Badiiy asar tahlilida pedagogik texnalogiyadan foydalanish


Download 145.5 Kb.
bet6/9
Sana18.03.2023
Hajmi145.5 Kb.
#1283013
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
BADIIY ASAR TAHLILIDA PEDAGOGIK TEXNALOGIYADAN FOYDALANISH

ilmiy - filologik; b) o‘quv - didaktik singari ikki katta turga bo‘linadi.
O‘quv tahlilidan maqsad o‘rganiladigan badiiy asarni to‘g‘ri qabul etish orqali talabalarda ezgu shaxslik sifatlarini shakllantirishdan iboratdir. Didaktik tahlilning vazifalari badiiy asarning o‘ziga xosligi, jozibasi va ta’sir qilish sabablarini aniqlash orqali talabalarda ta’sirchan qalb, hassos tuyg‘ular, sog‘lom estetik did, ravon va ifodali nutq shakllantirishdan iboratdir. Shunga ko‘ra, o‘quv tahlili badiiy asar matnining hayotiy va badiiy mantig‘i hamda estetik jozibasini kashf etish orqali talabalarda barkamol shaxsga xos ma’naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan ilmiy-pedagogik faoliyatdir tarzida ta’rif berish mumkin.
Har qanday asarning o‘quv tahlilida har bir talaba individual tarzda o‘tashi kerak bo‘lgan uch bosqich, albatta, bosib o‘tiladi: 1) asar bilan tanishish; 2) asarni tahlil qilish; 3) tahlilni umumlashtirish. Birinchi bosqichda asar o‘qituvchining ijrosida idrok etiladi. Bunda talaba, shunchaki eshituvchi bo‘lmasligi, balki matnni kuzatib borish bilan birgalikda uning e’tiborini tortgan o‘rinlarini belgilab borishi lozim. Ikkinchi bosqichda asarning badiiy o‘ziga xos jihatlari savol-topshiriqlar yordamida o‘rganiladi. Bu bosqichda talabalar asar qahramonlari xatti-harakatlariga akseologik yondashishlari saboqning tarbiyaviy yo‘nalishiga olib keladi. Uchinchi bosqichda har bir talaba qilgan kashfiyotini o‘z kuzatishlariga tayanib umumlashtiriladi. Bunda har bir talaba o‘zicha asar, unda tasvirlangan voqea-hodisalar, qahramonlar, asarning badiiy jihatlari borasidagi fikrlarini tizimga soladi.
O‘quv tahlili bu kechimni amalga oshirishda qatnashadigan talabalar miqdoriga ko‘ra: a) individual - yolg‘iz; b) guruhiy; v) umumiy (frontal) singari uch turga bo‘linadi. Auditoriyadagi har bir talaba alohida matn ustida ishlasa yoki bir matnning alohida jihatlarini topish bilan shug‘ullanib, u bu ishni yolg‘iz o‘zi amalga oshirsa, individual (yolg‘iz) tahlil yuzaga keladi. Auditoriyadagi talabalar qaysidir bir belgilariga ko‘ra ma’lum guruhlarga ajratilsa va asar tahlili ana shu guruh ichida amalga oshirilsa, guruhiy tahlil bo‘ladi. Guruhdagi barcha talabalarga bir xil baho qo‘yiladi. Biror badiiy asar o‘qituvchi rahbarligida butun auditoriya bilan birgalikda amalga oshirilishi umumiy yoki frontal tahlilni yuzaga keltiradi.
O‘qituvchi har qanday adabiy turga mansub asarlar o‘rganilayotganda ham talabalarni matnga doir savol-topshiriqlar bilan ishlashga o‘rgatishi lozim. Mahorat bilan tuzilgan savol va topshiriqlar badiiy matnni ma’naviy energiyaga aylantirishi, ularning zamiridagi ma’nolarni kashf etishga kalit bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha adabiyot o‘qituvchilari savol tuzib olishga jiddiy ahamiyat berishmaydi. Ular matn mohiyatini ochishga qaratilgan savollarni tahlil jarayonida, talabalar bilan muloqotga kirishish asnosida tuzaman, deb o‘ylashadi. Natijada, yo‘l-yo‘lakay tuzilgan savollarning saviyasi keragiday chuqur va aniq bo‘lmaydi. Savol va topshiriqlar aniq bo‘lmagani oqibatida tahlil ham konkret bo‘lmay, matndan ma’no chiqarish, uning jozibasini his qilish borasida talabalar umumiylikka, taxminiylikka o‘rganib qolishadi. Nimalar haqdadir gapirib, o‘zi va o‘zgalarni chalg‘itishga urinishadi, badiiy asarning matnini o‘qimay turib, u to‘g‘rida fikr aytish mumkin deb o‘ylashadi. Chunki savol konkret berilmagach, javob ham shunga yarasha bo‘ladi.
O‘qituvchi savol tuzishga qanchalik jiddiy yondashsa, talabalarning asarni o‘rganishlari ham shunchalik muvaffaqiyatli bo‘ladi. Har bir savol asarning qaysi jihati o‘rganilishini ko‘zda tutishi, talaba berishi mumkin bo‘lgan javobni ham hisobga olishi kerak. Talabaning javobi keyingi savolni keltirib chiqarsa, juda yaxshi bo‘ladi. Savollar asarni o‘rganishdagi eng muhim jihatlarni o‘z ichiga olishi zarur. O‘quv tahlilida savollar
Download 145.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling