Baddiy asar syujeti va kompozitsiyasi
Download 342.54 Kb.
|
Сюжет ва композиция
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekspozitsiya
Syujet tarkibidagi unsurlar orasida dastlab ekspozitsiyaning nima ekanligini sharhlash joizdir. Ekspozitsiya lotincha expositio so‘z bo‘lib, “tushuntirish” degan ma'noni anglatadi. Voqyealar kechgan joy, davrning ijtimoiy manzarasi, qahramonlar unib-o‘sgan muhit, shart-sharoiti kabilar tasviri ekspozitsiya deb yuritiladi. Ekspozitsiya asarning istalgan o‘rnida bo‘lishi mumkin.
Syujetning yana bir unsuri voqyealar tugunidir. Badiiy asarda qahramonlar o‘rtasidagi ziddiyatlar paydo bo‘lishi voqyealar tugunidir. Tugun, ko‘pincha, qahramonlarning ilk bor uchrashuvi yoki biror jiddiy muammo yuzasidan tortishishi tufayli paydo bo‘ladi. Tugun voqyealar rivojini belgilaydi, qahramonlarni faol harakatlantiradi. Masalan, “O‘tgan kunlar”da Otabek bilan Homidning ilk bor duch kelishi voqyealar tuguni sanaladi.
Voqyealar tuguni yuzaga kelgach, u qandaydir tarzda o‘sib, rivojlanib boradi. Syujetdagi voqyealarning ma'lum tugundan so‘nggi rivojlanish jarayoni voqyea rivoji deyiladi. Tugun to‘satdan yuzaga kelganday bo‘lishi mumkin. Biroq voqyea rivoji uzoq davom etadigan jarayon bo‘ladi.
Download 342.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling