Badiiy asar tahlilida pedagogik texnologiyalardan foydalanish Reja Annotatsiya. Umumlashtirish
Download 274.82 Kb.
|
Mamatxalilova Nigora
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumlashtirish
Ijodkor yaratgan asl badiiy asarda doimo fikr bilan tuyg`u qorishib keladi. Yozuvchi hamisha yo nimanidir yoqlaydi yoki inkor qiladi. Ijodkor betaraf bo`lishi mumkin emas. Chunki chinakam badiiy asar inson tafakkuri va ruhiyatida betaraflik tugagandan so`ng yaratiladi. Adibning tuyg`ulari nechog`lik kuchli, ko`zi qanchalar o`tkir, tili qanchalik boy bo`lsa, o`quvchi uning asaridan shunchalik qattiq ta’sirlanadi. Shu jihatdan ham badiiy asarni tahlil etish jarayonida “Kichik guruhlarda ishlash” ham qo`l keladi. Bunda quyidagicha ish olib boriladi: Namuna: А.Navoiyning “Farhod va Shirin” аsarini o`tishda mashg`ulotning borishi: 1-qadam: O`quvchilar she’riy misralarni umumlashtirish asosida “Kichik guruh”larga bo`linadilar (1-2-3-4). 2-qadam: Guruhlar mavzu doirasida o`z guruhlariga nom tanlab, izoh beradilar. 3-qadam.:Har bir guruhga savollar beriladi: 1-guruh uchun: 1.Tasavvuf qanday ta’limot? Javob: Musulmon olamida keng tarqalgan islom diniga asoslanuvchi buyuk ta`limot. 2.Nafsni yengish quroli nima? Javob: Ishq. 2-guruh uchun: 1.Qanday inson komil insondir? Javob: qalb pokligiga erishgan, yuksak ma`naviyayli, barkamol shaxs. Poklanish yo‘li – nafsni yengishdir. 2 Ishq nima? Javob: Inson qalbini ruhini poklashga xizmat qiladigan, uni Ollohga yaqinlashtiradigan barcha ezguliklar, pokliklar yig`indisi. 3-guruh uchun: 1.Navoiy insonnig nafsga munosabati haqida nima deb yozadi? Javob: “Nafs itin qilsang zabun olamda yo`q sendek shujo”. 2. “Farhod va Shirin” dostonidagi Boniy kim? Javob: Ko`ngilga ishq binosinisini qurgan va qurishni o`rgatgan piri komil. 4-guruh uchun: 1.Tasavvufning maqsadi nima? Javob: Insonni ruhiy, manaviy jihatdan paklash, ya`ni komil insonni taminlashdir. 2. Qoran kim? Javob: Ko`ngildagi toshdan ham qattiq nafsoniy istaklarini parchalash ilmini bildirgan murshid. Kichik guruhlar topshiriqni bajarishga kirishadilar. 4-qadam: O`qituvchi tomonidan aniq reglament, intizom, hamjihatlik, o`zaro hurmat, qisqa va aniqlik bo`yicha ko`rsatmalar beriladi. 5-qadam: Kichik guruhlar o`z ishlarini “Тaqdimot”qiladilar. 6-qadam: Bajarilgan topshiriqlar muhokama va tahlil qilinadi. 7-qadam:Kichik guruhlar ishi baholanadi. Bu metod orqali o`zlashtirish yaxshilanadi, barcha o`quvchilar mashg`ulotga jalb etiladi,muloqot ko`nikmasining rivojlanishiga olib keladi, badiiy asar matnini talqin eta olish, o`z-o`zini va guruhlararo baholash imkoniyati mavjud bo`ladi. Download 274.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling