Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasini shakllantirish


Maktab yoshidagi kichik bolalar kitobxonligi


Download 181.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana23.12.2022
Hajmi181.67 Kb.
#1046000
1   2   3   4
Bog'liq
b6h2dGr74WaTgzBBwkqhxmh7HawCn0E9KtEdSLN2

Maktab yoshidagi kichik bolalar kitobxonligi. Bu yoshdagi bolalar 
kitobxonligi avvalgisidan biroz farq qiladi. Bu farq bolalarning yoshi, bilimi, 
saviyasi bilan bog‘liq. Maktabgacha yoshdagi bolalar, asosan, tarbiyachilari, ota-
onalari yordamida badiiy asarlar bilan tanishsalar, boshlang‘ich sinf о‘quvchilari 
bu ishni mustaqil bajaradilar. Mustaqillik ularga ishonch va zavq-shavq 
bag‘ishlaydi. 
1
Alisher Navoiy. «Mahbub-ul qulub» asari. www.ziyouz.com kutubxonasi 


Bu yoshdagi bolalarni tevarak-atrofdagi turli voqea-hodisalar nihoyatda 
qiziqtiradi. Ularning bizni qurshagan olam haqidagi savollariga badiiy asarlarda 
mufassal javob berilgan. 
Bu davr bolalariga tavsiya etiladigan asarlarning hajmi avvalgisiga nisbatan 
kattaroq, ma’no va mazmuni murakkabroq bо‘lishidan tashqari, harflari ham yirik-
yirik bо‘lib, rasm va bо‘yoqlarga boy bо‘lishi talab etiladi. 
Bu davr bolalar kitobxonligida kichkintoy, albatta, bajarishi zarur bо‘lgan 
mas’uliyat bor. Masalan, ota-ona, tarbiyachi, muallim topshirig‘ini sо‘zsiz ado 
etish, namunali о‘qish, yurish-turishda о‘zgalarga ibrat bо‘lish, ona-Vatanni sevish 
va boshqalar. 
Qо‘shiqlar. Bola tarbiyasida qо‘shiqning roli juda katta. Qо‘shiq lirikaning 
eng qadimgi shakllaridan biri bо‘lib, kuylashga mо‘ljallangan bir necha bandli 
she’rdan iboratdir. Qо‘shiqlar kuy-ohang bilan aytiladi. Ba’zan qо‘shiq о‘yin bilan 
birga ijro etiladi. Demak, qо‘shiq uchun she’r va kuy kerak. Qо‘shiq xalq og‘zaki 
ijodining eng kо‘p tarqalgan va ommalashib ketgan janrlaridan biri hisoblanadi.
Maqollar. Xalq og‘zaki ijodida maqollar yetakchi о‘rinda turadi. Xalq 
yaratgan g‘oyat ixcham, chuqur va tugal ma’noli gaplar maqol deb yuritiladi. 
Maqol xalqning, bir necha avlodlarning aql-u farosati hamda turmush tajribasining 
yakuni, ular donishmandligining mahsulidir. Maqollarda hayotning achchiq-
chuchugini tatib kо‘rgan, turmushdagi hodisalarga aql kо‘zi bilan qaraydigan, sof 
vijdonli, oliyjanob mehnat ahlining biror voqea-hodisadan, biror kishidan yoki 
biror ishdan chiqargan xulosasi bayon qilinadi. Bu xulosa biror kishi uchun 
(kо‘proq bolalar uchun) yо‘l kо‘rsatuvchi bо‘lib xizmat qilishi mumkin. Maqollar 
xalqning aql-idroki, ijtimoiy-tarixiy tajribasi, kurashi hamda mehnatning badiiy 
ifodasi sifatida yaratib kelinmoqda. 

Download 181.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling