Hisoboti nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 131.95 Kb.
bet3/5
Sana18.03.2023
Hajmi131.95 Kb.
#1280117
1   2   3   4   5
Bog'liq
Hisobot (1)

Sattarova Nodira O`tkir qizining


Uchinchi hafta doirasida qilgan ishlari yuzasidan hisoboti.
Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida ilmiy pedagogik faoliyat va amaliyoti o’tash davomida institutning ARMida dissertatsiya mavzuyim bo’yicha turli adabiyotlardan va dissertatsiya mavzuyimga o’xshash ishlar bilan tanishib chiqdim.
PIRLS – Progress in International Reading and Literacy Study. 4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasini baholashga mo‘ljallangan. Mazkur xalqaro dastur boshlang‘ich sinflarda tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarning o‘qilgan matnni tushunishi, uni sharhlashi, mustaqil hayotda to‘g‘ri qarorlar qabul qilishi orqali ta’limning keyingi bosqichida o‘qishni muvaffaqiyatli davom ettirishga zamin tayyorlaydi.
Bu haftada ilmiy rahbarim bilan birga magistrlik dissertatsiyamga bog`liq holda tajriba-sinov ishlarini tashkil etish bo`yicha seminar tashkil etildi.
Bu haftani tugashida institutda Navro’z bayrami munosabati bilan tadbir tashkillashtirildi. Tadbir ko’tarinki ruhda tashkil etildi.

Ilmiy pedagogik faoliyat va amaliyoti rahbari: _________ R.X.Djurayev


(imzo)

Magistrant: _________ N.O`.Sattarova


(imzo)
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
5A111701 - Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi
(boshlang`ich ta'lim)” mutaxassisligi magistranti
Sattarova Nodira O`tkir qizining


To’rtinchi hafta doirasida qilgan ishlari yuzasidan hisoboti.
Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida ilmiy seminar tashkil etildi. Ilmiy seminarda ilmiy pedagogik faoliyat va amaliyoti o’tayotgan magistrlarning ilmiy ishlarini ko’rib berish uchun tashkil etildi. Ilmiy seminarda institutning professor – o’qituvchilardan kerakli tavsiyalarni oldik, o’zimizni qiziqtirgan savollarga javob oldik.
Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida faoliyat olib borayotgan professor – o’qituvchilarning ilmiy ishlari bilan tanishib chiqdik.
Scopusda indeksatsiya qilish butun dunyo bo’ylab jurnallar uchun katta yutuq hisoblanadi va bu jihat ilmiy jamiyatning boshqa a’zolari uchun jurnalning sifatini tasdiqlab beradi. Scopus uchun minimal mezon:

  • jurnal taqriz asosidagi kontentga ega bo’lishi kerak;

  • jurnal muntazam ravishda nashr etilishi kerak (ISSN xalqaro markazida ro’yxatdan o’tgan ISSN bo’lishi kerak);

  • kontent xalqaro auditoriya uchun dolzarb va tushunarli bo’lishi kerak (lotin transkripsiyasida bo’lishi, maqola nomi va annotatsiyasi ingliz tilida ham berilishi kerak);

  • jurnalning etika qoidalari mavjud bo’lishi;

  • bundan tashqari, umumiy amaliyotga ko’ra, jurnal Scopus (ikkinchi bosqich) ga qo’shilish uchun arizani ko’rib chiqishdan kamida ikki yil oldin chop etila boshlangan bo’lishi lozim.

Hafta oxirida ilmiy tadqiqot ishimga doir adabiyotlarni o`rganish uchun institute kutubxonasiga bordim va mavjud dissertatsiya ishlarini o`rganib chiqdim.

Ilmiy pedagogik faoliyat va amaliyoti rahbari: _________ R.X.Djurayev


(imzo)

Magistrant: _________ N.O`.Sattarova


(imzo)



Download 131.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling