Hisoboti nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 131.95 Kb.
bet1/5
Sana18.03.2023
Hajmi131.95 Kb.
#1280117
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Hisobot (1)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT
PEDAGOGIKA UNIVERSITETI



“5A111701 - Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi
(boshlang`ich ta'lim)”
II bosqich magistranti Sattarova Nodira O`tkir qizining

2021- 2022-o‘quv yilining ilmiy pedagogik faoliyat va amaliyoti doirasida qilgan ishlari




HISOBOTI

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
5A111701 - Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi
(boshlang`ich ta'lim)” mutaxassisligi magistranti
Sattarova Nodira O`tkir qizining


Birinchi hafta doirasida qilgan ishlari yuzasidan hisoboti.
2022-yil 1-martdan Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti “Fizika-matematika” fakulteti “Ona tili va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri A.A.Xalikov barcha 2-kurs magistrlari bilan suhbatlashib, ilmiy pedagogik faoliyat va amaliyoti davomida ilmiy pedagogik faoliyat va amaliyotining maqsad va vazifalarini magistrlarga tushuntirib berdilar. Quyidagi vazifalarni eslatib o’tdilar:

  • ilmiy-tadqiqot olib borish, nazariy va amaliy bilimlarni chuqurlashtirishi;

  • iqtisod, fan, madaniyat va sog‘liqni saqlash hamda boshqa tarmoqlardagi zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan tanishtirishi;

  • amaliy kasbiy va ilmiy-tadqiqot kompetensiyalarni shakllantirishi;

  • mutaxassislik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni takomillashtirish va magistrlik dissertatsiyasi (yoki biror qismi) bo‘yicha tajriba-sinov, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarilishi;

  • kasbga samarali moslashuvni ta’minlashi lozim.

Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti “Fizika-matematika” fakulteti “Boshlang`ich ta'lim pedagogikasi” kafedrasida ilmiy rahbarim G.Abduraimova bilan magistrlik dissertatsiya ishining kamchiliklarini bartaraf etish uchun dissertatsiya mavzuyimga yaqin bo’lgan ilmiy-tadqiqot ishlari bilan tanishib, ko’rib chiqdim.
Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida ilmiy pedagogik faoliyat va amaliyotini o’tash uchun bordim. Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti direktori p.f.n., professor Ibragimov X.I. rahbarligida professor o’qituvchilar bilan yaqindan tanishdik. Direktor Ibragimov X.I. tomonidan biz stajyor magistrlarni kafedradagi professor-o‘qituvchilarga taqsimlab chiqdilar. Meni ilmiy pedagogik faoliyat va amaliyoti davridagi rahbarim Djurayev Risboy Xaydarovich etib tayinlandi.
Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti direktori Ibragimov X.I. Mehnatni muhofaza qilish qoidalari, ichki mehnat tartibi qoidalari, tashkilotda ilmiy pedagogik faoliyat va amaliyoti o‘tashning talab va shartlari, tashkilotning tashkiliy tuzilmasi, vazifa va funksiyalari, faoliyat yo‘nalishlari bilan tanishtirdi. Djurayev R.X., Safarova R.G., Quronov M., Divanova M.S., Inoyatova M.E., Majidova D.A., Karimov K.A., Zemlina Yu.V. kabi professor-o‘qituvchilar hozirgi kunda faoliyat olib bormoqdalar.
Magistrlik dissertatsiya ishi bo‘yicha asosiy manbalar ya’ni bibliografiya va axborot resurslar kutubxona fondlari, elektron resurslari bilan tanishib chiqilmoqda.
Ilmiy pedagogik faoliyat va amaliyoti rahbari: _________ R.X.Djurayev
(imzo)

Magistrant: _________ N.O`.Sattarova


(imzo)

Download 131.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling