Badiiy asar tahlilida pedagogik texnalogiyadan foydalanish
Download 145.5 Kb.
|
BADIIY ASAR TAHLILIDA PEDAGOGIK TEXNALOGIYADAN FOYDALANISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dastlabki mashq.
- Fikrlarni olish.
Dalillar topish. Darsda talabalar hal etishlari kerak bo‘lgan muammo aniq va tushunarli bo‘lishi zarur. Berilayotgan topshiriqni darstaxtaga yozib qo‘yish, bir necha kun oldin uni talabalar bilan muhokama qilish kerak. Muammo yuzasidan talabalarning dastlabki yaxshi-yomon fikrlari eshitib ko‘rilsa, ular muvozanatdan chiqib, bezovta bo‘lib qolishadi.
Dastlabki mashq. “Fikriy hujum” yordamida hal qilinishi zarur bo‘lgan muammoni echishga talabalarni ruhan va aqlan tayyorlash uchun dastlabki mashq o‘tkazish foydalidir. Bu mashq qo‘yilayotgan muammoga bevosita tegishli bo‘lmasligi ham mumkin. Dastlabki mashq “Fikriy hujum” usuli qanday bo‘lishini talabalar tasavvur etishlari uchun ham g‘oyat zarurdir. Fikrlarni olish. Interfaol usuldagi eng asosiy va qiziqarli bo‘lgan bu bosqich tavsiya etilgan muammo yuzasidan fikriy hujum bilan boshlanadi. Istagan talaba, istagan vaqtida, istagan fikrini aytishi mumkin. Faqat fikrlarning kotiblar tomonidan yozib olinishiga ulgurish zarur bo‘ladi. Talabalar har qanday to‘g‘ri-noto‘g‘ri, yaxshi-yomon fikrlarni bildirishdan cho‘chimasliklari uchun quyidagi qoidalar darstaxtaga yozib qo‘yilishi va unga hammaning amal qilishi ta’minlanishi kerak: tanqid qilmaslik va baholamaslik (aytilayotgan fikrlar qandayligidan qat’i nazar hech kim hech kimni biror yo‘sinda tanqid qilmasligi, dakki bermasligi, munosabat bildirmasligi kerak); noto‘g‘ri fikr bo‘lmaydi (esga kelgan har qanday fikr o‘ylab o‘tirmay, aytilishi kerak. Bo‘lmag‘ur, “ahmoqona”, to‘g‘ri kelmaydiganday ko‘rinadigan fikrlar ba’zan foydali g‘oyalarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi ham mumkin); fikrlarning miqdori muhim (fikrlar qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi, chunki ortiqcha g‘oyalarni qisqartirish, etarlicha bo‘lmay qolgan fikrlarni ko‘paytirishdan osonroq); fikrlarni almashtirish, qo‘shish, yaxshilash lozim (hammaning fikri olinib, ular maqsadga muvofiq tarzda o‘rinlashtirilishi, saralanishi, tahrir qilinishi, tahlil etilishi kerak); bemalol bo‘lish, o‘ynab zavq olish kerak (“fikriy hujum” jarayoni o‘yin va zavqlanish ruhida o‘tishi kerak. U qiziqarli bo‘lsa, ko‘proq samara keltiradi. “Fikriy hujum” o‘yin ruhida, qiziqarli o‘tkazilsa, guruh ichida do‘stona vaziyat yuzaga kelib, talabalar bir-birlariga o‘zaro yordam ko‘rsatishadi); jim turish ham foydali (ayrim talabalarning o‘ylanib jim qolishlariga xayrixohlik bilan qarash kerak, jim o‘ylanib qolgan odam noyob bir fikrni aytib yuborishi ham mumkin). Download 145.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling