Badiiy matnlarda olmoshlarning semantik – stilistik xususiyatlari


Himoyaga olib chiqilayotgan asosiy holatlar


Download 397.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/12
Sana19.06.2023
Hajmi397.91 Kb.
#1625828
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kitob 2810 uzsmart.uz

Himoyaga olib chiqilayotgan asosiy holatlar.
- Olmoshlarning nafaqat leksik, grammatik xususiyatlari balki alohida 
stilistik xususiyatlariga ham ega ekanligi;
- Olmoshlar qo’llanishdagi faolik darajasi ularning o’zbek tili uslublar aro 
funksional darajaga olib kelishi


- Olmoshlarning badiiy nutqda namoyon bo’ladigan lingvistik 
imkoniyatlari stilistik salohiyat omili ekanligi. 
Tadqiqotning ilmiy ahamiyati. Badiiy nutq o’zining keng qirraligi bilan 
boshqa nutq turlaridan ajralib turadi. Badiiy nutqda tildagi barcha so’zlar o’zining 
butun imkoniyatlari bilan ishtirok etadi, shu jumladan olmoshlar ham badiiy 
nutqda o’ziga xos o’rin egallaydi. Ishda olmoshlarning ushbu uslibdagi semantik-
stilistik xususiyatlari atroflicha tahlil etiladi, olmoshlarga xos bo’lgan nutqiy 
imkoniyatlar va ularning tahlili ilmiy asosga qo’yiladi. 
Tadqiqotning metodologik asosi va tadqiq usullari. Ishda semantik-
uslubiy, matniy, qiyosiy tahlil metodlaridan foydalanildi.
Shuningdek, R.Qo’ng’irov, I.Suyarov, B.O’rinboyev, B.Yo’ldoshev, 
S.Karimov va boshqalarning shu yo’nalishda olib borogan kuzatishlaridagi nazariy 
qarashlar va tadqiq metodlariga ham tayanildi. 
Tadqiqotning manbalari. Tadqiqot mavzusi badiiy matn bilan bog’liq 
bo’lganligi uchun A.Qahhor, O.Yoqubov, E.Vohidov. A.Oripov, O’.Hoshimov, 
X.Sultonov, O.Matjon, U.Azim, M.Ali, T.Murod, M.Yusuf singari taniqli o’zbek 
adiblari asarlaridan olingan misollar tadqiqot uchun manba va material vazifasini 
o’tadi. Shuningdek, “O’zbek tilining izohli lug’ati”, “O’zbek tili sinonimlarining 
izohli lug’ati” singari leksikografik manbalardan ham foydalanildi.
Tadqiqotning sinovdan o’tishi va joriylanishi. Malakaviy bitiruv ishi 
Samarqanddavlat universiteti o’zbek tilshunosligi kafedrasi yig’ilishida qilingan 
muhokamada maqullanib, himoyaga tavsiya qilingan.

Download 397.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling