Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasini shakllantirish
О‘quvchilarni savol berishga о‘rgatish
Download 231.96 Kb. Pdf ko'rish
|
F2OHpNImQk9YJVrchrY35U7ORMOri77qnFgzy4t6
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Ahillik ulug‘ baxt”
- “Qovun sayli”
3. О‘quvchilarni savol berishga о‘rgatish. О‘quvchilarni savol berishga
о‘rgatish matn ustida ishlashda yaxshi natija beradi. Metodist olimlarning fikricha, tо‘g‘ri berilgan savolda yarim javob tayyor bо‘ladi. О‘quvchilar matnni ongli о‘zlashtira olsalargina, matn yuzasidan savol bera oladilar. О‘quvchilarga savol berishni о‘rgatishni 2-sinfdan boshlash maqsadga muvofiqdir. 7 О‘quvchilarni ongli ravishda savol tuzishga о‘rgatish uchun о‘qituvchi matnga о‘zi tuzgan yoki «О‘qish kitobi»da berilgan savollarni tahlil qiladi. Tahlil uchun “Nega u yoki bu savol qо‘yilgan?”, “Unda kim yoki nima haqida gap boradi?”, “Savol kо‘proq qaysi sо‘zlar bilan boshlanadi?” kabi savollarni ishlatadi va matndan foydalangan holda bu savollarga javob berishni о‘rgatadi. Ikkinchidan, о‘qituvchi о‘quvchilar e’tiborini matnga savol tuzish yо‘liga qaratadi va savol tuzishdan oldin matnni diqqat bilan о‘qish, qatnashuvchi shaxslarni kо‘rsatish, savol tuziladigan qismni ajratish kerakligini tushuntiradi. Savol tuzishga о‘rgatishning boshlang‘ich bosqichida bu mashq jamoa bо‘lib bajariladi va ta’limiy xarakterda bо‘ladi; buning uchun qulayroq savol ajratilib, nima uchun u qiziqarli ekani yoki, aksincha, noqulay bо‘lsa nima uchun noqulayligi tushuntiriladi. Masalan, 3-sinfda “Ahillik ulug‘ baxt” ertagida “Odamlarning cholning bolalari haqidagi fikri yuzasidan savol tuzing” topshirig‘i berilgach, о‘quvchilar “Odamlar aqlli cholning bolalari haqida nima deyishdi?” kabi savol tuzishlari mumkin. 4-sinfda “Qovun sayli” (SH.Sa’dulla) hikoyasi yuzasidan savol tuzish topshirig‘i quyidagicha beriladi: − Hikoyadagi birinchi xat boshini о‘qing va shu qism yuzasidan savol tuzing. − Hikoyadagi birinchi xat boshida qо‘llangan sо‘zlarning ma’nosini izohlash bо‘yicha savol-topshiriqlar tuzing. (Bejirim, sertо‘r sо‘zlarining ma’nosini izohlang) − Hikoya qahramonlari yuzasidan savollar tuzing va shu kabilar. Keyinchalik о‘quvchilar muhokama va ijodiy savollar berishni ham о‘zlashtirib oladilar. Download 231.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling