Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasini shakllantirish


О‘quvchilarning berilgan savol va topshiriqlarga о‘z sо‘zlari bilan


Download 231.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana24.12.2022
Hajmi231.96 Kb.
#1052157
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
F2OHpNImQk9YJVrchrY35U7ORMOri77qnFgzy4t6

2. О‘quvchilarning berilgan savol va topshiriqlarga о‘z sо‘zlari bilan 
javob berishi. Mashqning bu turi о‘quvchilarda о‘qilganlar yuzasidan muhokama 
yuritish kо‘nikmasini о‘stirishga, asarda qatnashuvchi qahramonlarni baholashga
muallif tasvirlagan hayotiy lavhalar bilan asar g‘oyasi о‘rtasidagi bog‘lanishni 
aniqlashga imkon beradi. Ishning bu turida beriladigan savollar ma’lum maqsadga 
yо‘naltirilgan va muayyan izchillikda bо‘lishi, о‘quvchilarni mustaqil fikrlashga 
undashi lozim. Boshlang‘ich sinf о‘qish darslarida savol va topshiriqlar qaysi 
maqsadga yо‘naltirilganiga kо‘ra quyidagicha tasnif qilinadi: 
1. Asar mazmunini о‘zlashtirish va qayta hikoyalashga doir savol- 
topshiriqlar. 
2. Asar tilini о‘rganish va о‘zlashtirishga doir savol-topshiriqlar.
Sabab-natija tarzidagi savollardan ham foydalaniladi. Agar о‘qituvchi asar 
g‘oyasini tushunishda о‘quvchilarga yordam berishni kо‘zda tutsa, savol sabab-
natija tarzida bо‘ladi. Anvar Obidjonning “Odobli bо‘lish osonmi?” ertagi (4-



sinf) g‘oyasi о‘quvchilarni salomlashish odobi bilan tanishtirish, ularda muomala 
madaniyatini tarbiyalashdir. Ertakdagi asosiy fikrni aniqlash uchun о‘qituvchi 
“Anvar Obidjon aytmoqchi bо‘lgan salom berish mavridlarini о‘z sо‘zingiz bilan 
aytib 
bering”, 
“Nima 
uchun 
echki 
sichqonga 
nasihat 
qildi?”, 
”Toshbaqaningsichqoncha haqidagi fikrini gapirib bering” kabi savol-
topshiriqlardan foydalanishi mumkin. Qambar О‘tayevning “Non qayerdan 
keladi?” (4-sinf) she’ri asosida esa “Non nima? Uni ta’riflang”, “Non qayerdan 
kelar ekan?”, “Nonni nima uchun qadrlash kerak?” kabi savol-topshiriqlardan 
foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. 
Boshlang‘ich sinflarda savol-topshiriqlarga javob berishga katta о‘rin 
berilgan. О‘qituvchining vazifasi ana shu savol-topshiriqlar ustida ishlash 
usullarini oldindan belgilab olishdir. Ijodiy xarakterdagi savollar о‘quvchilarni 
mustaqil fikrlashga undaydi. 4-sinf «О‘qish» kitobidan о‘rin olgan «Qodir bilan 
Sobir» matni yuzasidan о‘quvchilarni о‘z fikrini aytishga undovchi «Sobir 
о‘qishdan kechikish sababini ochiq aytib tо‘g‘ri qildimi?», «Uning о‘rnida siz 
bо‘lganingizda nima qilardingiz?» kabi savollar о‘quvchilarning fikrlash 
qobiliyatlarini, og‘zaki nutqini о‘stiradi va matnni yaxshi о‘zlashtirishlariga 
yordam beradi. Asardagi voqealar tizimiga oid savol-topshiriqlar tuzish va undan 
tahlil jarayonida ijodiy foydalanish ham kata ahamiyatga ega. Masalan, 4-sinf 
“О‘qish kitobi”dagi Qudrat Hikmatning “Bahor” she’ri asosida “She’rda dastlab 
nimalar haqida gapiriladi?”, “She’rdagi fikr yuritilgan narsalarni ketma-ket aytib 
bering”, “Shoir bahorni tasvirlashda qanday tasvir usullaridan foydalangan?” 
kabi savol-topshiriqlardan foydalanish о‘quvchilar faolligi oshiradi. 
Savol-topshiriqlar ustida jamoa, juft va yakka tartibda ishlash mumkin. 

Download 231.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling