Badiiy asar tahlilida pedagogik texnologiyalardan foydalanish Reja Annotatsiya. Umumlashtirish


Download 274.82 Kb.
bet3/3
Sana04.11.2023
Hajmi274.82 Kb.
#1748498
1   2   3
Bog'liq
Mamatxalilova Nigora

Taqqoslash, qiyoslash metodi Q.Husanboyeva tomonidan esa alohida metod sifatida o`rganilib, unda qahramonlar hayoti va o`zaro munosabatlari misolida o`quvchilarning inson shaxsi va ichki dunyosini tadqiq qilish faoliyatini qamrab olishga urg`u beriladi. Badiiy asarlarni taqqoslash orqali o`quvchilarda muayyan xalq adabiyotidagi mushtarak g`oya va maqsadlarni ajrata bilish, ulardan turli davrlarga xos uslub yoki ijtimoiy tuzum, ideallarni farqlash malakalari shakllantiriladi. Masalan, ”Shum bola”dagi Qoravoy va “Sariq devni minib” dagi Hoshimjon, ”Kichkina shahzoda” yoki “Oq kema”asarlaridagi Bola, Mo`min chol hamda “O`g`ri” hikoyasidagi Qobil bobo obrazlarining tashqi va ichki portreti, hayot tarzi, boshidan kechirgan sarguzashtlaridagi mushtaraklik yoki farqli jihatlar shular jumlasidandir. Shuni ham ta’kidlash joizki, o`quvchiga beriladigan uy ishiga ketadigan vaqt shunday taqsimlanishi kerakki, unda qo`shimcha ravishda, albatta, axloqiy-ta’limiy mazmundagi muayyan bir adabiyotning ma’lum bir qismini o`qib, shu haqda fikrni yozib kelish imkoni qolsin. O`quvchining yozma fikrlari o`qituvchi tomonidan to o`qilayotgan asar tugagunga qadar yig`ib boriladi va ma’lum vaqtga belgilangan badiiy asarlar mutolaasining muhokammasi o`tkaziladigan ijodiy kunda tahlil qilinadi. Har bir asosli fikr uchun o`quvchiga ball qo`yiladi va ballarning umumiy soni hisoblanib, yuqori natija ko`rsatgan ikki-uch o`quvchi badiiy kitob bilan rag`batlantiriladi.
Ushbu jarayonlar badiiy asarlarning hayotiy qimmatini hali yaxshi anglamaydigan o`quvchini kitob mutolaasiga tayyorlashda asqotadigan, ruhiy tarbiyaga asoslangan dastlabki bosqich, xolos.
Adabiyot ta’limidagi innovatsion texnologiyalarning, ular qanday bo`lishidan qat’i nazar, pirovard maqsadi bola qalbida so`z sezgisi va shu asosda so`z sevgisini barqaror qilish, kamol toptirish, o`quvchi shuurida o`zi ifodalagan fikrning mantiqiyligi hamda aniqligidan huzurlanishni tarbiyalash malakalarini shakllantirishdan iboratdir.
Download 274.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling