Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasini shakllantirish
Download 181.67 Kb. Pdf ko'rish
|
b6h2dGr74WaTgzBBwkqhxmh7HawCn0E9KtEdSLN2
4-MAVZU. 1-4-SINF О‘QISH DARSLARIDA О‘QUVCHILARNING BADIIY ASARNI TAHLIL QILISH KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISH Reja: 1. О‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda о‘qish darslarining roli. 2. О‘quvchilarda о‘qish malakalarini shakllantirishdagi qiyinchiliklar. Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: о‘quv dasturi, bilim, kо‘nikma, malaka, kompetensiya. 1. О‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda о‘qish darslarining roli. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 12 yanvar kuni “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bо‘yicha komissiya tuzish tо‘g‘risida”gi farmoyishni imzoladilar. Farmoyishda bolalar adabiyotining sifatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratdilar. Xususan, ta’lim muassasalarida sinfdan tashqari о‘qish uchun tavsiya etilgan о‘zbek va chet el adiblarining mumtoz va zamonaviy asarlarini tanlab, xrestomatiya adabiyotlari rо‘yxatlarini qayta kо‘rib chiqish va о‘quv jarayoniga mutolaa etilgan asarlar asosida insho yozish tizimini joriy etish masalasiga alohida urg‘u berilgan. Bolalar adabiyoti о‘quvchilarni yoshlarni imon-e’tiqodli kishilar sifatida va Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda mamlakatimizning qudratli qurolidir. Bugungi davrda bu fanga intilish, qiziqish, о‘rganish, о‘zlashtirish yanada oshdi. Shunday ekan, kichkintoylarga atab yoziladigan har qanday badiiy asar ularning yosh xususiyatlariga, saviyalariga mos bо‘lishi, ular qalbida chuqur о‘y-fikrlar uyg‘otishi, yorqin obrazlar va yuksak g‘oyalarga boy bо‘lishi, ularni ulkan va porloq ishlarga ilhomlantirishi zarur. Eng muhimi, mavzular tushunarli, sodda va qiziqarli tilda yoritilishi lozim. Faqat chinakam badiiy asarlargina bolalarga kuchli ta’sir kо‘rsatib, ana shu talablarga javob bera oladi. Shu sababli bunday kitoblar pedagogik va psixologik nuqtai nazardan ham alohida ahamiyat kasb etadi. Bolalar adabiyoti bu vazifani bajarishda avvalo, badiiy tilga suyanadi. Adabiy asarning tili uning g‘oyaviy mazmunini aniq va ifodali ochib berish vositasidir. Yaxshi, aniq, ravon, obrazli, boy til bilan yozilgan asar yozuvchining maqsad va fikrlarini kitobxonlarga tez va oson yetkazadi. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy «Mahbub-ul qulub» asarida tilni «kо‘ngil xazinasining qulfi 1 », deb ta’riflaydi, kishilarni qisqa va mazmunli, chuqur mantiq bilan sо‘zlashga chaqiradi. Bu talab, shubhasiz, bolalar yozuvchilariga ham taalluqlidir. Bolalar yozuvchisi sodda, ravon, qiziqarli va mazmundor qilib yoza bilishi kerak. Buning uchun esa u xalq tilini puxta bilishi lozim. Ravon til bilan yozilgan badiiy asarlar yosh kitobxonning nutqiga ham katta ta’sir kо‘rsatadi, sо‘z boyligini oshiradi. Bolalar yozuvchilarining eng yaxshi kitoblari yosh avlodni tabiatni sevishga, halol yashashga, ilm-fan chо‘qqilarini egallashga, xalq uchun foydali yangi kashfiyotlar qilishga о‘rgatadi. Kitob xalqimizning о‘tmishi, ilg‘or madaniyatimiz, fan va texnikamiz yutuqlari bilan tanishtiradi, faxr tuyg‘ularini о‘stiradi. Download 181.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling