyuter tarmoqlarini ularning geografik joylashishi, masshtabi hamda hajmiga qarab bir nechta turlarga ajratish mumkin, masalan:
Lokal tarmoq - bir korxona yoki muassasadagi bir nechta yaqin binolardagi kompyuterlarni о‘zaro bog‘lagan tarmoq.
Mintaqaviy tarmoqlar – mamlakat, shahar, va viloyatlar darajasida kompyuterlarini va lokal tarmoqlarni maxsus aloqa yoki telekommunikatsiya kanallari orqali о‘zaro bog‘lagan tarmoqlar.
Global tarmoqlar - о‘ziga butun dunyo kompyuterlarini, abonentlarini, lokal va mintaqaviy tarmoqlarini telekommunikatsiya (kabelli, simsiz, sun’iy yо‘ldosh) aloqalari tarmog‘i orqali bog‘lagan yirik tarmoq.
Kompyuterlarning о‘zaro turli dasturlar, ma’lumotlar almashish juda kо‘p
afzalliklarga ega. Fayllar, papkalarlar, printer, disklar tarmoqda birgalikda foydalanilishi mumkin. Bu esa о‘z navbatida vaqt va harajatlarning tejamlariga olib keladi. Shuning uchun xam kompyuterlar tarmoqlarga biriktiriladi.
Kompyuterlarning fizik jihatdan birlashtirilishi bilan tarmoq о‘zidan о‘zi ishlayvermaydi. Tarmoqda kompyuter tarmoq operatsion sistemasi boshkaruvida ishlaydi.
Hozirda keng qо‘llanilayotgan Windows operatsion sistemasi tarkibida lokal tarmoq ishlash imkoniyatini beruvchi dasturlar mavjud. Kompyuter tarmoqlari uch xil bо‘ladi: lokal, mintaqaviy va global.
Lokal kompyuter tarmog‘i nisbiy tushuncha bо‘lib, uni bir xona, bino, tashkilot yoki bir qancha filiallarni о‘z ichiga oluvchi tashkilot doirasida kompyuterlar tarmoqlaridan tashkil qilish mumkin. Shuning uchun xam ba’zan 500 metrgacha bо‘lgan masofada birlashtirilgan kompyuterlar lokal kompyuterlar tarmog‘i deb ataladi. Ba’zan uzoqroq masofada joylashgan kompyuterlar xam lokal tarmoqqa birlashtirilishi mumkin.
Lokal tarmoq maxsus simlar bilan birlashtirilgan kompyuter, kommunikatsiya, periferiya qurilmalarning birgalikda foydalanilishidir.
Lokal tormok yaratishdan maqsad – tashkilotlar, oliy о‘quv yurtlarida mavjud kompyuter va uning resurslaridan unumli, tejamli foydalanishdir.
Lokal tarmoqlarni yaratishda qalin koaksial, ingichka koaksial, о‘ralgan juftlik (vitaya para), optik tola simlari ishlatilishi mumkin. Odatda kalin koaksial simlar tarmoqning uzoqroqdagi qismida, ma’lumotlarni uzatish qobiliyatining yuqori bо‘lishini ta’minlaydi.
Lekin koaksial simlarda ishlangan tarmoqning mustahkamligi unchalik yuqori emas, chunki bu tarmoqda biror kompyuterning ishdan chiqishi butun tarmoqning ishdan chiqishiga olib keladi.Optik tolali tarmoqlar har tomonlama ishonchli va yuqori tezlikda axborot almashinuvini ta’minlaydi, lekin uning tannarxi qimmatligi va xizmat kо‘rsatuvchi mutaxassislarning kamligi tufayli xozirgi kunda asosan о‘ralgan juftlik simlaridan keng foydaliniladi.
Internet - butun dunyoni kamrab olgan global kompyuter tarmog‘idir.
Xozirgi kunda internet dunyoning 150 dan ortik mamlakatida milliardlab abonentlariga ega. har oyda tarmoq miqdori 7-10% ga ortib bormokda. Internet dunyodagi turli xil ma’lumotlarga oid axborot tarmoqlari о‘rtasidagi о‘zaro aloqani amalga oshiruvchi yadroni tashkil qiladi.
Internet qachonlardir faqat tadqiqot va о‘quv guruhlarigagina xizmat qilgan bо‘lsa, hozirgi kunga kelib, u ishlab chiqarish doiralari orasida ham keng tarkalmokda. Kompaniyalarni internet tarmog‘ining tezkorligi, arzon, keng qamrovdagi aloqa, hamkorlik ishlaridagi qulaylik, xammaning ishlashi uchun imkon beruvchi dastur hamda ma’lumotlarning noyub bazasi ekanligi о‘ziga tortmokda.

  1. Download 1.33 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling