Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
“5A111701 - Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi
(boshlang`ich ta'lim)” mutaxassisligi magistranti
Sattarova Nodira O`tkir qizining
Beshinchi hafta doirasida qilgan ishlari yuzasidan hisoboti.
Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida ilmiy ishim uchun qanday zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish mumkinligi haqida ilmiy pedagogik faoliyat va amaliyoti rahbarim o’z maslahatlarini berdi. TIMSS, TALIS xalqaro baholash dasturlari orqali butun jahon olimlarining ilmiy faoliyatlari bilan tanishib chiqdim.
TIMSS – Matematika va tabiiy fanlarni o‘zlashtirish sifatini Xalqaro monitoring qilish vabaholashtizimi. Bu tadqiqot o‘quvchilarning matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha boshlang‘ich maktabning 4 sinfi va tayanch maktabning 8 sinf o‘quvchilarining o‘zlashtirish darajasini dunyoning turli mamlakatlarida qiyosiy o‘rganishni maqsad qilib qo‘ygan va olingan natijalarga muvofiq har bir mamlakatning ta’lim tizimining o‘ziga xos xususiyatlari va yutuqlarini e’tirof etadi.
TALIS – turli mamlakatlarda tashkil etiladigan pedagogik jarayonlarning xalqaro qiyosiy tahliliga asoslangan tadqiqot bo‘lib, Xalqaro iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti tomonidan ta’sis etilgan.
Ushbu haftada institutda ilmiy seminar tashkil etildi. Ilmiy seminarning maqsadi biz ilmiy pedagogik faoliyat va amaliyoti o’tayotgan magistrlarning ilmiy ishlari bilan tanishib chiqish maqsadida qilindi. Xato va kamchiliklarini institutning professor-o’qituvchilari ko’rib tuzatish uchun yo’l yo’riqlar ko’rsatildi.
Institutning axborot resurs markazidan muntazam ravishda borib, axborotlar bazasidan foydalandim.
Ilmiy pedagogik faoliyat va amaliyoti rahbari: _________ R.X.Djurayev
(imzo)
Magistrant: _________ N.O`.Sattarova
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
“5A111701 - Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi
Do'stlaringiz bilan baham: |