Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasini shakllantirish
Download 231.96 Kb. Pdf ko'rish
|
F2OHpNImQk9YJVrchrY35U7ORMOri77qnFgzy4t6
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi bosqich
1 4-MAVZU. 1-4-SINF О‘QISH DARSLARIDA О‘QUVCHILARNING BADIIY ASARNI TAHLIL QILISH KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISH. Reja: 1. Asar matnini tahlil qilishning metodik shartlari va bosqichlari. 2. 1-4-sinf о‘qish darslarida о‘quvchilarning badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasini shakllantirish. Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: о‘quv dasturi, bilim, kо‘nikma, malaka, kompetensiya. 1. Asar matnini tahlil qilishning metodik shartlari va bosqichlari. Asar matnini tahlil qilishning metodik shartlaridan biri asar mazmunini uning tasviriy-ifodaviy vositalari bilan bog‘liq holda qarashdir. Yana bir asosiy qoida asar ustida ishlash jarayonida ta’lim-tarbiyaviy vazifalarni umumiy ravishda amalga oshirish hisoblanadi. Bu qoidalar asar ustida ishlashning asosiy yо‘nalishini belgilaydi, shuningdek, matnni tahlil qilish jarayonida о‘quvchilar bajaradigan topshiriqlarni va muhokama qilish uchun ularga beriladigan savollarning xarakterini aniqlab olishga yordam beradi. Boshlang‘ich sinflarda badiiy asar ustida ishlash uch asosiy bosqichga bо‘linadi: Birinchi bosqich(birinchi sintez). Bu bosqichning asosiy vazifasi matnni yaxlit idrok etish asosida asarning aniq mazmuni va tasviriy ifoda vositalari bilan tanishtirishdan iborat. Ikkinchi bosqich(analiz). Bu bosqichning vazifasi va ish mazmuni voqealar rivojining bog‘lanishini belgilash, ishtirok etuvchi shaxslarning xulq-atvori va ularning asosiy xususiyatlarini aniqlash (nega shunday qildi va bu uning qanday xususiyatini ochadi), asar kompozitsiyasini ochish (tugun, kulminatsion nuqta, yechim), asarning aniq mazmunini tasviriy vositalar bilan birga tahlil qilish va 2 qahramonlar xulq-atvorini baholash (muallif nimani tasvirlagani, qanday tasvirlagani, nima uchun u yoki bu dalilni tanlagani)dan iborat. Download 231.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling