Babadjonov Saloxiddin Sobitdjonovich
Download 1.33 Mb.
|
Tarmoq texnologiyalari
2.1-jadvalmarshrutizatorning marshrutlash jadvali
Jadvalning birinchi ustunida, intertarmoqqa kiruvchi tarmoqlar nomerlari ko‘rsatilgan. Jadvalning har bir qatorida tarmoq nomeridan keyin, keyingi marshrutizatorning tarmoq adresi (to‘g‘riroq aytganda keyingi marshrutizatorning muvofiq portining tarmoq adresi) ko‘rsatilgan, unga paketlarni yuborish kerak. Paketlar to‘g‘ri yo‘nalish bo‘yicha ushbu nomer bilan tarmoq tomon harakat qilishi uchun ko‘rastilgan. Marshrutizatorga yangi paket kelganda, kelgan kadrdan tayinlangan tarmoq nomeri birin-ketin jadvalning har bir qatoridagi tarmoqlar nomeri bilan solishtiriladi. Mos kelgan tarmoq nomerli qator, paketni eng marshrutizatorga yuborilishi kerakligini ko‘rsatadi. Masalan, agar S6 tarmoqqa yuborilgan paket 4- marshrutizatorning har qaysi portiga paket kelib tushsa, unda marshrutlash jadvalidan ko‘rinib turibdiki, keyingi marshrutizator adresi M2(1), ya’ni ushbu paket harakatining navbatdagi bosqichi, 2-marshrutizatorning 1-portiga boradi. Paket tarkibiy tarmoqning har qanday tarmog‘iga yuborilish mumkinligi sababli, marshrutlashning har bir jadvali tarkibli tarmoqqa kiruvchi hamma tarmoqlar to‘g‘risida yozuvlarga ega bo‘lishi kerak deb qaralishi mumkin. Lekin bunday yondoshishda, katta tarmoq bo‘lsa, marshrutlash jadvalining hajmi katta bo‘lishi mumkin. Bu esa uni ko‘rib chiqish vaqtiga ta’sir etadi va saqlash uchun ko‘p joy talab etadi. Shuning uchun marshrutlash jadvalida yozuvlar sonini maxsus yozuv- “Sukut saqlash bo‘yicha marshrutizator” (default) ishlatish hisobiga kamaytiriladi. Haqiqatda, tarkibiy tarmoq topologiyasini inobatga olsak, unda tarkibiy tarmoq tashqarisida joylashgan marshrutizatorlar jadvalida, ushbu marshrutizatorga bevosita ulangan yoki yaqin orada, boshi berk yo‘nalishda joylashgan tarmoqlar nomerini yozish kifoya bo‘ladi. Qolgan hamma tarmoqlar to‘g‘risida, ushbu tarmoqlarga boruvchi yo‘llar o‘tuvchi marshrutizatorni ko‘rsatuvchi yagona yozuv jadvalida yoziladi. Bunday marshrutizator, sukut saqlash marshrutizatori deyiladi, tarmoq nomeri o‘rniga, muvofiq qatorda, alohida yozuv joylashtiriladi, masalan, default. Bizning misolimizda S5 tarmog‘i uchun bunday marshrutizator bo‘lib, 5- marshrutizator, to‘g‘rirog‘i uning M5(1) porti hisoblanadi. Bu shuni bildiradiki katta tarkibiy tarmoqning qariyb hamma tarmoqlariga S5 tarmog‘idan yo‘l marshrutizatorning ushbu porti orqali o‘tadi. Keyingi marshrutizatorga paketni uzatishdan oldin hozirgi marshrutizator, o‘zining bir nechta portlaridan qaysi biriga joylashtirishini aniqlab olishi kerak. Buning uchun marshrutlash jadvalining uchinchi ustuni xizmat qiladi, yana bir marta ta’kidlab o‘tamizki, har bir port o‘z tarmoq adresi bilan aniqlab olinadi. Tarmoq protokollarning ayrim amalga oshiruvchilari marshrutlash jadvalida bir vaqtda bitta tayinlash tarmoq adresiga muvofiq bir nechta qator bo‘lishlariga ruxsat beradi. Bu holda yo‘nalish tanlashda “Tanlash tarmog‘igacha bo‘lgan masofa” ustuni inobatga olinadi. Shu bilan birga masofa deganda tarmoq paketining berilgan mezoniga (ko‘pgina servis sinfi deyiladi) muvofiq ishlatiladigan har qanday metrika tushuniladi. Masofa xoplar, aloqa liniyalari bo‘yicha paketning o‘tish vaqti, ushbu yo‘nalishda aloqa liniyalari ishonchligining bironta tavsifi yoki berilgan mezonga nisbatan bu yo‘nalishning sifatini aks ettiruvchi boshqa kattalik bilan o‘lchanishi mumkin. Agar marshrutizator paketlarning bir necha servislar sinfini quvvatlasa, unda servisning (yo‘nalishni tanlash mezoni) xar bir turi uchun yo‘nalishlar jadvali aloxida tuziladi va qo‘llaniladi. 2.1-jadvalda tarmoqlar orasidagi masofa xoplar bilan o‘lchangan edi. Marshrutizator portiga bevosita ulangan tarmoqlar uchun masofa bu yerda “0” ga teng qilib olinadi, lekin ayrim amalga oshiruvchilarda masofa xisobi “1” dan boshlanadi. Bitta tugunga bir nechta yo‘nalish bo‘lganligi, ushbu tugunga parllel aloqaning bir nechta kanali bo‘yicha trafikni uzatishga imkon beradi, bu tarmoqning o‘tkazish qobiliyati va ishonchliligini oshiradi. Marshrutlash masalalarini nafaqat oraliq tugunlari-marshrutizatorlar, xamda oxirgi tugunlar- kompyuterlar bajarishlari mumkin. Oxirgi tugunda o‘rnatilgan, tarmoqli daraja vositalari, paketni qayta ishlashda eng avvalo paket boshqa tarmoqqa yoki ushbu tarmoqning qaysi bir tuguniga yuborilayotganini aniqlash kerak bo‘ladi. Agar tayinlangan tarmoq nomeri ushbu tarmoq nomeri bilan mos kelsa, unda ushbu paket uchun marshrutlash masalasini yechish talab etilmaydi. Agar yuboruvchi tarmoq bilan tayinlangan tarmoqlar nomerlari mos bo‘lmasa, unda marshrutlash kerak bo‘ladi. Oxirgi tugunlarning marshrutlash jadvallari marshrutizatorda saqlanayotgan marshrutlar jadvallari bilan bir xil. 2.1- rasmda ko‘rsatilgan tarmoqqa e’tibor beramiz. Oxirgi V tugun uchun marshrutlash jadvali quyidagi ko‘rinishda bo‘lishi mumkin (2.2- jadval). Bunda MV-V kompyuter portining tarmoqli adresi. Ushbu jadval asosida V oxirgi tugun lokal tarmoqdagi ikkita S3 marshrutizatorlarning qaysi biriga, u yoki bu paketni yuborish kerakligini tanlaydi. Oxirgi tugunlar marshrutizatorlarga nisbatan ko‘proq marshrutlashning sukut saqlash usuli bilan foydalaniladi. Garchi ular umumiy xollarda o‘z tarkibida marshrutlash jadvaliga ega bo‘lsa xam, uning xajmi odatda ko‘p emas, bu xamma oxirgi tugunlar chegarada joylashganligi bilan izoxlanishi mumkin. jadval Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling