Tadqiqot ishining tadqiqot ishlari rejalari bilan bog’liqligi. Tadqiqot
A.Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti o’zbek tilshunosligi kafedrasida
o’rganilayotgan mavzular tarkibiga kiradi.
Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Tadqiqotning asosiy maqsadi o’zbek
tili olmoshlarini badiiy matnda semantik-stilistik xususiyatlarini o’rganishdan
iborat. Ushbu maqsadni amalga oshirish jarayonida quyidagi vazifalarni hal etish
ko’zda tutildi.
- olmoshlarning leksik-semantik xususiyatlarini o’rganish;
- nutqiy vaziyatga bog’liq holda olmoshlar sinonimiyasini tahlil etish va
ularning
faollik darajasini belgilash;
- olmoshlarning semantik va emotsional, ekspressiv ottenkalari
shakillanishining stilistik shart-sharoitlarini
aniqlash;
- badiiy nutqda til birliklari orasida olmoshlarning o’rnini belgilash;
- poetik va prozaik matnlarda olmoshlarning stilistik xoslanishlarining
funksional chegaralanishlarining ekstralingvistik jihatlariga e’tiborni
qaratish.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Badiiy matnda olmoshlarning semantik-
stilistik xususiyatlari ilk bor tadqiqot ishi tarzida tadqiq etildi. Unda olmoshlar
sinonimiyasi uning nomunativ
asoslari, olmoshlarning semantik ma’no taraqiqiyoti
va emotsional ekspressiv ottenkalari yuzaga kelishini
uslubiy shart-sharoitlari, bu
imkoniyatlarni ro’yobga chiqaruvchi lingvistik va ekstvolingvistik omillar tahlil
qilindi. Ishda olmoshlarning badiiy nutqda tutgan o’rni aniqlandi va bu uslubdagi
stilistik o’ziga xosliklar ochib berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: