II. BOB. SAFAR BARNOYEV IJODINING MAVZU KO‘LAMI, G‘OYA VA MUNDARIDJASI VA BADIIYATI
II.1.Safar Barnoyev asarlarida yurt tinchligi, Vatan istiqboli va barkamol avlod orzu-istaklarining aks etishi
Safar Barnoyev ijodiyotida bolalar adabiyoti uchun muhim bo‘lgan aniq, sodda, ravon, chuqur mazmundorlik muhim o‘rin egallaydi. Adib ijodiga xos bo‘lgan bu kabi xususiyatlar uning asarlarining mavqeyini kitobxonlar orasida oshirishiga yordam beradi.
Safar Barnoyev asarlarining mavzu doirasi keng va rang-barang bo‘lib, u kichkintoylarning tasavvur olamini boyita oladigan, ma’naviy maroq berishga qodir, bolaning kayfiyatini chog‘ qilishga, mehnatga kayfiyatini uyg‘otishga, rost so‘zlashga, toza-ozoda yurishga chorlaydi. Uning ijodida g‘oyat mazmunli asarlar borki, bolalar uchun filmlar yaratuvchi mohir rejissor ular asosida ajoyib sahna asarlarini suratga olishi mumkin.
Safar Barnoyev o‘zbek xalqiga xos ezgulkni, yuksak odob-ahloqni, ulug‘likni va buyuklikni tarannum etishda uzoq va yaqin o‘tmish mavzularga ham murojaat etadi. Shoir bolalarga xos ibratli an’analarni, milliy xususiyatlarni va urf-odatlarni o‘z asarlarida yuksak mahorat bilan tasvirlab, uni hozirgi kun muammolarini hal qilishga mohirona yo‘naltiradi. Quyida adibning kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarga mo‘ljallab yozilgan “Chiroyli salom” nomli hikoyasi xususida to‘xtalib, bir soatlik dars ishlanmasini keltiramiz:
Chiroyli salom (Safar Barhoyev)
Darsning maqsadi: O'quvchilarning to'g'ri va ifodali o'qish malakalarini takomillashtirish. Salomlashish odobi haqida tushuncha berish.
Dars tipi: Yangi bilim beruvchi.
Dars metodi: Suhbat, tushuntirish.
Dars jihozi: Salomlashish odobini tasvirlovchi plakatlar.
Darsning borishi.
O'tgan dars yuzasidan topshiriqlar berib, o'quvchilar
bilimi sinovdan o'tkaziladi.
Yangi mavzuni o'tishga tayyorgarlik.
O'qituvchi o'quvchilar bilan salomlashish odobi haqida suhbatlashadi. Uyqudan erta turish, badantarbiya qilisli vh yuvinishning xosiyatlari haqida savol-javob asosida suhkii uyushtiriladi.
O'qituvchi. Bugungi darsimiz mavzusi ana shu salom lashish odobiga bag'ishlanadi.
O'qituvchi matnni o'qib beradi. Mazmunini so'/lah
beradi. Kattalar so'ziga diqqat qilish, har bir so'zini esga ohh
qolishga harakat qilishga bolalarni rag'batlantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |