Badiiy havaskorlik to‘garaklarini tashkil etish fanining ishchi o‘quv dasturi
Download 54.29 Kb.
|
2 курс бадиий ҳаваскор (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- BADIIY HAVASKORLIK TO‘GARAKLARINI TASHKIL ETISH FANINING ISHCHI O‘QUV DASTURI 2 kurs
- Farg‘ona – 2021
- FANNING MAQSAD VA VAZIFALARI “Badiiy havaskorlik to‘garaklarini tashkil etish” fanining maqsadi
- Fanning vazifasi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
BADIIY HAVASKORLIK TO‘GARAKLARINI TASHKIL ETISH FANINING ISHCHI O‘QUV DASTURI 2 kurs Bilim sohasi: -100000-Gumanitar Ta’lim sohasi: -150000 –San’at
Ushbu fan 4 semestrda o‘tiladi Umumiy soat 66 Shu jumladan: Seminar 18 Ma’ruza 16 Mustaqil ta’lim 32
Farg‘ona – 2021 Fanning ishchi o‘quv dasturi o‘quv, ishchi o‘quv reja va o‘quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi. Tuzuvchi: D.Yuldasheva. – Musiqa kafedrasi o‘qituvchisi Taqrizchilar: S.Mannopov–FarDU tasviriy san’at va musiqa kafedrasi professori, O‘zbekiston xalq artisti Fan dasturi Farg‘ona davlat universiteti Kengashining 20__ yil “___” ______________ dagi “___” -sonli bayoni bilan tasdiqlangan. FarDU “San’atshunoslik” fakulteti dekani: ___________ F.Yuldashev
FarDU “Musiqa ta’limi” kafedrasi mudiri: ___________ S.Mannopov 2021yil “__”___________ (imzo) KIRISH Oliy ta’lim Davlat standartiga ko‘ra “San’at” ta’lim sohalari bo‘yicha “Badiiy havaskorlik to‘garaklarini tashkil etish” fani markazlarda xalq havaskorlik ijodiyoti to‘garaklari, milliy–amaliy san’at to‘garaklari, nomoddiy madaniy meros durdonalarini o‘rganish to‘garaklari, studiyalar, qiziquvchilar uyushmalari, sport to‘garaklari, xorijiy tillarni o‘rganish kurslari va hakozolar tashkil etish, nazorat qilishda tadbiq etiladigan bo‘limlardan iborat. FANNING MAQSAD VA VAZIFALARI “Badiiy havaskorlik to‘garaklarini tashkil etish” fanining maqsadi Madaniyat markazlari tizimini rivojlantirishga qaratilgan me’yoriy xujjatlar bilan yaqindan tanishtirish, Markazlarda tashkil etilayotgan to‘garak, studiya, havaskorlik birlashmalari va badiiy jamoalar ish faoliyatini yanada takomillashtirishdan iborat. Fanning vazifasi- Madaniyat markazlarining to‘garak, studiya rahbarlari va mutaxassislarini madaniyat va san’at sohasidagi faoliyatning huquqiy asoslarini, ta’lim, madaniyat va san’at sohasi xodimining maqomi va kasbiy fazilatlarini, madaniyat va san’at sohasi ob’ektlarida ish yuritishni o‘rgatish va istiqbolini belgilash fanning asosiy vazifalaridir. Fanning vazifasi talabalarni madaniyat va san’at muassasalarida tashkil etilayotgan to‘garak, studiya, havaskorlik birlashmalari va badiiy jamoalar ish faoliyatini yanada takomillashtirish va boshqarish tizimini tahlil etishga, mustaqil fikrlashga tayyorlashdan iborat. Download 54.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling